Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Surxon» fan-klubi jamoani qizg‘in qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/pflclubs/surxon
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mamlakatimizdagi har bir futbol ishqibozi milliy terma jamoamizga muxlislik qiladi. Uning yutuqlaridan quvonib, mag‘lubiyatlaridan xafa bo‘ladi. Bu tabiiy hol. Butun dunyoda shunday. Lekin olis Avstraliya mamlakatida yashab, O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydigan futbol muxlisi borligini bilasizmi?

Nik Sidneyda istiqomat qiladi. Lekin O‘zbekistonning ashaddiy muxlisi. Terma jamoamizning har bir o‘yinini qoldirmay ko‘rib borishga harakat qiladi. U O‘zbekiston terma jamoasi haqida gapirganda “biz” deb gapiradi. Eng qizig‘i, yaqinda BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi nimchorak finalida Avstraliya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi  maydonga tushganda, Nik O‘zbekistonga muxlislik qildi...
 
O‘FA Matbuot xizmati avstraliyalik O‘zbekiston terma jamoasi muxlisi bilan intervyu tashkil qildi. Quyida e’tiboringizga ana shu intervyuni havola qilamiz:
 
— Qachondan beri O‘zbekistonga muxlislik qilasiz?
— Men 2015 yil Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi paytida O‘zbekistonning muxlisiga aylanib qolganman. O‘shanda Osiyo Kubogidan o‘rin olgan uchrashuvlarga chipta izlayotganimda Shimoliy Koreya – O‘zbekiston o‘yiniga duch kelib qoldim. Shu zahoti ko‘z oldimga ulug‘vor Ipak Yo‘li shaharlari, boy tarixiy madaniyatga ega yurt, yorqin ranglar, ajoyib urf-odatlar keldi. Shu zahoti Shimoliy Koreya – O‘zbekiston uchrashuviga chipta xarid qildim. Keyin o‘yin davomida o‘zbekistonlik muxlislar bilan birga stadionda turib muxlislik qildim. Birgalikda qo‘shiq kuyladim, raqsga tushdim va futbolchilarni olqishlab turdim!
 
— O‘zbekiston terma jamoasining barcha o‘yinlarini tomosha qilasizmi?
— Iloji boricha barcha o‘yinlarni internet orqali tomosha qilib borishga harakat qilaman. Ammo ikki mamlakat o‘rtasidagi vaqt farqi turlicha bo‘lgani bois, O‘zbekiston terma jamoasining Avstraliyada erta tongga to‘g‘ri keladigan o‘yinlarini ko‘ra olmayman. Ishga borish kerak bo‘lgani uchun.
 
- BAAda o‘tgan Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahs olib bordi. Qaysi terma jamoaga ko‘proq muxlislik qildingiz?
-Albatta, O‘zbekistonga! Bu hol ba’zilar uchun g‘alati tuyulishi mumkin. Ammo men 2015 yildan beri O‘zbekistonning muxlisiga aylanganman. O‘shanda O‘zbekistondan tashrif buyurgan muxlislar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv menda juda katta taassurot qoldirgan. Ularning stadionda quvonchga to‘lib-toshib, hissiyotlarga berilib hayqirishlari, o‘z terma jamoalaridan faxrlanishlari, terma jamoa g‘alaba qozonganda g‘ururlanishlari, O‘zbekiston bayrog‘ini hilpiratishlari, barabanning dilga hayajon soladigan ovozlari... Men Yevropa va Avstraliyaning ko‘pgina stadionlarida bo‘lganman. Ammo ilgari hech qachon bunday ajoyib hissiyotlarni tuymagandim, bunday muhitda futbol tomosha qilmagandim. O‘zbekistonlik muxlislarning mehmondo‘stligi, ochiqko‘ngilliligi, birdamligi – men hayotimda ko‘rgan eng ajoyib jihatlar!
 
— Avstraliyada Siz bilan birga O‘zbekiston terma jamoasiga ishqibozlik qiladigan boshqa muxlislar ham bormi?
— Men 2015 yilgi Osiyo Kubogidan o‘rin olgan Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yindan uch kun avval ijtimoiy tarmoqlarda “Avstraliyalik O‘zbekiston muxlislari” (Aussie Uzbekistan Supporters) akkauntlarini ochgandim. Maqsad O‘zbekistonga muxlislik qiladiganlarni topib, ulardan o‘zbekcha hayqiriqlar, stadionda kuylab o‘tirish uchun o‘zbekcha qo‘shiqlarni o‘rganib olmoqchi edim. Ammo urinishim samara bermadi. Shunday bo‘lsa-da, shu 3 kun ichida Tvitterdagi @AussieUzbek akkauntiga 100 dan ortiq odam obuna bo‘ldi. Ular ichida biz haqimizda ko‘proq ma’lumot olishni istagan avstraliyaliklar, o‘zbekistonlik muxlislar, jurnalistlar va jamoat vakilari bor edi. Hozirda bu guruhimizda qancha a’zo borligini bilmayman. Men hech qachon sanamaganman. Avstraliyadagi, umuman, butun dunyodagi O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari bizning guruhimizga qo‘shilishsa, xursand bo‘lardim.

Sidneyda “Bornmut” klubi muxlislar guruhi bor. Mazkur guruh a’zolari ham O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlari vaqtida bizga qo‘shilib, terma jamoamizni qo‘llab quvvatlashadi. Masalan, do‘stim Robert va uning ikki o‘g‘li O‘zbekistonni juda yaxshi ko‘rishadi. Ular bilan birgalikda o‘tgan yili Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 terma jamoasini qo‘llab-quvvatlab turganmiz. Melburnda Sidneyga qaraganda o‘zbeklar ko‘proq. Shuningdek, Brisbenda ham o‘zbeklar topiladi. Yaqin orada ular bilan uchrashib, tanishib olish niyatim bor.
 
— O‘zbekiston milliy terma jamoasi endilikda 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
— Men Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etishimizga ishonaman! Biz bu yo‘lda asosan Xitoydagi U-23 Osiyo chempionati g‘oliblariga suyanishimiz kerak. Shuningdek, avvalgi Jahon chempionati saralashlarida bizga to‘sqinlik qilgan xato va kamchiliklarni yaxshilab tahlil qilib chiqish zarur. So‘nggi Jahon chempionati saralashida Janubiy Koreya bilan o‘yinda 0:0 hisobidagi durang juda alamli bo‘lgandi. Agar shu o‘yinda g‘alaba qozonsak, Rossiyaga yo‘l olgan bo‘lardik. Afsuski, buning uddasida chiqa olmadik. Endi JCH saralashlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish zarur. Milliy chempionatni kuchayishi ham juda muhim. Superligadagi klublarda raqobat oshsa, milliy terma jamoa uchun yaxshi futbolchilar yetishib chiqadi, deb o‘ylayman.

So‘zim oxirida Avstraliyada yashayotgan barcha o‘zbekistonlik muxlislardan men bilan aloqaga chiqishlarini so‘rab qolgan bo‘lardim. Birgalikda barbekyu tayyorlab, o‘zbek futboli haqida suhbatlashamiz! Elektron manzilim: aussieuzbek@gmail.com
 
Shuningdek, bizni Tvitterda ham kuzatib boring: @AussieUzbek
 
Olg‘a O‘zbekiston!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:11, 07.03.2019. O'qildi: 3287 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик