Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘smirlarimiz ITF jamoaviy chempionatida kortga chiqishadi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha, 28 mart kuni tennis bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yana bir yirik musobaqada ishtirok etish uchun Malayziyaga jo‘nab ketdi. Kuala-Lumpur shahrida ushbu sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi ITF jamoaviy chempionatida mamlakatimizdan 6 nafar yosh raketka ustasi qatnashishi kutilmoqda.

Mazkur chempionatda yurtimiz sharafini o‘g‘il bolalardan Amir Milushev, Boburmirzo Yoqubjonov, Qodirjon Odilov, qizlardan Maftunabonu Qahramonova, Shahnoza Marimova hamda Munisa Ashurbekovalar himoya qilishadi. O‘zbekiston tennis federasiyasi tomonidan musobaqa tashkiliy qo‘mitasiga yuborilgan buyurtmada zaxiradagi sportchi Ismoil Turdiyevning nomi ham qayd etilgan.

E’tiborli tomoni Malayziyaga jo‘nab ketgan tarkibimiz asosini 14 yoshli tennischilar tashkil etgan, birgina Shahnoza Marimova 13 yoshda. Shuningdek, 6 sportchimizning 5 nafari Tennis bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari sport maktabi tarbiyalanuvchilari ekanligini ham ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tish mumkin. Yagona tennischimiz, Qodirjon Odilov Farg‘ona viloyati sport o‘yinlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida mashg‘ulot olib boradi.

Turnir davomida vakillarimizga Farrux Obidov va Muhammadrizo Saidxo‘jayev murabbiylik qilishadi.

Natijalar haqida xabar berib boramiz.

Kiritildi: 10:37, 29.03.2019. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик