Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 09.11.2025 00:45
      • Parma
      • 2:2
      • Milan
      • 09.11.2025 16:30
      • Atalanta
      • 0:3
      • Sassuolo
      • 09.11.2025 19:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Napoli
      • 09.11.2025 19:00
      • Jenoa
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 09.11.2025 22:00
      • Roma
      • 2:0
      • Udineze
      • 10.11.2025 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Lasio
  • APL
      • 09.11.2025 01:00
      • Chelsi
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.11.2025 19:00
      • Aston Villa
      • 4:0
      • Bornmut
      • 09.11.2025 19:00
      • Brentford
      • 3:1
      • Nyukasl
      • 09.11.2025 19:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Lids
      • 09.11.2025 19:00
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Brayton
      • 09.11.2025 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Liverpul
  • La-liga
      • 09.11.2025 01:00
      • Espanyol
      • 0:2
      • Vilyarreal
      • 09.11.2025 18:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:0
      • Real Ovyedo
      • 09.11.2025 20:15
      • Rayo Valyekano
      • 0:0
      • Real Madrid
      • 09.11.2025 22:30
      • Malyorka
      • 1:0
      • Xetafe
      • 09.11.2025 22:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Betis
      • 10.11.2025 01:00
      • Selta
      • 2:4
      • Barselona
  • Superliga
      • 09.11.2025 15:00
      • Qizilqum
      • 2:1
      • Andijon
      • 09.11.2025 17:15
      • Xorazm
      • 0:2
      • So‘g‘diyona
      • 10.11.2025 18:00
      • Surxon
      • -:-
      • Sho‘rtan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9652 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3031 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Naq 77 nafar tarbiyalanuvchi yoki yana «Ayaks» futbol akademiyasi peshqadam!

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

YEVROPA MILLIY CHEMPIONATLARIDA ENG KO‘P TARBIYALANUVCHILARGA EGA KLUBLAR. CIESFootballObservatory tadqiqot markazi ma’lumotlari asosida aytsak, CHL-2018G‘2019ning bosh kashfiyoti - «Ayaks» «ko‘hna qit’a» birinchiliklarida to‘p surayotgan tarbiyalanuvchilari soni bilan ham alohida maqtanishga haqli.

Ha, Yevropa milliy ligalarini futbolchi bilan ta’minlash bobida Asmterdam klubi akademiyasi oldiga tushadigani yo‘q. CIESFootballObservatory reytingi bilan tanishib chiqishdan oldin u qaysi mezonlar bo‘yicha tuzilganiga to‘xtalib o‘tish kerak.

Demak, birinchidan, UYEFA tasdiqlagan me’yorga muvofiq, 15-21 yosh oralig‘ida klub tizimida kamida 3 yil shug‘ullangan futbolchi uning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ikkinchidan, CIESFootballObservatory tahlilchilari Yevropaning 31ta mamlakati milliy chempionati oliy divizionidagi futbolchilarni sanab chiqishgan.

Tushunarliki, bunda UYEFA reytingi e’tiborga olingan. Xullas, qit’aning saviyasi eng past chempionatlariga nazar solinmagan.

Endi sokker.ru (!!!!!) saytida berilgan reyting bilan tanishib chiqsak bo‘ladi. Ko‘raylikchi, yana qaysi jamoalar sermahsul akademiyaga ega? 

49-52-o‘rinlar - 28 nafar tarbiyalanuvchi

«Minsk» (Belarus)

«Shtutgart» (Germaniya)

«Inter» (Italiya)

«Lokomotiv» (Rossiya)

«Lokomotiv» - elit guruhga kiritilgan Rossiyaning 3ta klubidan biri. «Temiryo‘lchilar» Yevropaning kuchli 31ta chempionatiga futbolchi yetkazib berish borasida o‘sha «Shtutgart» va «Inter» bilan bir qatordalar. Faqat e’tiborga olish kerak, bunda tarbiyalanuvchilar soni olingan, ularning saviyasi yoki mashhurligi boshqa masala. Yana bir ajablanarli tomoni shuki, «Inter» va «Shtutgart» Italiya hamda Germaniyaning ushbu reytingga tushgan yagona vakilidir. Nima, bu ushbu mamlakatlarda kadrlar tayyorlashga e’tibor pastmi? «Bavariya», «Borussiya» D., «Yuventus» va «Milan» kabi megaklublar top-50dan chetda qolganini qanday izohlash kerak? Ha, biroz g‘alati...

46-48-o‘rinlar - 29 nafar tarbiyalanuvchi

«Rusenborg» (Norvegiya)

«Atletiko» (Ispaniya)

«Dnepr» (Ukraina)

Ukraina futboli vakili - «Dnepr»ga qoyil! Dnepropetrovskda futbol tanazzulga uchragan bo‘lsada, klub akademiyasi bir maromda ishlab turibdi. YELning amaldagi g‘olibi (shuningdek, Yevropa superkubogi sohibi) - «Atletiko» ham shu uchlikda. «Dnepr»ning eng taniqli tarbiyalanuvchisiga kelsak, bu Yevgeniy Konoplyanka, albatta.

44-45-o‘rinlar - 30 nafar tarbiyalanuvchi

«Austriya» (Avstriya)

«Nant» (Fransiya)

Venaning «Austriya»si sport nuqtai nazaridan oldingidek vajolatli emas, ammo klub tizimidagi ishlar barqaror ravishda davom etmoqda. «Nant» xususida ham xuddi shunday deyish mumkin.

38-43-o‘rinlar - 31 nafar tarbiyalanuvchi

«Spartak» (Rossiya)

«Bazel» (Shveysariya)

«Rapid» (Avstriya)

«Zenit» (Rossiya)

«Sigma» (Chexiya)

«Malmyo» (Shvesiya)

Rossiya Premyer-ligasidagi ikki ashaddiy raqib - «Spartak» va «Zenit»ning bu boradagi mavqei teppa-teng, hozircha, albatta. Darvoqe, o‘tgan mavsumga nisbatan olsak, «Zenit» tarbiyalanuvchilari safi ikki futbolchi hisobiga uzaygan bo‘lsa, «Spartak» yil davomida 4 nafar o‘yinchi yo‘qotdi. Diqqat qiling, «mitti» Avstriyadan yana bir vakil bor - «Rapid».

33-37-o‘rinlar - 32 nafar tarbiyalanuvchi

MTK (Vengriya)

«Manchester Siti» (Angliya)

«Xerenven» (Gollandiya)

«Renn» (Fransiya)

«Atletik» (Ispaniya)

Qarang, «notanish» MTK (Budapesht) hammaga tanish «Manchester Siti» va «Atletik» bilan teng - bir qarashda g‘alati ko‘rinadigan yana bir manzara. Misol uchun, «RB Leypsig» darvozaboni Peter Gulachi aynan Vengriya jamoasi dargohida tahsil olgan.

31-32-o‘rinlar - 33 nafar tarbiyalanuvchi

«Makkabi» T-A. (Isroil)

«Arsenal» (Angliya)

Navbatdagi qiziqarli «qo‘shnichilik». Axir «Arsenal» qayerdayu, «Makkabi» qayoqda? Albatta, nomlar bo‘yicha olsak, «kanonirlar» yaqqol ustunlar: Sesk Fabregas («Monako»), Serj Gnabri («Bavariya»), Voysex Shesni («Yuventus»), Jek Uilshir («Vest Xem»).

29-30-o‘rinlar - 34 nafar tarbiyalanuvchi

«Standart» (Belgiya)

«Nitra» (Slovakiya)

Bilmaganlarga ma’lumot: «Nitra» Slovakiyaning shu nomdagi kichik shaharchasi sharafini himoya qiladi. Sportdagi natijalar nuqtai nazaridan qarasak, bu klub aslo maqtanolmaydi. Ammo Miroslav Stox kabi futbolchilarni katta arenaga olib chiqqanidan g‘ururlanishga mutlaqo haqli. «Standart» tarbiyalanuvchilari orasida esa mashhur yigitlar ko‘p - Aksel Vitsel, Mishi Batshuayi, Kristian Benteke, Maruan Fellayni (to‘g‘ri, u hozir Xitoyda o‘ynamoqda), Stiven Defur...

28-o‘rin - 35 nafar tarbiyalanuvchi

BATE (Belarus)

Belarus futboli darajasini hisobga olsak, munosib o‘rin, to‘g‘ri, BATE bag‘ridan chiqqan aksariyat futbolchilar mahalliy chempionatda to‘p surishadi.

26-27-o‘rinlar - 37 nafar tarbiyalanuvchi

«Slaviya» (Chexiya)

AZ (Gollandiya)

Chexiya klubi azaldan yaxshigina maktabi bilan ajralib turadi. Uning Chexiya milliy jamoasi uchun muhimlik darajasi ancha baland. AZ (Alkmaar)ga kelsak, Gollandiyada bolalar futbolida ishlar qanday yo‘lga qo‘yilgani ko‘pchilikka ma’lum.

22-25-o‘rinlar - 38 nafar tarbiyalanuvchi

«Monako» (Fransiya)

«MYU» (Angliya)

«Anderlext» (Belgiya)

«Levski» (Bolgariya)

Bolgariya jamoasi maktabidan chiqqan eng mashhur yigitlardan biri - bu Ivelin Popov. «Monako», «MYU» va «Anderlext»da esa sifat juda yuqori. Misol uchun, knyazlik jamoasida tarbiyalangan Kilian Mbappening bir o‘zi ko‘p narsani anglatadi. 

21-o‘rin - 39 nafar tarbiyalanuvchi

XIK (Finlyandiya)

Asli rossiyalik Roman Yeryomenko aynan Xelsinki jamoasida shug‘ullangan. Umuman, Finlyandiya vakilining ko‘plab tarbiyalanuvchilari unchalik taniqli emas.

20-o‘rin - 40 nafar tarbiyalanuvchi

 «PSJ» (Fransiya)

Ha, Parij klubi tayyor futbolchilarni sotib olishga usta, ammo uning ixtiyoridagi akademiya samarasi ham chakki emas. Qarang, «PSJ» ta’limini olgan yigitlardan bemalol 2ta jamoa tarkibini shakllantirish mumkin.

19-o‘rin - 43 nafar tarbiyalanuvchi

«Feyenoord» (Gollandiya)

«Janub faxri» maqomini olgan golland jamoasi tarbiyalanuvchilaridan tuzilgan ro‘yxat ham uzun, ham «sifatli». 43talik ro‘yxatning boshida hamon Robin van Persi turibdi.

18-o‘rin - 44 nafar tarbiyalanuvchi

«Rad» (Serbiya)

Kutilmagan holat! Serbiya klubini kim biladi? «Rad» aynan mahsuldor akademiyasi bilan g‘ururlanishga haqli. «Lokomotiv» (Moskva) safida Rossiya chempioni bo‘lgan Nemanya Peychinovich aynan shu jamoa tarbiyalanuvchisi sanaladi. To‘g‘ri, u ushbu ro‘yxatga kiritilmagan, chunki ayni payt Xitoyda o‘ynamoqda.

14-17-o‘rinlar - 45 nafar tarbiyalanuvchi

«Lion» (Fransiya)

PSV (Gollandiya)

«Portu» (Portugaliya)

«Benfika» (Portugaliya)

Bu guruhda faqat kuchli akademiyaga esa mashhur klublar bor. To‘g‘ri, Portugaliyaning ikki grandi sal boshqacha yo‘sinda ishlaydi. Ya’ni «Portu» ham, «Benfika» ham asosan Janubiy amerikalik iqtidorlarni topib, ularni yaxshi shartlar asosida o‘z dargohiga jalb etadi. Qisqasi, portugaliyaliklar nisbatan shakllangan yosh futbolchilarga 3-5 yil ichida «sayqal» berishni yaxshi o‘zlashtirishgan.

