Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Essiz shunday futbolchilar. Ko‘prog‘iga loyiq edilar…

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yodingizda bo‘lsa, “Bo‘rilar to‘dasining sardori“ nomli maqolada Tottining o‘z klubi bilan qanday xayrlashganini  bayon qilgan edik. Futbolchining xayrlashuv kechasini o‘tkazish uchun “Roma“ rahbariyati 1 oy avval tayyorgarlikni boshlagan va “imperator“ni juda chiroyli kuzatib qo‘ygan edi. Totti singari o‘z klubiga borini bag‘ishlagan futbolchilar talay topiladi ammo, hamma klublar ham “Roma“ singari o‘z futbolchisining hurmatini joyiga qo‘yishni uddasidan chiqa olmaydi.

Andereya Pirlo

32 yoshlik futbolchi “Milan“ safidagi ajoyib 10 ta mavsumdan so‘ng klub bilan  yangi shartnoma tuzmoqchi ekanligini e’lon qiladi. Keyin nimalar bo‘lgani haqida bundan avvalgi maqolalardan birida keltirib o‘tganimiz uchun ortiqcha to‘xtalib o‘tirmaymiz. Klub safida deyarli hamma turnirlarda g‘olib chiqqan qaxramonimiz erkin agent sifatida “Yuventus“ safiga borib qo‘shiladi va ketma-ket 3 mavsum Italiyada yil o‘yinchisi deb topiladi. “Milan“ futbol afsonasi bilan xayrlashuv uchrashuvini ortga sura-sura oxiri o‘tkazishdan bosh tortadi. Pirlo shunchaki mavsum so‘ngida, qo‘llarini baland ko‘targancha o‘zi San Sirodan chiqib ketadi. Ushbu mavzuda savol berilganida qahramonimiz klubdan hafa ekanligini yashirib o‘tirmaydi. Klub safida 400dan oshiqroq uchrashuvlarda maydonga tushgan futbolchi shunchaki 2011-yilgi mavsum yakunlangach boshqa “Milan“ libosini kiymadi.
32 yoshlik futbolchi 2001-2011 yillar mobaynida  401 ta uchrashuv o‘tkazib 41 ta gol uradi

Karles Puyol

“Barselona“ klubining chinakam sardori, muxlislar yoqimtoyi va yaxshi inson deya ko‘z oldimizda gavdalanadigan futbolchi bilan “Barselona“ xayrlashuv kechasini o‘tkazmaganiga ishonish qiyin. Puyol klub safida 593 ta uchrashuvda maydonga tushgan va jamiki sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Uning so‘nggi mavsumida olgan jarohati evaziga u boshqa maydonga qayta olmaydi. Mavsum so‘ngida esa klub rasmiy sayti futbolchining butsalarini mixga ilganini e’lon qiladi. G‘azablangan muxlislar klubdan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishlarini talab qilsada, Xosep Bartomeu har-xil bahonalar bilan vaziyatdan chiqib ketadi. Afsuski, klub prezidenti o‘z va’dasida turmadi va klub uchun butun umrini bag‘ishlagan futbolchi o‘z klubidan shunchaki ketdi, tamom!

Aleksandr Shovkovsiy

“Dinamo Kiyev“ klubining afsonaviy darvozaboni klub uchun 23 yil umrini bergan bo‘lsada, u bilan “Dinamo“ hayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishni xohlamadi. Ukrayinadagi siyosiy notinchlikni bahona qilgan rahbariyat “Shava“ni ketishi haqidagi xabarni «Facebook» orqali e’lon qildi va ortiqcha to‘xtalib o‘tirmadi. Uning so‘nggi turidan so‘ng uyi atrofida minglab muxlislar  Sasha uchun bayram uyishtirishdi. Tonggacha davom etgan bayram futbolchining ko‘nglini biroz bo‘lsada ko‘tardi ammo, xayrlashuv o‘yinisiz klubni tark etgani uning xotirasida abadiy qolsa, ajab emas.

Frenk Lempard

Frenki o‘zining APLdagi so‘nggi mavsumini “Chelsi“safida emas, “Manchester  Siti“ libosida o‘tkazgani ko‘plab “aristokratlar“ muxlislari uchun og‘ir botdi. Futbolchi “Chelsi“ tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining APLdagi so‘nggi mavsumida jonajon klubida joy topilmadi. Futbolchi mavsum tugagach MLS ga ketishini eshitgan “Chelsi“ fanatlari rahbariyatdan xayrlashuv kechasini tashkil etishlarini talab qila boshladi va bu chelendjga aylanib ketadi. Klub mutasaddilari esa so‘nggi turidan so‘ng Lampard uchun 5 daqiqa ajratdi. Futbolchi muxlislar bilan xayrlashdiyu, umrini bag‘ishlagan klubini butkul tark etdi. Bu voqeani ingliz nashrlari “Lampardga nisbatan nohaqlik qilindi“ deya matbuotda jar sola boshlashdi, ammo... poyezd ketib bo‘lgan, klub ramzi sanaladigan futbolchi “Chelsi“ni abadiy tark etgan edi.

Iker Kasilyas

Joze Mouriniyo bilan tortishuvlar oqibatida Ispaniya futbolining hamma zamonlardagi eng kuchli darvozaboni, dunyoning 5 karra eng zo‘r kipperi, klublar va terma jamoalar miqiyosidagi jamiki turnirlar g‘olibi sanaladigan Iker Kasilas o‘z klubi bilan xayrlashmay boshqa klubga o‘tib ketdi. U “Real Madrid“ safida 725 ta uchrashuvda «qirollik klubi» sharafini himoya qilgan darvozabon o‘z umrini bag‘ishlagan klubi bilan xayrlashuv kechasi o‘tkazish taklifi bilan hech kim chiqmadi. Kasilyas aynan shu hodisa to‘g‘risida o‘z intervyularidan birida so‘zlab bergan edi: “To‘g‘risi, ketishim haqida ohirigacha hech kimga aytmadim, kutdim, klub men bilan munosib xayrlashishidan umidvor edim. Keyin jurnalistlarga matbuot anjumani tashkillashtirdim. Madrid bilan xayrlashdimu Portugaliyaga uchib ketdim“.
Darhaqiqat, unga mavsumdagi so‘nggi turda maydonga tushishi uchun sharoit ham yaratib berilmagani juda achinarli. Nima ham derdik, Maradona aytganidek : “Futbol har doim ham o‘z yulduzlari bilan yaxshi muomalada bo‘lavermaydi“

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:37, 19.03.2019. O'qildi: 15683 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик