Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 24.06.2025 06:00
      • Portu
      • 4:4
      • Al-Ahli (Misr)
      • 24.06.2025 06:00
      • Inter Mayami
      • 2:2
      • Palmeyras
      • 24.06.2025 23:59
      • Oklend Siti
      • 1:1
      • Boka Xuniors
      • 24.06.2025 23:59
      • Benfika
      • 1:0
      • Bavariya
      • 25.06.2025 06:00
      • Esperans
      • 0:3
      • Chelsi
      • 25.06.2025 06:00
      • Los-Anjeles
      • 1:1
      • Flamengo
  • O‘zbekiston kubogi
      • 24.06.2025 19:30
      • Neftchi
      • 0:1
      • Mash’al
      • 24.06.2025 19:30
      • So‘g‘diyona
      • 4:1
      • Qizilqum
      • 25.06.2025 19:30
      • Buxoro
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Palmeyras 3 5
2 Inter Mayami 3 5
3 Al-Ahli (Misr) 3 2
4 Portu 3 2

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 PSJ 3 6
2 Botafago 3 6
3 Atletiko 3 6
4 Sietl Saunders 3 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Benfika 3 7
2 Bavariya 3 6
3 Boka Xuniors 3 2
4 Oklend Siti 3 1

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Flamengo 3 7
2 Chelsi 3 6
3 Esperans 3 3
4 Los-Anjeles 3 1

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 River Pleyt 2 4
2 Inter 2 4
3 Monterrey 2 2
4 Urava Reds 2 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Borussiya D 2 4
2 Fluminense 2 4
3 Mamelodi Sandauns 2 3
4 Ulsan Xyonde 2 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yuventus 2 6
2 Manchester Siti 2 6
3 Vidad 2 0
4 Al-Ayn 2 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Real Madrid 2 4
2 Zalsburg 2 4
3 Al-Hilol 2 2
4 Pachuka 2 0

O'tgan o'yinlar.

3-тур Atletiko 1-0 Botafago
3-тур Sietl Saunders 0-2 PSJ
3-тур Portu 4-4 Al-Ahli (Misr)
3-тур Inter Mayami 2-2 Palmeyras
3-тур Oklend Siti 1-1 Boka Xuniors
3-тур Benfika 1-0 Bavariya
3-тур Esperans 0-3 Chelsi
3-тур Los-Anjeles 1-1 Flamengo

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Transfermarketda kimlarning narxi keskin ko‘tarildiyu, kimlarniki tushib ketdi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbolchilarning taxminiy qiymatini belgilab beruvchi transfermarket o‘tgan yilning yanvar oyida belgilagan narxlarini yangiladi. Bugun bir mavsum davomida narxi ko‘tarilgan futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz.

Pentek

Bundan 2 yil muqqadam transfermarketdagi  narxi 900 ming yevroni tashkil etgan futbolchi bir yilda o‘z transfer summasini naqd 15 millionga ko‘tarib oldi. «Milan»dagi ajoyib startdan so‘ng Pentekning yangilangan ro‘yhat bo‘yicha qiymati hozirda 40 millionga teng. 23 yoshlik futbolchi Italiya «A seriya»sining deyarli har uchrashuvida gol urishning uddasidan chiqmoqda. Yangi jamoasida esa tezda o‘zini ko‘rsata oldi va klubga moslashib ketdi. Ko‘plab mutaxassislarning fikricha Pentekning transfer summasi kelajakda yana ko‘tariladi. Futbolchi ajoyib formaga kirdi va uni to‘xtatib bo‘lmayapti. Katta ehtimol bilan «Milan» uning kariyerasidagi so‘nggi klub emas. Futbolchining o‘yinlarini grand klublar zimdan kuzatishmoqda. Bir, yo ikki mavsumdan so‘ng Pentekni yanada kuchliroq klubda ko‘rishimiz hech gap emas.

Eder Militao

«Porto» futbolchisi o‘tgan mavsumda 30 million atrofida baholangan bo‘lsa, uning yangilangan transfer qiymati 50 millionni tashkil etmoqda. «Real Madrid» aynan yangi narxda futbolchini sotib oldi. «Qaymoqranglilar» uni yangi Pepe bo‘lishidan umidvor. Futbolchining narxi ko‘tarilishiga asosiy sabab futbolchining YCHL doirasidagi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsa olgani desak, adashmagan bo‘lamiz. Himoyachilarga bo‘lgan talabning ko‘tarilgani o‘z-o‘zidan narxga ham ta’sir ko‘rsatmmoqda.