13-o‘rin - 47 nafar tarbiyalanuvchi

«Barselona» (Ispaniya)

Katoloniya faxrining statistikasida nafaqat son, balki sifat ham hayratlanarli. Raqamlarda ifoda etsak, reyting varaqasiga kiritilgan 47 nafar tarbiyalanuvchidan 34 nafari «ko‘hna qit’a»ning eng sara 5ta milliy chempionatida o‘ynamoqda. Umuman, bu «syurpriz» emas: «La Masiya» dovrug‘idan hamma xabardor. Akademiyadan chiqqan eng qimmatbaho «javohir» - millionlar kumiri Lionel Messi, shubhasiz.

11-12-o‘rinlar - 48 nafar tarbiyalanuvchi

«Voyevodina» (Serbiya)

«Shaxtyor» (Ukraina)

Serbiyaning yana bir klubi, bunisi futbol olamiga Sinisha Mixaylovichdek ijrochini taqdim etgani bilan tillarga tushgan. Ukrainada esa Doneskning «Shaxtyor» klubi akademiyasi roli tobora oshib bormoqda. To‘g‘ri, asosiy jamoani hali-hamon Janubiy amerikalik legionerlarsiz tasavvur qilib bo‘lmasada, mahalliy yigitlarga keng imkoniyat berilmoqda.

9-10-o‘rinlar - 50 nafar tarbiyalanuvchi

«Dinamo» (Belarus)

«Xayduk» (Xorvatiya)

Sifatni nazarda tutsak, bu ikkilikda «Xayduk» ancha ustun, albatta. Har holda, Splitda tahsil olgan 50 nafar futbolchi orasida  jahonning vise-chempionlari ham bor. Minsk «Dinamo»si esa hozircha bunday darajadagi tarbiyalanuvchilari bilan maqtanolmaydi.

8-o‘rin - 52 nafar tarbiyalanuvchi 

«Sparta» (Chexiya)

Yevropaning sharqiy qismida gi eng ilg‘orlar safida turadigan «futbolchilar fabrikasi»ga ega klub. Pragaliklar akademiyasida yo‘lga qo‘yilgan ish va uning samarasi ko‘plab jamoalarda havas uyg‘otadi.

7-o‘rin - 53 nafar tarbiyalanuvchi

 «Real» (Ispaniya)

«Qirollik klubi»ni megayulduz maqomidagi legionerlarsiz tassavvur qilish qiyin. Lekin jamoa akademiyasi ham binoyidek samara bermoqda. Har holda, «Madrid» ushbu reytingga kirgan top-klublar (Ispaniya, Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiya grandlari) orasida peshqadam bo‘lib turibdi.

6-o‘rin - 58 nafar tarbiyalanuvchi

«Sporting» (Portugaliya)

Portugaliya futbolidagi asosiy «inkubator». Krishtianu Ronaldu qaysi jamoa akademiyasida shug‘ullanganini bilasizmi? Ha, baraka toping - u «Sporting» tarbiyalanuvchisi!

5-o‘rin - 61 nafar tarbiyalanuvchi

«Srvena Zvezda» (Serbiya)

Bolqon hududining yana bir serhosil jamoasi. Serbiyalik ko‘plab mashhur o‘yinchilar aynan «Zvezda» maktabida saboq olishgan.

4-o‘rin - 66 nafar tarbiyalanuvchi 

«Dinamo» Zg. (Xorvatiya)

Zagreb «Dinamo»siga ta’rif kerakmi? Buning uchun birgina Luka Modrich kifoya qiladi. JCH-2018ning eng yaxshi futbolchisi, «Oltin to‘p» sohibi aynan Xorvatiya poytaxti jamoasi tarbiyalanuvchisidir.

