Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sardor Azmundan qoyilmaqom debyut va...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Osiyolik Sardor Azmun Rossiya futbolida yana diqqat markaziga tushdi. «Instagram» tarmog‘ida yangi jamoasi - «Zenit» sahifasinikidan naq 6 baravar ko‘p obunachiga ega hujumchi piterliklar safidagi ikkinchi rasmiy o‘yinida 2ta gol urishdan tashqari, samarali uzatmaga mualliflik qildi. Xullas, Eron darajasidagi superyulduz «Zenit»ning Yevropa Ligasi 1|8 finaliga chiqishida bosh rolni bajardi. Aslida Azmunni turli raqamlar va xabarlar vositasida ta’riflash mumkin: gollar (joriy mavsum Rossiya Premyer-ligasida atigi 4ta, «Rubin» safida), transfer summasi (12 mln. yevro), yoshi (24), top-klublar bilan aloqasi haqidagi gap-so‘zlar (juda ko‘p). Lekin hammasidan ham «Instagram» tarmog‘iga bog‘liq fakt kishini ajablantiradi - «Zenit» 497 ming obunachi bilan Rossiya klublari orasida yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, birgina Sardor 2,9 mln. kishini o‘ziga qaratmoqda. Bunday katta farqning asosi shuki, Eronda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi va yosh Azmun forslar uchun - bosh yulduz.

 

ERONLIKLAR UCHUN CHINAKAM FUTBOL UMIDI

Sardor klassik «oltin» bolalar toifasidan. Har holda, Eron futboli uni yoshligidan butun bir avlodning bo‘lajak yetakchisi sifatida alohida tayyorlab keldi. Chunki Azmun g‘oyat iqtidorli, jonkuyar va doimo ajralib turadi. Hattoki, JCH-2018 arafasida rasmiy kostyumda tushgan jamoaviy suratda ham Azmun Eron milliy termasining boshqa vakillaridan yaqqol ajralib turganini osongina payqash mumkin. Xususan, tashqi ko‘rinishi ham o‘zgacha. Umuman, Azmun erta kunda yosh yulduz maqomini oldi. Misol uchun, 2015 yiliyoq milliy jamoa ma’murlari unga alohida yondasha boshladilar. ESPN kabi obro‘li xorij mediasida esa yosh Sardor haqida birin-ketin maqolalar berildi. Jurnalistlar shu-shu uni afsonaviy Ali Dai (Eron termasi tarixidagi bosh to‘purar, 100tadan ortiq gol) bilan taqqoslashadi. Azmundan shov-shuvli intervyu olishga erishgan kam sonli jurnalistlardan biri Mariya Komandnayaning ta’rifiga e’tibor qarating: «Sardorning Erondagi obro‘si shunchaki, kosmik darajada baland. Deylik, u «Instagram»dagi sahifasiga men bilan tanishuvi tarixini joylashtirganida, qisqa vaqt ichida chamasi 6 ming eronlik shaxsiy sahifamga yozildi, ular fors yozuvida yuzlab izohlar qo‘yishdi. O‘sha intervyudan keyin tez-tez gaplashib turibmiz, ba’zan SMS-xabar almashamiz. Aytgancha, Sardor menga o‘z otlari suratini yubordi. Bilasizmi, u  otlarni juda-juda yaxshi ko‘radi. Bu haqda intervyuda ham gapirgandi. Qolaversa, Azmunning barcha otlari eng elit toifaga mansub. Agar futbolchi Eronga borsa, minglab fanatlar to‘g‘ri uning ippodromi (otxona)ga yo‘l olishadi. Chunki Sardorni o‘sha yerda uchratishlarini yaxshi bilishadi. Rossiya mundialidan so‘ng bizda Artyom Dzyubaning qadri mislsiz darajada oshgani ayni haqiqat. Lekin buni Azmunni o‘rab olgan muhabbatga tenglashtirishning aslo iloji yo‘q. Oddiy aytganda, Sardor Eron uchun - futbol dahosi».

