Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 24.06.2025 06:00
      • Portu
      • 4:4
      • Al-Ahli (Misr)
      • 24.06.2025 06:00
      • Inter Mayami
      • 2:2
      • Palmeyras
      • 24.06.2025 23:59
      • Oklend Siti
      • -:-
      • Boka Xuniors
      • 24.06.2025 23:59
      • Benfika
      • -:-
      • Bavariya
      • 25.06.2025 06:00
      • Esperans
      • -:-
      • Chelsi
      • 25.06.2025 06:00
      • Los-Anjeles
      • -:-
      • Flamengo
  • O‘zbekiston kubogi
      • 24.06.2025 19:30
      • Neftchi
      • 0:1
      • Mash’al
      • 24.06.2025 19:30
      • So‘g‘diyona
      • 4:1
      • Qizilqum
      • 25.06.2025 19:30
      • Buxoro
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Palmeyras 3 5
2 Inter Mayami 3 5
3 Al-Ahli (Misr) 3 2
4 Portu 3 2

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 PSJ 3 6
2 Botafago 3 6
3 Atletiko 3 6
4 Sietl Saunders 3 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bavariya 2 6
2 Benfika 2 4
3 Boka Xuniors 2 1
4 Oklend Siti 2 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Flamengo 2 6
2 Chelsi 2 3
3 Esperans 2 3
4 Los-Anjeles 2 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 River Pleyt 2 4
2 Inter 2 4
3 Monterrey 2 2
4 Urava Reds 2 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Borussiya D 2 4
2 Fluminense 2 4
3 Mamelodi Sandauns 2 3
4 Ulsan Xyonde 2 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yuventus 2 6
2 Manchester Siti 2 6
3 Vidad 2 0
4 Al-Ayn 2 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Real Madrid 2 4
2 Zalsburg 2 4
3 Al-Hilol 2 2
4 Pachuka 2 0

O'tgan o'yinlar.

3-тур Atletiko 1-0 Botafago
3-тур Sietl Saunders 0-2 PSJ
3-тур Portu 4-4 Al-Ahli (Misr)
3-тур Inter Mayami 2-2 Palmeyras

Navbatdagi o'yinlar.

24/06/25 Oklend Siti - Boka Xuniors
24/06/25 Benfika - Bavariya
25/06/25 Esperans - Chelsi
25/06/25 Los-Anjeles - Flamengo

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ikki legioner hikoyasi- Shomurodov va Aliboyev…

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan shanba kuni bo‘lib o‘tgan «Paxtakor» - «Lokomotiv» uchrashuvi mamlakatimizdagi futbol voqeligi orasida asosiy o‘ringa chiqqan bo‘lsada, men o‘sha lahzalarda boshqa o‘yinlarni tomosha qildim. Rossiya Premyer-ligasi doirasida Qozon shahrida o‘tgan «Rubin» va «Rostov» jamoalari ishtirokidagi va Janubiy Koreya K-ligasi doirasidagi «FK Seul» - «Jeju Yunayted» bahsini.

Avvalo, Rossiyaga to‘xtalsak. Ma’lumki, milliy jamoamiz a’zosi Eldor Shomurodov ishtirok etatgan «Rostov» klubi Rossiya Premyer-ligasi bahslarida o‘tgan yili oktyabr oyidan beri g‘alaba qozona olmayotgandi. Naq yetti turdan iborat duranglar va mag‘lubiyatlar seriyasi butun Rossiya futbol jamoatchiligi e’tiborini o‘ziga tortayotgandi. Aslida «Rostov» har bir o‘yinda ancha chiroyli futbol namoyish etadi, faqatgina g‘alabaga nimalardir yetishmay qolaveradi. Albatta, bu muvaffaqiyatsizliklarda hamyurtimiz Eldor Shomurodovning ham ma’lum darajada «hissasi» bo‘lgan. Qaysi ma’nodaki, «Rostov»ning eng kerakli paytlarda to‘pni raqib darvozasiga yo‘llay olmasligiga asosiy aybdorlar oldingi chiziq vakillari ekanmi, demak bu borada Shomurodov ham o‘z-o‘zidan mazkur ro‘yxatga qo‘shilishi aniq. Rossiyada «Rostov»ni himoyaviy o‘yinda ayblashadi (hattoki, o‘sha shanba kuni bo‘lib o‘tgan «Rubin»- «Rostov» uchrashuvidan oldin ham unga sharh berganlar «Ikki avtobus to‘qnashuvi» deb nom qo‘yishgandi. «Avtobus» nima ekanligini bilasiz - himoyaga «yotib olib» o‘ynash tushuniladi). O‘sha ketma-ket durang va mag‘lubiyatlar qayd etilgan o‘yinlarning birortasida himoya vakillariga e’tiroz bo‘lgani yo‘q.