2-3-o‘rinlar - 69 nafar tarbiyalanuvchi

«Dinamo» K. (Ukraina)

«Partizan» (Serbiya)

Reytingning 2-3-qatorlari ham Sharqiy yevropaliklarga tegishli. Alohida aytish kerak, oxirgi yilda ayniqsa, Kiyev «Dinamo»si reyting bo‘yicha katta o‘sishga erishdi. Ya’ni elit ligalardagi tarbiyalanuvchilari soni birdaniga 15 nafarga oshdi. Belgrad sharafini himoya qiluvchi  «Partizan»da ham o‘sish sur’ati yaxshi: Q10 nafar tarbiyalanuvchi.

1-o‘rin - 77 nafar tarbiyalanuvchi 

«Ayaks» (Gollandiya)

Amsterdam jamoasi maktabining yetakchi ekanligi hech kimni ortiqcha ajablantirmasligi kerak. Chunonchi, «Ayaks» uzoq yillardan buyon iqtidorlar konveyeri bo‘lib kelmoqda.

 

O‘RTAGA

Umumiy olganda, ushbu reytingga 23ta mamlakat klublari tushdi. Eng ko‘p vakil Gollandiya va Fransiyadan (5ta klub). Tarbiyalanuvchilarning umumiy soni bo‘yicha esa gollandlar oldinda. 

1. Gollandiya - 5ta klub («Ayaks», PSV, «Feyenoord», AZ, «Xerenven»), jami 234 nafar tarbiyalanuvchi

2. Fransiya - 5ta klub («Lion», «PSJ», «Monako», «Renn», Nant»), jami 185 nafar tarbiyalanuvchi

3. Serbiya - 4ta klub («Partizan», «Srvena Zvezda», «Voyevodina», «Rad»), jami 222 nafar tarbiyalanuvchi

4. Ispaniya - 4ta klub («Real», «Barselona», «Atletik», «Atletiko»), jami 161 nafar tarbiyalanuvchi

5. Portugaliya - 3ta klub («Sporting», «Portu», «Benfika»), jami 148 nafar tarbiyalanuvchi

6. Ukraina - 3ta klub («Dinamo» K., «Shaxtyor», «Dnepr»), jami 146 nafar tarbiyalanuvchi

7. Chexiya - 3ta klub («Sparta», «Slaviya», «Sigma»), jami 120 nafar tarbiyalanuvchi

8. Belarus - 3ta klub («Dinamo», BATE, «Minsk»), jami 113 nafar tarbiyalanuvchi

9. Angliya - 3ta klub («MYU», «Arsenal», «Manchester Siti»), jami 103 nafar tarbiyalanuvchi

10. Rossiya - 3ta klub («Spartak», «Zenit», «Lokomotiv»), jami 90 nafar tarbiyalanuvchi

11. Xorvatiya - 2ta klub («Dinamo» Zg., «Xayduk»), jami 116 nafar tarbiyalanuvchi

12. Belgiya - 2ta klub («Anderlext», «Standart»), jami 72 nafar tarbiyalanuvchi

13. Avstriya - 2a klub («Rapid», «Austriya»), jami 61 nafar tarbiyalanuvchi

14. Finlyandiya - 1ta klub (XIK), 39 nafar tarbiyalanuvchi

15. Bolgariya - 1ta klub («Levski»), 38 nafar tarbiyalanuvchi

16. Slovakiya - 1ta klub («Mitra»), 34 nafar tarbiyalanuvchi

17. Isroil - 1ta klub («Makkabi» T-A.), 33 nafar tarbiyalanuvchi

18. Vengriya - 1ta klub (MTK), 32 nafar tarbiyalanuvchi

19. Shveysariya - 1ta klub («Bazel»), 31 nafar tarbiyalanuvchi

20. Shvesiya - 1ta klub («Malmyo»»), 31 nafar tarbiyalanuvchi

21. Norvegiya - 1ta klub («Rusenborg»), 29 nafar tarbiyalanuvchi

22. Germaniya - 1ta klub («Shtutgart»), 28 nafar tarbiyalanuvchi

23. Italiya - 1ta klub («Inter»), 28 nafar tarbiyalanuvchi

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 11:11, 24.03.2019. O'qildi: 3992 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.