Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Barchasi YEVRO-2020 haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘tgan hafta Yevropada navbatdagi qit’a birinchiligi saralash bosqichiga start berildi. Aytish joiz, «ko‘hna qit’a»ning bo‘lajak chempionati o‘yinlariga 1 yoki 2ta emas, balki 12ta (!) mamlakat mezbonlik qiladi.

Bunaqasi butun futbol tarixida hali kuzatilmagan. Aslida Yevro-2016 ham tarix sahifalaridan alohida o‘rin oldi - turnirning final raundida ilk marta qit’aning 24ta jamoasi ishtirok etdi.

Endi esa Yevropa chempionati butun qit’a bo‘ylab quloch yozadi. Aniqroq aytsak, musobaqaning final bosqichi uchun naq 12ta mamlakatdagi 12ta shahar tanlangan. Darvoqe, bu g‘oya UYEFAning sobiq prezidenti Mishel Platiniga tegishli.

Hozirda diskvalifikasiya muddatini o‘tayotgan fransiyalik funksioner bu haqda ilk marta Yevro-2012ning hal qiluvchi o‘yini - Kiyev finali arafasida so‘z ochgandi. Xullas, Platini ilgari surgan variant keyinchalik ko‘pchilikka ma’qul keldi va g‘oya miyadan amalga ko‘chdi... 

Mezbonlik masalasi

O‘sha, 2012 yilgi qit’a chempionatini Polsha bilan birga tashkillashtirgan Ukraina bo‘lajak turnir o‘yinlarini ham qabul qilishga da’vogar edi. Ya’ni ukrainaliklar mamlakatdagi 2ta stadion - «Olimpiyskiy» (Kiyev) va «Donbass Arena» (Donesk) nomidan ariza berishdi. Umuman olganda, UYEFA 2014 yilning 25 apreliga qadar 19ta da’vogar mamlakat, aniqrog‘i, shahar arizasini tasdiqdan o‘tkazdi. Xullas, ovoz berish jarayoniga  shu 19ta shahar nomzodi qo‘yildi. 2014 yilning sentyabrida esa Yevro-2020 final bosqichi o‘yinlarini qabul qiluvchi stadionlar aniqlandi. Ovoz berish jarayoni boshlanishiga qadar Minsk, Sofiya, Skopye va Quddus nomzodi ro‘yxatdan olib tashlangan edi. Avvaliga yarim final va final raundlari uchun stadion tanlandi. Hal qiluvchi bahslarga atigi 2ta da’vogar bor edi - London va Myunxen. Biroq nemislar ovoz berish boshlanishi arafasida Myunxen nomzodini qaytarib olishdi. Natijada London kurashsiz g‘olib bo‘ldi. Ovoz berishning ikkinchi bosqichida guruh bosqichi va chorak finalning 3tadan o‘yiniga bag‘rini ochadigan shaharlar saralandi. Ya’ni 7ta da’vogar orasidan Myunxen, Boku, Sankt-Peterburg va Rim nomzodi ma’qullandi, Bryussel, Kardiff hamda Budapesht arizasi chetga surildi. Uchinchi bosqichda boshqa hududlardagi stadionlar tanlandi. Xususan, Kopengagen va Stokgolm o‘rtasidagi kurashda Daniya poytaxti ustun keldi, Buxarest esa Budapeshtdan ko‘proq ovoz oldi. Yakunda Amsterdam, Dublin, Bilbao, Budapesht, Bryussel va Glazgo shaharlari ham Yevro-2020 mezbonlari sifatida e’lon qilindi. O‘shanda Glazgo (22 ball)dan atigi 1ta kam ovoz olgan Kardiff alamli tarzda qolib ketgan bo‘lsa, Stokgolm 18 ball bilan kifoyalangan edi. Avvaliga 13ta shahar Yevropa chempionati o‘yinlarini qabul qilish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsada, keyinchalik mezbonlar ro‘yxatida majburiy qisqarish yuzaga keldi. Gap shundaki, Bryusselda stadion qurilishi cho‘zilib ketdi va 2017 yili UYEFA Ijroiy qo‘mitasi shaharni mezbonlik huquqidan mahrum qilib, guruh bosqichining 3ta, shuningdek, 1|8 final doirasidagi 1ta o‘yinni ham «Uembli»ga topshirdi. Demak, Angliya poytaxtidagi muhtasham arena endi bo‘lajak qit’a chempionatining naq 7ta o‘yiniga o‘z eshiklarini ochadi.

o‘yinlar taQsimoti

12ta stadion 6ta juftlikka bo‘lingan. Bu taqsimot jamoalar «kuchi» (termalari reytingi baland 2ta mamlakat bitta juftlikka qo‘yilmagan), geografiyasiga, shuningdek, xavfsizlik masalasiga asoslangan. Shu tariqa har bir guruhga 2tadan shahar «biriktirilgan».

