Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kuchli beshlikdan joy olgan sobiq «Arsenal»chilar!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Arsen Vengerning “Arsenal” jamoasidagi faoliyati davomida klub ko‘plab yulduzlarni yetishtira oldi, ammo ularning barchasi ham “kanonirlar” tarkibida qolgani yo‘q. 

Londonliklar o‘zining yosh iqtidorlarini ajoyib usulda tarbiyalashlari bilan dong taratgan. Shu sababli ham ko‘plab klublar uning nomini hurmat bilan tilga oladi. 

Bugun Worldnews.uz axborot agentligi Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya chempionatlarida faoliyat olib borayotgan sobiq “to‘pchilar” haqida fikr yuritadi

Jek Uilshir 

Tan olish kerakki, u haqida allaqachon unutib yuborgansiz, to‘g‘rimi? Ayni paytda Uilshir Endi Keroll bilan birgalikda “Vest Xem” shifoxonasiga kelib turadi. Uning faoliyati ajoyib tarzda davom etib kelayotgandi. Ammo kutilmagan paytda eski jarohat o‘zining hamon mavjud ekanligini eslatib qo‘ydi. 

Asos tarkibida 4 marta chiqish qilgan va dekabrda 5 daqiqa davomida qaytish o‘yinini ko‘rsatgan Uilshir yana davolanish uchun yuborildi. Shundan keyin uning o‘yinlarda faol ishtirok etgani kuzatilmadi. 

Ayzak Xeyden 

Agar barchasi uning qo‘lida bo‘lganida Ayzak Xeyden “Nyukasl” uchun chiqish qilmagan bo‘lardi. Sababi u o‘tgan yilning yoz faslida klubdan u o‘zi sotib yuborishlari, shu orqali janubiy Uelsdagi onasi va qiziga yaqinroq joyda yashash istagi haqida aytgandi. Ammo transfer amalga oshmadi, mavsumning birinchi qismidan keyin esa uning faoliyati butunlay o‘zgarib ketdi. 

Futbolchi bugungi kunda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatib kelyapti. Yanvar oyida "Nyukasl" "Manchester Siti"ning popugini pasaytirib qo‘ydi. Pep Gvardiola o‘z futbolchilarini raqiblarning yarim himoyachilariga qarshi munosib ushlab tura olmadi. Bu o‘rinda Xeyden va uning jamoadoshi Shon Longstaffni olqishlasangiz arziydi. 

Voysex Shesni 

"Arsenal" muxlislari polshalik darvozabon bilan xayrlashgan paytlari bundan faqat xursand bo‘lgan edilar. Ammo bugungi kunga kelib ushbu qarorlarining yanglish bo‘lganini yaqqol ko‘rib turibdilar. 

Shesni o‘zining ikkinchi skudettosi uchun tayyorgarlik ko‘ryapti, Chempionlar Ligasida ham ularning imkoniyatlari juda katta edi. Yaqindagina 28 yoshli darvozabon o‘zining sobiq jamoadoshlari haqida iliq fikrlar bildirgancha intervyu ham bergan edi. 

Frensis Koklen 

"Arsenal" muxlislari  hamisha ko‘pchilikning yodida qolgan "Manchester Siti" qarshi bo‘lgan o‘yinni yaxshi eslashadi. O‘sha mashhur o‘yin paytida Koklen yana birozgina harakat qilsa Jilbert Silvaning o‘rnini bosishi mumkindek ko‘ringan edi.

Braziliyalik o‘yinchi esa bu haqida birozgina o‘zgacha fikrda: "Meni Koklen bilan taqqoslay    boshlaganlarini yaxshi eslayman, ammo uning o‘yinini tomosha qilgach, jarayonda allaqanday narsa yetishmayotgandek tuyuldi menga. 

U o‘z jamoasi uchun borini qurbon qilishga tayyor bo‘lgan darajaga qadar yetib bora olmadi". "Buning uchun uni ayblab bo‘lmaydi. Mazkur pozisiyaga esa boshqa birov kerak. Muhimi, oddiygina qilib o‘yin ko‘rsatsin. Men ham Anri, Ronaldo va boshqalarning qo‘lidan kelgan narsani qila olmasdim". 