Zaniolo

Totti ketgach, rimlik muxlislarning qalbidagi bo‘shliqni astalik bilan to‘ldirayotgan Zanioloning narxi ko‘tarilishi tabiiy. Futbolchi yosh bo‘lishiga qaramasdan, maydonni yaxshi ko‘ra oladi va ajoyib tezlikka ega. Uning transfer qiymati o‘tgan mavsumda taxminan 10 million atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozirda uning qiymati 40 milliondan oshib ketdi. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoalar bundanda ko‘proq to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Futbolchi hozirda nafaqat «Roma» safida, balki butun Italiyada eng iqtidorli futbolchilardan biri deb tan olinmoqda. Zanioloning kelajakdagi ishlariga omad tilab qolamiz

Usmon Dembele

«Barselona» uni «Borussiya»dan 120 millionga harid qilgan edi. Futbolchi o‘sha mavsumning yarmini noo‘rin  olgan jarohati tufayli o‘tkazib yuborgani yetmagandek, mashg‘ulotlarga jiddiy yondoshmay,  o‘z kelajagini hafv  ostida qoldirdi. Bu esa uning transfer qiymatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Usmonning narxi 80 millionga tushib ketdi…
Shunga qaramasdan, fransiyalik futbolchi o‘zini qo‘lga olishning uddasidan chiqdi va birin-ketin ajoyib o‘yinlar ko‘rsata boshladi. Bu esa, o‘z navbatida uning transfer summasiga ham o‘z ta’sirni ko‘rsatmay qolmadi. Futbolchi endilikda transfermarket qiymati bo‘yicha 120 millionga baholanmoqda. Usmon o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolmasa uning potensiyali bundan ancha ko‘prog‘iga qodir. Valverdening ishonchiga kirib borayotgan futbolchi asosiy tarkibdagi joyini hech kimga bermasa tez orada bundanda qimmatroqqa baholansa, hech kim ajablanmaydi.

Marsello

Zidan qo‘l ostidagi fantastik mavsumlardan so‘ng Marselloning qiymati 75 milliongacha ko‘tarilgan edi. Bu masumdagi ishonchsiz o‘yinlar va asosiy tarkib uchun kurashda Regilonga yutqazib qo‘ygani uning narxiga keskin ta’sir o‘tkazdi. Braziliyalik futbolchining hozirgi qiymati transfermarket hisob-kitoblari bo‘yicha 35 millioni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich keyingi mavsumda o‘zgarishi ham hech gap emas. Sababi, Zizu o‘z postiga qaytgach yana Marsello asosiy tarkibda va o‘z formasini tiklashda davom etmoqda. Voqealar rivoji kuzatishda davom etamiz

Ivan Rakitich

O‘tgan mavsumda 80 million atrofida baholangan futbolchi yangi ro‘yxatda 60 million deya ko‘rsatildi. Buning asosiy sababi xorvatiyalik futbolchining yoshi o‘tib qolgani bilan bog‘liq. Shunga qaramasdan, «Barsa» o‘z futbolchisini sotmoqchi emas. Klub uning o‘yinidan qoniqish xosil qilmoqda va yangi shartnoma borasida taklig bilan chiqishi ham hech gap emas. Rakitichning o‘zi ham klubda baxtiyor. Shunday ekan futbolchi hali-beri boshqa klubga o‘tish haqida bosh qotirmasligi aniq.

Adriyen Rabio

«PSJ» va futbolchi o‘rtasidagi nizo katta janjalga aylanib ketdi. Futbolchining o‘zi «Barselona»ga o‘tishni juda xohlagani uchun «PSJ» bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortdi. Uzoq davom etgan muzokaralar naf bermagach, parijliklar uni asosiy tarkibdan chetlatishdi. Rabio o‘tgan yili 80 millionga baholangan bo‘lsa, uning yangi narxida sezilarli pasayish kuzatildi. Transfermarket Rabioning qiymatini 35 million deya e’lon qildi. Endilikda buning deyarli ahamiyati yo‘q. Sababi, futbolchi yozda erkin agentga aylanadi. «Barselona»ga o‘tishi taxmin qilinayotgan Rabioning taqdiri boshqa klub bilan bog‘lanishi ham hech gap emas. Katoloniyaliklar «Ayaks»dan Frenki De Yongni harid qilishdi va keying mavsumda unga imkoniyat beriladi. Rabioning taqdiri haligacha to‘liq hal qilinmadi. Nimayam derdik, kuzatishda davom etamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:12, 28.03.2019. O'qildi: 12482 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ювентус Kenan Yildiz 3
2 Ал-Аҳли (Миср) Vessam Abu Ali 3
3 Бавария Jamal Musiala 3
4 Бенфика Anxel Di Mariya 3
5 Ювентус Randal Kolo-Muani 2
6 Ювентус Fransisko Konseysao 2
7 Бенфика Leandro Barreyru 2
8 Атлетико Pablo Barrios 2
9 Ботафого Igor Jezus 2
10 Манчестер Сити Ilkay Gyundogan 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.