Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zaxira uchun «qurol»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bu futbolchining transferini bir narsa bilangina izohlash mumkin - Chempionlar Ligasidagi maqsadlar. O‘tgan yilning yozida «PSJ» tekinga 29 yoshli forvard Erik Maksim Chupo-Motingni qo‘lga kiritib, zaxira o‘rindig‘ini biroz kuchaytirdi. Liga 1 doirasida ushbu futbolchi 12ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi, shu vaqt mobaynida o‘rtacha har uchrashuvda 32 daqiqa to‘p surdi. Ehtimol, Chupo-Moting yulduzlar soyasida qolib ketayotgandir, ammo «PSJ»ning Chempionlar Ligasida muvaffaqiyat qozonishida asosiy rollardan birini o‘ynashi ehtimoli yo‘q emas. Neymar va Kavanining jarohati Tuxelga boshqa imkon qoldirmayapti - endi murabbiy Erikka e’tibor qaratib, uni tarkibga moslashtirishga majbur bo‘ladi. Fransiyada Chupo-Motingga jiddiy e’tibor qaratishmayapti. Erik maydonga tushganda, uning ishtirokida ko‘plab qiziqarli voqealar kuzatiladi. Zaxirada qolganida ham hammasi nisbatan yaxshiroq kechadi, deyish mushkul.

uw  «Bularning bari tushga o‘xshaydi. Jahonning eng yaxshi klublaridan biridaman. Bu yerda ekanligim bilan faxrlanaman. Futbolni yoqtiradiganlarning barchasi «PSJ» singari klubda o‘ynashni orzu qiladi», - deya quvonchini yashirmayapti Chupo-Moting. «Renn»ga qarshi kechgan debyut o‘yinidayoq (3:1) raqib darvozasini ishg‘ol qildi, ammo keyinchalik ishlari yurishmadi. Tribunalardan yangrayotgan hushtak ovozi, muxlislarning mazaxlari, ochkolarning yo‘qotilishi - hozirga qadar Chupo-Moting natijaga ta’sir o‘tkazadigan harakatlarni amalga oshirganicha yo‘q.

uw  Joriy mavsum Chupo-Moting ikki marta o‘g‘rilikdan jabr ko‘rdi. «Liverpul»ga qarshi kechgan uchrashuvda Erik zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va aynan shu bahs kechayotgan paytda uning uyiga o‘g‘ri tushdi. Mazkur voqeadan ko‘rilgan zarar 600 ming yevroga baholandi, bir necha kundan so‘ng o‘g‘rilik yana takrorlandi. E’tiborlisi, o‘g‘rilar nishoni faqat Chupo-Motingga qaratilmagandi - Tiago Silva ham bir million yevro yo‘qotdi. Ammo vaziyat shunday tus oldiki, «PSJ»dagi yarim yillik faoliyati mobaynida Erik uchun eng esda qolarli voqealar aynan shu o‘g‘rilik bilan bog‘liq bo‘ldi.

uw  Transfermarkt Chupo-Motingni 8 million yevroga baholamoqda. Uning «PSJ» a’zosiga aylanishi klub uchun har tomonlama foydali kelishuv bo‘ldi. Qishda Erikni «Beshiktosh»ga sotishlari mumkin edi, ammo uning o‘rniga «PSJ»dan boshqa bir hujumchi ketdi. Iqtidorli Timoti Vea esa ijara asosida «Seltik» safiga qo‘shilib, dastlabki o‘yinida maydonga tushganiga 14 daqiqa bo‘lib ulgurmay gol urdi. Tajribali Chupo-Motingni rotasiya maqsadida tarkibda saqlab qolishdi. Endi esa u faoliyatining eng muhim pallasiga yetib keldi.

uw  Chupo-Moting faoliyatining aksar qismini Germaniyada o‘tkazgan, biroq mavsum-2017|2018da Angliyaning «Stok Siti» klubida o‘ynagandi. Erikning statistikasi (5}5) yomon emasdi, ammo jamoa baribir, Chempionshipga tushib ketdi. Ayniqsa, «MYU»ga qarshi bahs Chupo-Moting uchun o‘ziga xos reklama vazifasini o‘tagandi: mahoratli hujumchi mazkur bahsda «dubl» rasmiylashtirgandi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlangan, Erik maqtovlarga ko‘milgan, «MYU» himoyachilari esa tanqid qilingandi.

uw  Tabiiyki, Chupo-Motingdan «Manchester Yunayted» bilan bo‘ladigan YECHL doirasidagi o‘yin haqida so‘rashdi. «Manchesterliklarda o‘zgarishlari kuzatilmoqda. Hamma yerda murabbiy almashganda bunday holat bo‘lishi tabiiy. Endi har bir futbolchi o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatishga intilmoqda. Ammo boshqa jamoalar bilan ishim yo‘q, biz faqat «PSJ» haqida o‘ylab, o‘zimizga ishonishimiz kerak. Istalgan jamoani mag‘lubiyatga uchratish uchun bizda saviya yetarli, biroq o‘yin qiyin kechishi shubhasiz. «MYU» - ajoyib ijrochilarga ega kuchli jamoa», - dedi Erik.

uw  Yozda Chupo-Motingga Tuxel qo‘ng‘iroq qildi. Murabbiyga Erikning aynan o‘sha - «MYU»ga qarshi bahsdagi harakatlari ma’qul kelgan bo‘lishi mumkin edi, lekin «PSJ» ustozi bu futbolchini anchadan beri biladi. Ular «Mayns»da birga ishlashgan, endi esa Tuxel top-loyihada Chupo-Motingdan zaxira varianti sifatida foydalanmoqchi. Ehtimol, murabbiy nimanidir o‘ylab qo‘ygandir, balki Erikning tajribasi Chempionlar Ligasida qo‘l kelishidan umidvordir?! Ammo Chupo-Moting o‘ziga ishonmasa, bunday urinishlardan naf chiqarish mushkul.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 22:18, 28.02.2019. O'qildi: 5373 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.