Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 23 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xurshid G‘iyosov: «Murabbiy tartibli futbol ko‘rsatishimizni talab qilmoqda»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Toshkentning «Bunyodkor» klubi uchun joriy mavsum starti og‘ir keldi. Superliga dastlabki turida jamoa Jizzaxdan alamli mag‘lubiyat bilan qaytgan bo‘lsa, ikkinchi turdan o‘rin olgan poytaxt derbisida yaxshi o‘yin namoyish etgani holda, ochkosiz qoldi.

Albatta, «qaldirg‘ochlar» ustozi Vadim Abramov jamoani qaytadan shakllantirayotganini ham unutmaslik kerak. Muhimi, «Bunyodkor» keyingi o‘yinlarda ketma-ket g‘alabalarni rasmiylashtirdi.

Dastlab Farg‘onada «Navbahor» taslim etilgan bo‘lsa, so‘ngra «Andijon» mag‘lubiyatga uchratildi. Yaqinda Toshkent jamoasi yetakchilaridan biri Xurshid G‘iyosovdan intervyu olib, unga o‘zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdik. 

- Xurshid, «Navbahor» bilan o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alabani sensasiyaga qiyoslasak bo‘ladimi?

- Yo‘q, zero «Bunyodkor» o‘ziga yarasha obro‘ga ega klub. Ko‘rdingiz, birinchi bo‘limda o‘zimiz xohlagan o‘yinni ko‘rsata oldik. Ya’ni, raqibni uslubimizga moslashtirdik. Bunday paytda ko‘proq to‘p bilan muomala qilgan jamoaga osonroq bo‘ladi. Murabbiyimiz ham o‘yindan oldin tartibli futbol ko‘rsatishimizni talab qildi. O‘ylashimcha, muxlislar zerikib qolishmadi. Qo‘lga kiritilayotgan g‘alabalar yosh futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishiga xizmat qilsa, ajabmas.

- G‘alabalar nimaning evaziga qo‘lga kiritilmoqda? Jamoaning aksariyat qismi yoshlardan iborat ekanligini inobatga olsak, kuchli raqiblarni yengish oson bo‘lmaydi.

- Darhaqiqat, jamoamiz asosi yoshlar evaziga qurilgan. Muhimi, ularda ishtiyoq juda yuqori, ayni kuch-quvvatga to‘lgan mahal. Qolaversa, ko‘p narsa murabbiyga ham bog‘liq. Vadim Karlenovich kuchli va tajribali mutaxassislar sirasidan. Aynan murabbiy qo‘llagan taktika va ko‘rsatmalarga tayanmoqdamiz. Har bir o‘yinda Abramov tuzgan rejani maydonda ko‘rsatishga harakat qilsak, kerakli natijaga erisha olamiz.

- Siz bilan birga olimpiya terma jamoasida o‘ynagan sheriklaringizning aksariyati xorij jamoalariga yo‘l olishdi. O‘zingizning bu boradagi rejalaringiz qanday?

- Ayrim xorij klublaridan takliflar bo‘ldi. Lekin bu haqda biror-bir fikr bildirolmayman, barchasi aniq bo‘lgandan so‘ng nimadir deyish mumkin. «Bunyodkor» bilan yana bir yillik shartnomam bor, shu bois hozir bor e’tiborim o‘z jamoam o‘yinlariga qaratilgan.

- Superliga joriy yildan e’tiboran yana ikki davrali tizmda o‘tkazilmoqda. Mazkur omil «Bunyodkor»ga qandaydir yengillik taqdim etadimi?

- Menimcha, buning farqi yo‘q bo‘lsa kerak. Chunki har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Bizning vazifamiz - bor kuch bilan o‘ynab, muxlislarni quvontirish. Mavsum davomida nechta o‘yin o‘tkazilishi unchalik ahamiyatli emas.

- Nima deb o‘ylaysiz, «Bunyodkor» mavsum davomida chempionat yetakchilari - «Paxtakor» va «Lokomotiv»ga munosib qarshilik ko‘rsata oladimi? Chunki tarkib bir muncha kuchsiz bo‘lsada, Toshkent derbisida jamoangiz ko‘rsatgan o‘yin ijtimoiy tarmoqlarda yuqori baholandi.

- Albatta! «Bunyodkor» nomining o‘zi mashhur. Klub logotipi tushirilgan libosda maydonga tushgan har bir futbolchi o‘zini ayamasligi lozim. Kim bilan o‘ynashimizdan qat’iy nazar, ijobiy natija ilinjida harakat qilamiz. Bizga hech kim chetdan kelib yordam bermaydi. Bari o‘zimizning qo‘limizda.

- 2015 yili Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tgan kichik jahon chempionatidan qanday taassurotlar qolgan?

- Ushbu mundialga 2014 yili Myanmada o‘tkazilgan Osiyo chempionati orqali yo‘llanma olganmiz. Jahon chempionatida, bilasiz, kuchli guruhdan o‘rin olganmiz. Gonduras, Germaniya, Fiji bizga raqiblik qilgandi. Gonduras bilan yaxshi o‘ynab, 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchraganmiz. Germaniyaga esa 0:3ga yutqazgandik. Shundan so‘ng guruhdan chiqishimizga ishonch qolmagandi. Biroq Fijini yutib, mo‘’jiza tufayli 3 ochko va ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldik. Yevropa vakili Avstriya bilan o‘yinda yaqqol ustunlikka erishib, 2:0 ko‘rinishida zafar quchdik. Yigitlarda o‘zlariga bo‘lgan ishonchi yuqori edi. Hatto juda kuchli Senegal to‘sig‘idan o‘tishimiz ham mumkin edi, ammo... O‘ylashimcha, kichik mundial barchamiz uchun katta maktab vazifasini o‘tadi. Osiyo jamoalari orasida faqat biz muvaffaqiyatli ishtirok etib, OFK e’tirofini qozondik.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:17, 28.04.2019. O'qildi: 2178 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.