Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

3 kun umri qolgan muxlis

Baho:
+3 | -1
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Feynoord» jamoasining rotterdamlik bir muxlisi bor edi. U jamoasining mavsum davomidagi deyarli birorta uchrashuvini o‘tkazib yubormas, mehmondagi uchrashuvlarda ham o‘z suyukli klubini qo‘llab-quvvatlab turardi. Fan klub yetakchisi sifatida saylangan qahramonimizning to‘liq ismini hech kim bilmas, shunchaki malla Mark deb chaqirishar edi. Markni hayotda sira omadi kelmagan, yoshi o‘tib qolgan bo‘lsa-da, deyarli yolg‘iz edi. Uning hayotida mingta quvonch ulashuvchi narsa bo‘lsa bu - futbol edi! Agar bir dona quvonch ulashuvchi narsa bor desak, u ham futbol edi! Mark futbol bilan tirik edi...

Qahramonimizning butun umr o‘z klubi uchrashuvlarini maydondan kuzatsa ham, o‘ta tortinchoqligi sababli ortiqcha e’tibordan qochardi...

2012-13-yilgi mavsum uchrashuvlarida ko‘rinmay qolgan Mark «Feynoord» muxlislarining e’tiborini tortadi. Uning borligida u qadar o‘rni bilinmasa-da, ko‘rinmay qolgani darrov seziladi. Fan klub a’zolaridan biri uni qidirib uyiga borib topa olmaydi. Surushtirib bilsa, Mark kasalxonaga tushib qolgan, saraton kasalligining oxirgi bosqichini boshidan o‘tkazayotgan ekan... Bu xabar birdaniga butun Gollandiyada yashin tezligida tarqaldi. Futbolchini ko‘rgani «Feynoord» futbolchilari bir necha bor kasalxonaga borishdi. Malla Mark ular bilan soatlab gaplashib o‘tirar, o‘zining bemorligini bir zumga yodidan chiqarib yuborardi...
2013-yilning iyun oyida Markning ahvoli og‘irlashdi va doktorlar uning uzog‘i bilan bir oy umri qolganini aytishadi.

Kasalxonadagi muolajalardan charchagan Mark shiftga tikilib yotar ekan, sevikli jamoasining o‘yinlarini so‘nggi bor ko‘rishni juda istardi...
«Feynoord» klubi sodiq muxlisining ahvoli og‘irlashganini klub o‘z rasmiy saytida e’lon qiladi. Fanatlar Markdan ko‘ngli nimani tusashini ko‘p bor so‘rashadi.U esa tortinib so‘nggi bor «Feynoord» stadionida muxlislar bilan o‘tirishni xohlashini aytadi...
Odamiylik naqadar go‘zal hislat-a? Uning yaqinlari va muxlislar armiyasi malla Markning bu istagi aslida eng so‘nggi tilagi ekanligini yaxshi his qilib turishardi. Shu sabab, ta’tilga chiqib ketgan futbolchilarni 3 kun ichida yig‘ishga tushib ketishadi. Shoshilish kerak. Mark tobora bu dunyodan uzoqlashib bormoqda....

26-iyun sanasida «Feynoord» klubi o‘z futbolchilari bilan birgalikda klubning sodiq muxlisi, uzoq yillik qadrdonlari malla Mark uchun stadionda jamlanishdi. Yangi mavsum boshlanmagani uchun raqib topa olmagan «Feynoord» ikkiga bo‘linib Mark uchun maydonda to‘p surdi. Stadionga yig‘ilgan 25 ming muxlisning birortasi o‘sha kuni o‘yingohda o‘tirganiga qaramay, futbol tomosha qilishmadi. Hammaning nigohi Markda! U esa, doimo o‘zi o‘tiradigan o‘rindiqda, hamma narsani unutgancha, uchrashuvni qiziqish bilan tomosha qilar, hech kim bilan ishi yo‘qdek...

O‘yin yakunlangach, futbolchilar uni maydonga olib tushishdi. Tortinchoq Mark klubiga, sevimli stadioniga to‘yib-to‘yib boqar ekan, ko‘zlaridagi yoshlarini to‘xtata olmay qoldi. Muxlislar uni qo‘llab-quvvatlab turishar u esa hammasi so‘nggi bor ekanligi his qilgancha muxlislar oldiga yaqinlashdi-da, qo‘llarini keng yozib ko‘zlarini yumdi...

Ertasi kuni malla Mark klub redaksiyasiga qisqagina xat yozib yubordi.

Qadrli va jonajon klubim! hammasi uchun tashakkur. Kecha men o‘z oilam davrasida so‘nggi bor vaqt o‘tkazganimdan baxtiyorman. «Feynoord»ning har bir muxlisi menga o‘z oila a’zolarimdek qadrdon. Meni yolg‘iz qoldirmaganingiz  uchun yana bir bor rahmat.

Bu qisqagina xat ko‘plab muxlislarni qalblarini larzaga keltirib yubordi. 28-iyun oqshomida Mark olamdan o‘tdi...

Uning o‘limi haqidagi xabar shaharda yashin tezligida tarqaldi. Uni so‘nggi bekatga kuzatish uchun o‘sha kuni tongdan butun shahar tayyorgarlikni boshlab yubordi. Hamma avtobuslar «Seni yolg‘iz qoldirmaymiz» jumlasi tushirilgan tabloni o‘sha kuni kechgacha o‘chirishmadi.

 

Rotterdam aholisi o‘z oila a’zosini kuzatib qo‘ygani ko‘chalarga «oqib» chiqdi. Uning tobuti joylashgan mashina manziliga yetib olguncha yuz mingdan ziyod muxlislar qurshovida joyidan qo‘zg‘ala olmay uzoq turib qoldi... Bu hodisalar haqida kimdir eshitdi, kimdir eshitmadi, ammo...Rotterdamlik Mark voqeasi futbol hali to‘la qonli biznesga aylanmaganini, undagi asl joziba hozircha saqlanib qolinganini ko‘rsatib berdi. Bu voqeani guvohi bo‘lgan, eshitgan futbolchilar tushunishlari shart! Futbol bu katta pul ishlab olish uchun ularga berilgan imkoniyat emas! Bu o‘yinni yer yuzida millionlab malla Mark singari muxlislari mavjud!Bunday muxlislar hayotining eng shodon kunida ham, eng og‘ir damlarida ham sevimli jamoasining oldida bo‘lishni istaydi. Malla Mark singari muxlislar bor ekan, futbol o‘z mohiyatini hali beri yo‘qotmaydi

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:23, 26.03.2019. O'qildi: 12825 marta. Fikrlar: 13 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.