OTLAR, TURKMANISTON

Azmun yilqixonasida o‘nlab oliy zotli ot bor. Ulardan ayrimlari turli poygalarda qatnashadi, musobaqalarda sovrindor bo‘lganlari ham ko‘p. Sardor bir necha yil oldin qadrdon provinsiyasiga borsa, vaqtni asosan otxonada o‘tkazishini yashirmagandi. Darvoqe, hujumchi «Rostov»da o‘ynaganida, 69-raqamni tanlab, jonajon o‘lkasiga o‘ziga xos tarzda salom yo‘llagandi. Keyinroq ma’lum bo‘ldiki, Golestan avtomobil kodi aynan 69 ekan. Golestan - Eronning Turkmanis­ton bilan chegaradosh regioni. Aytish joiz, Azmunning tomirida turkmanlar qoni bor. U turkman tilini ham yaxshi biladi. Shu narsa futbolchiga turkmanistonlik Qurbon Berdiyev bilan hamkorlikda rosa qo‘l kelgan. Eslatib o‘tamiz, eronlik yosh o‘smirni «Rubin»ga aynan Qurbon Bekiyevich taklif etgandi. Aytishlaricha, murabbiy o‘yinlar davomida Azmunga ko‘rsatma berishda hattoki, turkman tilidan foydalanardi, albatta, raqiblarni chalg‘itish maqsadida. To‘g‘ri, Sardor va Turkmaniston o‘rtasida aytarli qalin aloqa yo‘q. U ajdodlari diyoriga ilk marta 8 yoshida borgan. Keyinchalik, 2015 yili milliy jamoalar o‘yini bahonasida Ashxobodda bo‘ldi va qat’iyan ta’kidladi: «Faqat Eronga sodiqman, mutlaqo».

OTA-ONASIGA NISBATAN HAQORAT

Sardorning ota-onasi doimo u bilan birga. Ular deylik, o‘g‘illari ortidan Rossiyaga ham kelishdi va Qozonda yashashdi. Futbolchi 2016 yili «R-Sport»ga bergan intervyusida bunga alohida izoh bergandi: «Ota-onamning ortiq ishlashlarini sira istamayman. Otam vaqtida jonajon shahrimizning «Gondbad» nomli voleybol jamoasida murabbiylik qilgan. Biroq bir safar unga nisbatan o‘ta hurmatsizlik qilishgan. Bunday holat atigi bir bora kuzatilgan bo‘lsada, otamdan ishni batamom tashlashini so‘radim. Aslida hamma otamni yaxshi ko‘rardi, biroq jamoa o‘yinlardan birida yengilgach, ko‘pchilik noo‘rin munosabatda bo‘ldi. Endilikda bor pulimni otam va onamga ber­yapman».  

Azmunlar oilasi va fors xalqi o‘rtasidagi munosabatga bog‘liq eng yirik janjal o‘tgan yili kuzatildi. Xullas, Eron termasi jahon chempionati guruh bosqichidan chiqolmagach, Azmun «Instagram»da alohida izoh qoldirib, milliy jamoadan ketishini e’lon qildi. Hujumchi bunday keskin qarorini onasining xastaligiyu, alamzada forslar tomonidan bildirilgan sanoqsiz salbiy fikrlar tufayli uning holati yanada og‘irlashayotgani bilan bog‘lagandi. Xayriyatki, Sardor keyinchalik ketish ahdidan qaytdi.