2018 yilning yanvar oyida Koklen "Arsenal" tarkibidan chiqib, "Valensiya" vakiliga aylandi. Afsuski, tez orada uni og‘ir jarohat sababli kasalxonaga jo‘natib yubordilar. 

Serj Gnabri 

Bu "Vest Bromvich" darajasi uchun munosib bo‘lmasa ham, "Bavariya" uchun ayni kerakli futbolchi. Ignasi Mikel ayni paytda 26 yoshda – siz buni tasavvur qila olasizmi? 

Yana bir qiziqarli ma’lumot: Himoyachi bundan 6 yil avval "Arsenal" tarkibidan ajralib chiqqan. O‘tgan mavsum davomida ispaniyalik o‘yinchi "Malaga" bilan birga divizionga chiqdi, ammo "Xetafe" imzosidan keyin Primerga qaytishni uddaladi. Shunga qaramasdan, ayni mavsumda uning o‘yin ko‘rsatishi uchun 92 daqiqa vaqti bor xolos. 

Stefi Mavididi 

"Hamisha kumirlarim bilan birga o‘yin ko‘rsatishni orzu qilganman. Men ular bilan mashg‘ulot o‘tkaza olganimdan behad baxtiyorman" degan edi Mavididi yanvar oyida. 

"Bu yerda barcha gap Ronalduning mentalileti, o‘yinga bo‘lgan yondoshuvi, professionalizm va o‘z tanasiga bo‘lgan munosabatida deb bilaman. Unga har tomonlama o‘xshash uchun harakat qilaman".

Stefi Mavididi Derbida dunyoga kelgan va ingliz yoshlari tarkibida o‘yinlar ko‘rsatgan. "Arsenal" tarkibida biror marta bo‘lsa ham ko‘rinish bermasa-da, "Charlton" va "Preston" bilan o‘ynadi. 

Unga boshqa o‘yinchilar ishona olmadilar, ammo "Yuventus"ning bu boradagi fikri boshqacharoq edi. Stefi ilk mavsumni yoshlarning "Yuve" jamoasi tarkibida o‘tkazdi. Aksariyat muxlislar esa uning  katta futboldagi debyuti ham tez orada sodir bo‘lishiga qattiq ishonmoqdalar. 

Ruy Fonte 

Ruy Fonte Jofe Fontening kichik ukasi bo‘lib, "Vest Xem" hamda " Sautgempton" tarkibida o‘ynagan, "Arsenal" bilan esa faqatgina bitta match o‘tkazgan. Ammo "Fulxem"ga APLga chiqib olish uchun yordam berdi. Ayni mavsumda futbolchi "Lill" tarkibida akasi bilan birga o‘yin ko‘rsatmoqda. Hozircha kichik Fonte asosiy tarkibda faqat 5 martagina maydonga tushdi. 

Ris Nelson 

"Arsenal" muxlislrai ayni paytda "Xoffenxaym"da o‘ynayotgan Nelsonni juda yaxshi ko‘rar edilar. Noyabrga kelib uning hisobidagi gollar soni 6 taga yetgandi. 

Ammo, bir necha bor yorqin chiqishlardan so‘ng Nelson o‘z ustida ishlashni biroz susaytirdi, oqibatda zahira o‘yindig‘idan joy oldi. 

Emil Smit-Rou 

Bu Germaniya tarkibida o‘yin ko‘rsatuvchi yana bir ingliz futbolchisi. Emil Smit-Rou yanvar oyida "Leypsig" jamoasiga o‘tdi, ammo jarohati sabab o‘zini yetarlicha ko‘rsatib bera olmadi.

"Emil Smit-Rouni yarim yilga ijaraga olish kerak. Bundesliga – uning uchun ajoyib tajriba bo‘ladi. Bu yerda harakatlanish tempi APLga nisbatan biroz pastroq" deydi yoshlar murabbiysi Per Mertezaker. 

Yoshlar jamoasidan Germaniyada, keyin APLga o‘tish uning uchun ajoyib jarayon bo‘ladi". "Ayrim paytlarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar jamoasi orasidan biror odamni tanlash qiyin – o‘yinchilar asosiy tarkib bilan mashq qilishadi, ammo ularda yetarlicha raqobat bo‘lmaydi".

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 00:18, 20.04.2019. O'qildi: 5869 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.