Yevro-2020 guruh bosqichi mezbonlari

«A» guruhi: Rim (Italiya) va Boku (Ozarbayjon)

«B» guruhi: Sankt-Peterburg (Rossiya) va Kopengagen (Daniya)

«C» guruhi: Amsterdam (Gollandiya) va Buxarest (Ruminiya)

«D» guruhi: London (Angliya) va Glazgo (Shotlandiya)

«E» guruhi: Bilbao (Ispaniya) va Dublin (Irlandiya)

«F» guruhi: Myunxen (Germaniya) va Budapesht (Vengriya)

Shu o‘rinda e’tiborga olish kerak, agar Ispaniya va Irlandiya terma jamoalari Yevro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, ular 1ta guruhga tushadi. Zero, shartga muvofiq, 12ta mezbon mamlakat jamoasi Yevro-2020 final raundida kamida 2ta o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazishi kerak (yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, albatta).

 

Qur’a masalasi

Yevro-2020 final raundiga shu yil noyabr oyi oxirida qur’a tashlanadi. Vaholanki, o‘sha vaqtga borib, atigi 20ta ishtirokchi jamoa aniq bo‘ladi. Qolgan 4ta yo‘llanma taqdiriga keyingi yil bahoriga belgilangan «pley-off» o‘yinlari oydinlik kiritadi. Shundan kelib chiqib, qur’a jarayonining ba’zi qoidalari hozirdan ko‘rsatib qo‘yilgan:

uw  Jamoalar Yevro-2020 saralash bosqichi natijalari asosida tuzilgan reytingga qarab, savatchalarga bo‘linadi;

uw  12ta mezbon mamlakat jamoasi (yo‘llanma yutgan taqdirda, albatta)ning «o‘z» shahriga biriktirilgan guruhga tushishi ta’minlanadi;

uw  Agar bitta guruhga mezbonlik qiluvchi 2ta mamlakat jamoasi ham chempionatga chiqsa (misol uchun, Ispaniya va Irlandiya termalari), ularning o‘zaro o‘yini qaysi biri maydonida bo‘lishi qur’a tashlash vositasida aniqlanadi.

 

Muhim sanalar

Yevro-2020 ochilish marosimi va birinchi o‘yin uchun Rimdagi «Stadio Olimpiko» arenasi tanlangan. Ilk uchrashuv sanasi ham ma’lum - 2020 yil 12 iyun. 12 kundan keyin - 24 iyun sanasida guruh bosqichi yakuniga yetadi. 27 iyun kuni London va Amsterdamda 1|8 final raundidan o‘rin olgan dastlabki 2ta bahs o‘tkaziladi. Umuman, bu bosqichning barcha o‘yinlari 4 kunga taqsimlangan (2tadan). 3 va 4 iyul - chorak final sanalari. 7 va 8 iyulda esa «Uembli» yarim final o‘yinlarini qabul qiladi. Yevropaning yangi chempioni ham aynan London faxri hisoblangan stadionda aniqlanadi - 12 iyul kuni.

 

Yevro-2020 final raundi uchun

tanlangan barcha stadionlar

 

«Uembli» (London, Angliya)

Sig‘imi - 90 000

O‘yinlar soni - 7ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|8 final - 1ta, 1|2 final - 2ta, final)

«Alyans Arena» (Myunxen, Germaniya)

Sig‘imi - 75 000

O‘yinlar soni - 4ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|4 final - 1ta)

«Stadio Olimpiko» (Rim, Italiya)

Sig‘imi - 72 698

O‘yinlar soni - 4ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|4 final - 1ta)

«Olimpiyskiy» (Boku, Ozarbayjon)

Sig‘imi - 68 700

O‘yinlar soni - 4ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|4 final - 1ta)

«Krestovskiy» (Sankt-Peterburg, Rossiya)

Sig‘imi - 68 134

O‘yinlar soni - 4ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|4 final - 1ta)

«Yoxan Kroyff Arena» (Amsterdam, Gollandiya)

Sig‘imi - 54 990

O‘yinlar soni - 4ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|8 final - 1ta)

«San Mames» (Bilbao, Ispaniya)

Sig‘imi - 53 332

O‘yinlar soni - 4ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|8 final - 1ta)

«Pushkash Arena» (Budapesht, Vengriya)

Sig‘imi - 67 889

O‘yinlar soni - 4ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|8 final - 1ta)

«Xempden Park» (Glazgo, Shotlandiya)

Sig‘imi - 52 063

O‘yinlar soni - 4ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|8 final - 1ta)

«Arena Nasionala» (Buxarest, Ruminiya)

Sig‘imi - 55 600

O‘yinlar soni - 4ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|8 final - 1ta)

«Aviva Stedium» (Dublin, Irlandiya)

Sig‘imi - 51 700

O‘yinlar soni - 4ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|8 final - 1ta)

«Parken Stedium» (Kopengagen, Daniya)

Sig‘imi - 38 065

O‘yinlar soni - 4ta (guruh bosqichi - 3ta, 1|8 final - 1ta)

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 11:41, 28.03.2019. O'qildi: 3569 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.