RAHBARLARGA QARATILGAN TANQID

Xullas, Azmun oktyabr oyida yana Eron milliy jamoasi libosini kiydi. Uni qaytishga shaxsan Berdiyev ko‘ndirdi. Ko‘pchilik biladi, Sardor bu murabbiyga katta hurmat bilan qaraydi, uni xuddi otasidek ko‘radi. Lekin Azmun jamoaga qaytdiyu, e’tiroz bildirishni to‘xtatgani yo‘q. Aniqrog‘i, u jamoa menejerlari, hattoki, siyosatchilarga ham yopishdi. Ayniqsa, eronliklar yanvarda Osiyo kubogi yarim finalida mag‘lubiyatga uchrashganidan keyin sardorcha «diydiyo»lar kuchaydi. Hujumchi xususan, Tehran Times nashri muxbirlari bilan suhbatda hech kimni ayagani yo‘q: «Eron futbol federasiyasi rahbariyatining barcha gaplari - sof yolg‘on. Mutasaddilar jamoa uchun hech narsa qilishmadi. Deylik, Eron termasining mashg‘ulotlar bazasida shug‘ullanishi uchun Qatar tomoni pul to‘ladi. Qarang, biz ekonom-klass toifasidagi samolyotdan foydalandik. Bu esa 90 daqiqa davomida faol o‘ynaydigan futbolchilar salomatligiga salbiy ta’sir etishi hech gap emas. Rahbarlar shuningdek, Ummon va Xitoy terma jamoalariga qarshi o‘yinlardagi g‘alabalar uchun mukofot puli berishganini aytishdi, aslida esa bir chaqa ham olmadik. Yo‘q, bizga mukofot puli kerak emas, faqat rahbarlar xalqni aldamasliklarini xohlaymiz. Endi aytingchi, shunday sharoitda bosh sovrinni qo‘lga kiritishimiz mumkinmidi? Boz ustiga, boshidan ko‘pchilik Eron termasi Osiyo chempioni bo‘lishi shartligini aytib, jamoaga ortiqcha bosim yukladi».

E’TIQOD MASALASI

Azmun - musulmon. U Islom dinining asosiy qoidalariga amal qiladi, suralar o‘qiydi va qachondir doimiy ravishda Qur’on o‘rganishni rejalashtirgan. Sardor shuningdek, juda kam intervyu beradi, turli ko‘ngilochar kechalardan uzoq yuradi, shaxsiy hayotini doston qilmaydi. Xullas, hech qachon tushunarsiz xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymayd. Bularning barchasi zamonaviy Eron hayotiga muvofiqdir. Chunonchi, bu mamlakatda hukumat qonunlari va Islom me’yorlari bir-biriga chambarchas bog‘liq. Shunday bo‘lsada, Azmunga bog‘liq 1-2ta istisno holatlar ham yo‘q emas. Misol uchun, tatuirovka. Eron badanga surat chizdirilishiga rasman qarshi, biroq Azmunda 2ta «tatu» bor. Ulardagi yozuvlar ham o‘ziga xos: «Qanday bo‘lsam, shundayligimcha sev» va «Qayerdan ekanligingni hech qachon unutma». Yana bir qiziqarli holat - qo‘shiqchi Arash bilan do‘stligi. Futbolchi va xonanda bir necha marta birga o‘tirishgan va suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yishgan. Biroq bir tomondan eronlik hisoblangan Arash mamlakat hududida konsert berolmaydi. Umuman, u Dubayda yashaydi, «Evrovideniye» tanlovida esa Ozarbayjon nomidan qatnashadi.

QUR’A MAROSIMIGA TA’SIR

Jurnalist Mariya Komandnaya va eronlik futbolchi o‘rtasidagi munosabatlardan yana bir parcha. JCH-2018 final bosqichiga qur’a tashlash marosimida «malika» rolini bajargan Mariyaning aytishicha, Azmun o‘z mamlakati madaniyatini g‘oyat qadrlaydi: «Jahon chempionati qur’a marosimida boshlovchilik qilishim ma’lum bo‘lgach, eronliklar menga «hujum» qilishdi — 4 yil oldin Fernanda Lima ham shunday holatga tushgandi. Boz ustiga, fors­lar faqat o‘zimga emas, Sardorga ham yozishdi. Mazmuni oddiy - «Mariya bilan yaxshi tanishsan, iltimos, unga ayt, oddiyroq kiyinsinki, qur’a tashlash jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘ra olaylik». Gap shundaki, aks holda, Eronda translyasiyani uzib qo‘yishardi. Xullas, qur’a marosimi arafasida Sardor bilan yozishganimda, u menga o‘z xalqi iltimosini yetkazdi: «Eronliklar sendan oddiyroq kiyinishni so‘rashyapti». Shunda muammo yo‘qligi, hamma xursand bo‘lishini bildirdim. Yakunda Azmun fors madaniyatiga hurmat bilan yondashishim va umumiy holatdan xabardor ekanligim haqida yozdi. E’tiborlisi, bundan futbolchiga ham, menga ham minnatdorchilik xatlari keldi».

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 22:01, 28.02.2019. O'qildi: 5909 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.