27 oktyabrda o‘z maydonida «Anji» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng «Rostov» qayd etgan natijalarga e’tibor qaratamiz:

13-tur. Krasnodar - 2:2

14-tur. Dinamo M - 0:0

15-tur. Zenit - 0:2

16-tur. SSKA - 0:0

17-tur. Krilya Sovetov - 0:1

18-tur. Yenisey - 1:1

19-tur Arsenal - 0:0

Yetti uchrashuvda 5 durang, 2 mag‘lubiyat. Natijada turnir jadvalida eng yuqori uchlikda ketayotgan Karpin shogirdlari naqd 8-o‘ringa tushib ketishgandi. Yuqoridagi jadvalni bejizga keltirmadik. Qayd etilgan 5ta durangning 3tasida himoya vakillari gol o‘tkazishmagan, bittasida 1:1 hisobi qayd etilgan. Bu xunuk ko‘rsatkich, birinchi navbatda, oldingi chiziq vakillariga, xususan, hamyurtimiz Eldor Shomurodovga ham katta «minus»lar keltirayotgani tayin edi. Ana shunday qiyin kunlarning navbatdagisi Karpin va uning shogirdlarini Qozon shahrida kutib turardi. Yettita muvaffaqiyatsiz uchrashuvdan keyin yana mehmonda to‘p surish yuki...

Men Qozondagi bahsda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushmasligini oldindan sezgandim. O‘zi Karpinda shunaqa tendensiya bor. Oldingi chiziq vakillaridan o‘tgan o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushganlar o‘zini oqlamasa, keyingi bir yoki ikkita o‘yinda ozroq «dam olishadi». Xuddi aytganimdek bo‘ldi. Bu safar dastlabki daqiqalardan Sigurdarson va Ionov juftligi harakat qila boshladi. O‘tgan uchrashuvlarda bir-ikki bor asosiy tarkibda o‘yinni boshlagan Eldor Shomurodov va bolgariyalik Ivelin Popov bu gal zaxirada qolishdi (aytgancha, jamoada yana bir islandiyalik mahoratli hujumchi Vidar Kyartansson ham bor edi va aftidan, u raqobatga dosh berolmagach, jamoadan ketadigan ko‘rinadi).

Mehmonda o‘ynashiga qaramay, birinchi bo‘limda ham, 2-bo‘limning boshlarida ham Karpin shogirdlari xuddi o‘z uylaridagidek harakatlanishdi. Yana taxmin qilganimdek, o‘yinning 65-daqiqalariga kelib «Rostov» yordamchi murabbiyi maydon chetida Eldor Shomurodovga nimalarnidir tushuntira boshladi. Mening xayolimdan o‘tayotgan fikrlar esa taxminan quyidagicha edi:

Turkmaniston va Ummon darvozasiga individual mahorati evaziga to‘p kiritgan, ayniqsa, Yaponiya terma jamoasi himoyachilari qurshovini yorib o‘tib gol urgan futbolchimiz Rossiya klublari himoyasidan o‘tishi kerak. Har holda, Rossiya klublaridagi himoyachilar asosan Yevropa klublarida to‘p suradigan yapon himoyachilaridan yuqori emas.

Kutilganidek va har bir o‘yinda duch kelayotganimizdek, Karpin yana uchta almashtirish qildi va ularning barchasi oldingi chiziq vakillari hisobidan: Sigurdarson o‘rniga Shomurodov, Ionov o‘rniga Popov, Zaynutdinov o‘rniga Zuyev tushdi.

