Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 23 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Osasuna 24 30
10 Xetafe 24 29
11 Atletik Bilbao 23 28
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Sharpa» jamoa yoki mavsum qahramoni – “Ayaks” futbolchilari haqida...

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bu jamoa o‘yinidan zavqlaning, toki, futbolchilari tarqalib ketmagunlaricha. Ha, Gollandiya futboli faxri sanalgan «Ayaks» joriy mavsum barchaga shonli o‘tmishini bir eslatib qo‘yish harakatida.

Amsterdamliklar CHL «pley-off» raundlarida «Real» va «Yuventus», qolaversa, Krishtianu Ronalduni birin-ketin chiroyli tarzda kurashdan chetga chiqarishgach, jamoa tarkibidagi yosh iqtidorlarga nisbatan qiziqish yanada ortgani tayin. Aytish joiz, «Ayaks» shunqorlari Eredivizionda allaqachon 100ta gol marrasidan o‘tishdi, qolaversa, yevromaydonda ham mahsuldorlikni o‘rniga qo‘yishmoqda. Ayniqsa, Madrid va Turinda urilgan 6ta gol Erik ten Xag shogirdlari obro‘siyu, transfer bahosini ko‘tarib yuborsa, ajabmas. Soccer.ru sayti ijodkorlari hozirdan yakdil xulosa chiqarib bo‘lishdi: «Ayaks» bag‘rida porlayotgan yigitlar klubga hali gollaridan ko‘ra, ancha ko‘p millionlar keltirishadi». Bemalol taxmin qilish mumkin, CHL-2018|2019 bosh kashfiyoti hozirgi tarkibi bilan oxirgi oylarni boshdan kechirmoqda. Yaqqol sezilib turibdi, mavsum kashfiyotlari «Ayaks» bilan xayrlashish oldidan Gollandiyada chempionlikni tantana qilish barobarida CHL bosh sovrinini qo‘lga kiritmoqchilar. Ayni payt jamoa safidagi deyarli barcha futbolchilar grandlar skautlarining o‘tkir nigohlari ostida to‘p surishmoqda, Frenki de Yong esa «Barselona» bilan shartnoma tuzishga ulgurdi. Kataloniyaliklar jamoa safiga yozda qo‘shiladigan iqtidor transferi uchun gollandlarga 75 mln. yevro to‘lashadi. Takror bo‘lsada, aytamiz, u «Ayaks» bilan xayrlashadigan yagona o‘yinchi emas... 

Matteys de LIGT

(markaziy himoyachi) - 19 yosh

Masala bahosi: 70 mln. yevro

Da’vogar klublar: «Barselona», «MYU», «Liverpul», «Yuventus», «PSJ»

Ha, «Yuventus» orzusini shunchaki, «ko‘mgan» yigitcha uchun yozda haqiqiy auksion bo‘ladi, chog‘i.

Hakim ZIYEH

(vinger) - 26 yosh

Masala bahosi: 50 mln. yevro

Da’vogar klublar: «Bavariya», «Inter», «Roma», «Atletiko», «Sevilya»

Ekspertlarning baholashlaricha, marokashlik futbolchining eng yorqin mavsumlari hali oldinda. Demakki, yozgacha xaridorlar safi yanada kengayishi va summa ham ancha oshishi mumkin.

Nikolas TALYAFIKO

(chap qanot himoyachisi) - 26 yosh

Masala bahosi: 25 mln. yevro

Da’vogar klublar: «Tottenxem», «Arsenal», «Real», «Atletiko»

Aslida Talyafiko va «Ayaks» o‘rtasidagi shartnoma 2022 yilgacha mo‘ljallangan, ammo argentinalik futbolchi yozda klubini o‘zgartirmoqchi. Aytishlaricha, u hamyurti Diyego Simeone jamoasi safiga qo‘shilmoqchi.

David NERES

(vinger) - 22 yosh

Masala bahosi: 50 mln. yevro

Da’vogar klublar: «Milan», «Borussiya» D.

Braziliyalik tezkor va mitti vinger hamyurti, «Milan» sport direktori Leonardoga «rossonerlar» libosini kiyishi xususida va’da bergan emish. Ammo oxirgi voqealardan keyin Neres xizmatiga qiziqish darajasi oshdi va u endi barqarorroq jamoada o‘ynashni istab qolar, balki...

Andre ONANA

(darvozabon) - 23 yosh

Masala bahosi: 30 mln. yevro

Da’vogar klublar: «Barselona», «Inter», «Roma»

«Barselona» xaridormi? Nahotki? Axir Kataloniya klubida Mark-Andre ter Shtegendek kiper bor-ku. Gap shundaki, 23 yoshli kamerunlik aynan «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jonajon klubi zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishga ham tayyor, to‘g‘ri, faqat vaqtincha...

Donni van de BEEK

(markaziy yarim himoyachi) - 21 yosh

Masala bahosi: 40 mln. yevro

Da’vogar klublar: «Roma», «PSJ», «MYU»

Skautlar ko‘zlari «o‘ynab» ketyapti! Donni atigi 21 yoshda bo‘lsada, raqib o‘yinini buzishda ham, yaratuvchanlikda ham benazir harakatlanmoqda. Taxminlarga ko‘ra, uning o‘zi Tomas Tuxel jamoasi safida to‘p surishga qarshi emas ekan.

Kasper DOLBERG

(hujumchi) - 21 yosh

Masala bahosi: 30 mln. yevro

Da’vogar klublar: «A» seriya va APL vakillari

Katta ehtimolki, daniyalik mallasoch Gollandiya chempionatida yana bir yil qoladi. Chunonchi, u hujumdagi yuqori raqobat tufayli har doim ham boshlang‘ich tarkibga kirmayapti. Umuman olganda, Dolberg 2 mavsum oldin kuchliroq taasurot uyg‘otgandi. Qolaversa, Kasper va «Ayaks»ni 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bog‘lab turibdi.

Dushan TADICH

(vinger, hujumchi) - 30 yosh

Masala bahosi: 30 mln. yevro

Da’vogar klublar: «Bavariya», «Chelsi»

Yoshlar orasidagi «qariya». Eh, serb hujumchisi hozirgidan 4-5 yosh kichik bo‘lganidami, uning uchun Amsterdamdan Myunxen, Manchesterdan Madridgacha navbatda turishardi. Xabarlarga qaraganda, myunxenliklar yosh faktoriga e’tibor qaratmay, uni jamoa faxriylari - Aryen Robben va Frank Riberi o‘rniga mo‘ljallashmoqda. Har holda, Dushan universal futbolchi hisoblanadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:38, 28.04.2019. O'qildi: 3155 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.