80-daqiqalar davom etayotgandi, o‘yin ham yana durang, yana 0:0 hisobi bilan yakunlanadigandek edi. Lekin hamma narsaning ham yakuni bor degandek, katta sahnaga Eldor Shomurodov chiqdi. Uning ikki marta qilgan harakati katta samara berdi va hisob - 2:0.

Avvaliga o‘ng qanotda to‘pni qabul qilib olgan Eldor o‘zining ortidan ikki raqib himoyachisini ergashtirib bordi va kutilmaganda tovoni bilan orqaga pas berdi. Natijada raqib posboni bilan yakkama-yakka chiqib borgan finlyandiyalik Roman Yeryomenko uzoq kutilgan golni urib, hisobni ochdi. O‘sha lahzalarda Eldor pas berayotgan suratdan ko‘rinib turibdi, u deyarli uch raqib futbolchisini o‘ziga «jalb» qila olgan va orqada bo‘sh zona borligini sezgan. Men takroriy kadrda alohida kuzatdim, Eldor orqasiga qarab ham olgani yo‘q, shunga qaramay, to‘pni Yeryomenkoga aniq oshirib berdi. Suratda «to‘g‘ri to‘rtburchak» bilan belgilangan bo‘sh zona Yeryomenko golni nishonlashi uchun yetarli bo‘ldi - ya’ni orqadan ta’qib qilgan uch himoyachi yetib kelgunicha Roman darvozani nishonga olib ulgurdi. Demak, 1:0.

Xursandchiligidan o‘zini qo‘yarga joy topa olmayotgan Roman alohida Eldorning yoniga keldi va peshonasini peshonasiga tekkazib, pas uchun minnatdorchilik bildirdi (ta’kidlash joizki, sobiq «spartakchi» Yeryomenko «narkotiklar mashmashasi» tufayli deyarli ikki yil futbol o‘ynamadi va bu o‘sha katta tanaffusdan keyin uning dastlabki golini nishonlashi edi).

Yana ozgina o‘tib, «Rostov» ikkinchi qarshi hujumini a’lo darajada yakuniga yetkazdi va bu gal ham asosiy «rol»lardan birini hamyurtimiz Shomurodov ijro etib berdi. O‘z jarima maydoni tashqarisida to‘pni qabul qilib olgan Eldor deyarli maydonning ikkinchi yarmini bosib o‘tdi va chap qanotdagi Ivelin Popovni qulay vaziyatda topdi. Bolgariyalik ham, o‘z navbatida, Roman Yeryomenkoga ideal pas oshirdi va to‘pga yerga tushirmasdan zarba bergan Roman o‘zining «dubl»ini nishonladi (ko‘pchilik rossiyaliklar bu golni Van Basten uslubida kiritildi, deb ta’kidlashdi, rostdan ham tuzukkina o‘tkir burchak bor edi).

2:0 - nihoyat, «Rostov» a’zolari va ayniqsa, bosh murabbiy Valeriy Karpin bu g‘alabadan so‘ng yengil tin olgani aniq. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng uni tanqid qiladiganlar ham ko‘payganidan ko‘payib borayotgandi.

Kuzda o‘tgan birinchi davra o‘yinlaridan keyin «Rostov»ni Denis Skopinsev va Ayaz Guliyev kabi mahoratli yarim himoyachilar tark etishdi. Shunga qaramay, Karpin o‘z jamoasiga ularning o‘rnini bosa oladigan Ivelin Popov va Roman Yeryomenkolarni qo‘shib olishning uddasidan chiqdi. Ayni payt Premyer-liga musobaqa jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilgan «Rostov» yuqoridagi jamoalarni faol ta’qib qilishda davom etmoqda. Rostovliklar Rossiya kubogida ham muvaffaqiyatli yurish qilayotganlarini ta’kidlash zarur. Ular hozir yarim finalga qadar yetib kelishgan va Moskvaning «Lokomotiv» klubiga qarshi o‘tajak ikki o‘yinda zafar quchishsa, hamyurtimiz Eldor Shomurodov uchun ham yevrokubok eshiklari ochilishi aniq. Har holda, ikki turnirdan biridagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqish imkoniyatlari anchagina. Buni Karpin ham, boshqalar ham binoyidek sezib turishibdi. Eng asosiysi, YELda normal qatnashish uchun jamoaning kuchi ham, salohiyati ham yetadi. Aynan hozirgi tarkib bilan buni bemalol uddalasa bo‘ladi. Keyingi ikki bahsda «Rostov» g‘alabaga erishishi yengilroq bo‘lgan raqiblar bilan to‘qnash keladi: 30 martda o‘zi maydonida «Ural»ni qabul qilsa, 7 aprelda safarda «Ufa» bilan o‘ynaydi.

Futbolchilarimizning yevrokuboklardagi ishtirokiga ham ancha vaqt bo‘ldi. Adashmasam, oxirgi marta Odil Ahmedov uch yilcha oldin «Krasnodar» tarkibida «Borussiya» (Dortmund) va «Lill» (Fransiya) kabi kuchli jamoalarga qarshi bahslarda qatnashgandi. Shundan buyon hech bir futbolchimizni yevrokuboklarda ko‘rmadik. Uzoq Portugaliyada to‘p surayotgan Sardor Rashidovning jamoasi «Nasyonal» ham 3-4 yildan beri yevrokuboklarda qatnashmayapti va bu yilgi mavsumda ham yo‘llanma qo‘lga kiritilishi amrimahol. Shu bois, barcha umidimiz hozircha Shomurodovdan.

Endi e’tiborimizni Janubiy Koreya maydonlariga qaratamiz. Bu yerda K-ligada Ikrom Aliboyev, shuningdek, K-2 ligasida yana 4 nafar mahoratli futbolchimiz faoliyat yuritayotgan bo‘lsada, hozircha faqatgina Aliboyevda ishlar maromida ketyapti. Unig jamosi - FK «Seul» ortda qolgan uchta turda 2 g‘alaba, 1 durang bilan turnir jadvalining 2-pog‘onasiga joylashgan va bu or­qali OCHL yo‘llanmasi uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanligini bildirib qo‘ymoqda.

Men Ikrom Aliboyev qatnashgan dastlabki uchala o‘yin­ni ham sinchiklab kuzatdim. Avvalo, aytish joizki, barcha uch uchrashuvda legionerimiz asosiy tarkibda maydonga tushdi va g‘alabalarga munosib hissasini qo‘shdi.

1-tur. «Poxang Stilers» - 2:0

2-tur. «Seongnam» - 1:0

3-tur. «Jeju Yunayted» - 0:0

Dastlabki turda o‘z maydonida «Poxang Stilers»ni qabul qilgan «Seul» raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritib, chempionatni g‘alaba bilan boshladi. Mazkur o‘yinda ikkinchi golning urilishida Aliboyevning xizmati katta bo‘ldi. U o‘ng qanot jarima maydoniga kirib borayotgan sherigini vaqtida seza oldi va unga ajoyib pas uzatdi. To‘pga to‘xtatmasdan zarba bergan Xvan Xyu Su hisobni 2:0ga yetkazib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

2-turda mehmonda «Seongnam» ustidan erishilgan yutuqda ham Aliboyev asosiy «figura»lardan biri bo‘ldi. Hattoki, gol urilgan vaziyatda hujumni boshlab bergan o‘yinchi sifatida kadrlarda qoldi. Bundan tashqari, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida darvozabonning oldinga chiqib ketganini ko‘rdi va maydon markazidanoq to‘pni darvoza tomon yo‘lladi. Esingizda bo‘lsa, u o‘tgan yili OCHL doirasida BAAning «Al-Vahda» klubi darvozasini xuddi shunday tarzda ishg‘ol qilgandi. Lekin yuqorilatib berilgan zarba bu gal biroz noaniq ketdi. Vaholanki, qaror juda to‘g‘ri edi va darvozabon deyarli to‘pga yeta olmagandi.

Faqatgina so‘nggi 3-turda o‘z maydonida o‘rtahol «Jeju Yunayted» bilan 0:0 qayd etilishi jamoa muxlislarining kayfiyatini anchagina tushirgani aniq. Chunki ko‘pchilik 2-turda mehmondagi o‘yindan durang olib kelinishini va 3-turda o‘z maydonlaridagi yutuqni kutayotgandi. Nachora, bu - futbol... Teskarisi bo‘ldi, o‘sha rejalashtirilgan ochkolar qo‘lga kiritildi, lekin 2-turda mehmondagi «triumf»dan keyin hamma uchinchi g‘alabani va albatta, 9 ochkoni ham kutgani rost.

Endi Aliboyevning shaxsan o‘zi qanday harakat qilayotgani haqida to‘xtalsak. Yaxshiki, jamoa bosh murabbiyi uni asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida ko‘rmoqda va hozircha barcha uch uchrashuvda dastlabki daqiqalardan maydonga tushirdi. Shunga qaramay, Ikromning o‘yinida yutuqli taraflari bilan bir qatorda kamchiliklar ham ko‘zga tashlanyapti.

Murabbiylar Aliboyevni asosan o‘zi yaxshi ko‘rgan markaziy yarim himoyada o‘ynatishmoqda. Biroq u hujumlarni tashkil qilishda qanchalik faol harakat qilayotgan bo‘lsa, raqib hujumlarini qaytarishda ma’lum kamchiliklarga yo‘l qo‘ymoqda. Xususan, o‘sha 2-turda «Seongnam»ga qarshi o‘yindagi bir vaziyatda maydon markazidagi yengil harakati oqibatida raqiblar undan to‘pni olib qo‘­yishdi va «Seul»ning 3 himoyachisiga qarshi 4 futbolchi bilan kirib borishdi. Yakunda bu vaziyat raqib futbolchisi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishgacha bordi. Yaxshiki, so‘nggi vaziyatda «Seul» posboni to‘pni oyoqlari bilan qaytarib qoldi va shu tariqa g‘alaba ham saqlab qolindi. Aks holda, o‘yindan keyingi tahlillarda barchasiga Aliboyev aybdor qilib ko‘rsatilishi muqarrar edi. Uning xatolari dastlabki turdagi ikki g‘alaba «foni»da qolib ketdi.

Shunga qaramay, o‘sha safardagi 2-turdagi g‘alaba oson qo‘lga kiritilmaganligini ta’kidlash joiz. Mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, «Seongnam» yevropacha futbol ko‘rsatadigan ajoyib jamoa ekan. Juda ko‘plab hujumlar uyushtirdi, faqat Aliboyev jamoasidagi himoyachilarning (ayniqsa, darvozabonning) mardonavor to‘p qaytarishlari FK «Seul»ni nafaqat noxush hisobdan saqlab qoldi, balki ularga o‘ta qimmatli 3 ochkoni taqdim etdi.

So‘nggi 3-turdagi o‘zi maydonidagi durang haqida esa bir narsa deyish qiyin. Jamoa ko‘plab hujumlardan unumli foydalana olmasligi oqibatida g‘alabaga erisha olmadi. Nima ham derdik, biz uchun hozircha Ikrom Aliboyevning jamoa asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin olayotgani muhimroq. Jeparov va Kapadzedan keyin hech bir futbolchimiz Janubiy Koreyaning kuchli jamoalari tarkibida muqim o‘ynamayotgandi. Hozircha bizni shunisi ham xursand qilmoqda. Shunga qaramay, Aliboyev o‘z xatolari ustida yanada ko‘proq ishlashi darkor. Zero, Janubiy Koreya­dek mamlakat ketma-ket xatolarni kechirmaydi. Geynrixning qismati bunga yaqqol misol...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:57, 27.03.2019. O'qildi: 3999 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ювентус Kenan Yildiz 3
2 Ал-Аҳли (Миср) Vessam Abu Ali 3
3 Бавария Jamal Musiala 3
4 Бенфика Anxel Di Mariya 3
5 Ювентус Randal Kolo-Muani 2
6 Ювентус Fransisko Konseysao 2
7 Бенфика Leandro Barreyru 2
8 Атлетико Pablo Barrios 2
9 Ботафого Igor Jezus 2
10 Манчестер Сити Ilkay Gyundogan 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.