Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov: Yettinchi turdan keyingi xulosalar

Baho:
+ | -1
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Statistika
Rukn: Yangiliklar
A A A

7-tur ham poyonladi. Ko‘z tegmasin, Superligamiz qiziyapti. Coca cola ichib ko‘radigan o‘yinlar bo‘lyapti ammo. Hatto o‘rtamiyona deb qaralgan klublar ham jangovar o‘yin taqdim etishayotgani quvonarli hol. 

7-turning e’tiborga molik jihatlarini kuchli yettilikka qo‘yib ko‘rdim, yomon narsa chiqmadi lekin.

7. Qosimov o‘rnidan turdi...

Qator omadsizliklardan so‘ng OKMK g‘alaba qozondi va xavfli hududni tark etdi. Mirjalol Qosimovning tarkibdagi o‘zgartirishlari olmaliqliklarga qo‘l keldi va oxirgi turlarda o‘ziga kela olmayotgan «Surxon» mag‘lub etildi. Dastlabki turlarda yaxshi natijalar qayd etgani uchun ham hozircha termizliklar 8-o‘rinda borishmoqda, agar tezroq uyg‘onishmasa, bu kunlari ham orzu bo‘lib qoladi. «Surxon» bilan OKMK o‘rtasida faqatgina «Qizilqum» joy olgan.

6. «Bunyodkor» to‘xtatildi

Qaysi «Qizilqum» deyapsizmi – yetakchilar uchun-da bosh og‘rig‘i bo‘layotgan, turnir jadvalidagi ishlarga-da e’tibor bermay, o‘z o‘yinini o‘ynayotgan «Bunyodkor»ni to‘xtatgan navoiyliklar! Ha, ular «Abramov shaykasi»ni to‘xtatishdi. «Bunyodkor» shu o‘yinga qadar yutqazsa-da gol urayotgandi. «Qizilqum» bilan esa Abramovning rejalari ish bermadi.

To‘g‘ri, yagona gol penaltidan urildi, ammo bu yerda Aktamov shogirdlarining matonatli ishi to‘p kiritishlarida emas, balki gol o‘tkazmasligida... 

Keyingi turda poytaxtga Toshkentda ochko olishni yaxshi biladigan «Qo‘qon 1912» keladi va bu bahs ko‘p ehtimol bilan «Milliy» stadionining ochilishiga to‘g‘ri keladi. Maydon tekis bo‘lsa, rohatlanib ketsa kerak «bolalar»ning, biroq vodiyliklarning ham ishtahasi ochilgan-da. Demak, hozirdanoq zo‘r to‘qnashuvga taraddud ko‘ramiz.

5. Qarshidan benefis davom etadi

«Buxoro» - «Nasaf» o‘yinidagi natijadan so‘ng, bir buxoroliklarga achinsak, bir qarshilik yosh yigitlarning yana o‘z o‘yinlarini topib olishganidan xursand bo‘lamiz. «Nasaf» «Paxtakor»ga qarshi zo‘r o‘yin ko‘rsatib, keyin o‘sha harakatlarini yo‘qotib qo‘ygandi go‘yo. OKMKni «yanchib tashlagach» esa, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlarida o‘zlariga bo‘lgan ishonch paydo bo‘ldi va bu safargi qurbon – «Buxoro»... 

Ashurmatov shogirdlariga o‘zlariga kelib olishlari uchun turnir jadvalidagi o‘rinlarini ko‘rsatish bilan kifoyalanamiz – 12-o‘rin, agar ikki jamoa qo‘shilmaganida, oxirgi o‘rin, degani bu :)

4. Azaliy raqiblar

«Paxtakor» OCHLdagi o‘yiniga taqalib qolgani uchun PFLdan «Metallurg» bilan bo‘lgan o‘yinini ikki kun oldinga surib berishni iltimos qildi. PFL ham «boshqa klub bo‘lsa ham mayli edi, ikkinchi tarkib bilan bemalol o‘ynab, asosiy tarkib yigitlariga dam bersanglar bo‘ladiku», deb o‘tirmadi, Osiyo miqyosidagi o‘yinga putur yetmasin, deyishdi. 

Bekobodliklar esa, kutilmaganda, haqiqiy jang berishdi. Lobanov  va himoyadagi sheriklari penalti berilgan paytda hakamga qarshilik ko‘rsatishayotganini ko‘rdingizmi, o‘hh, bu axir haqiqiy shiddat-ku deb yubordi hamma. Lekin dilni tirnagan joyi ham bo‘ldi-da ushbu o‘yinning – turning eng chiroyli golini yo‘llagan Isoqjonov o‘sha golini maza qilib nishonlashga ulgurmay, paxtakorchilar hisobni tenglashtirib kelishdi. Nima bo‘pti, deysizmi, axir, gol shedevr chiqqanidan takroriy lavhaga berili-i-iib ketibmiz, shekilli, Masharipov bekobodlik himoyachilar ichidan be-e-emalol kirib borib, bo‘sh turgan Cheranga to‘pni uzatganini va bolqonlik futbolchi o‘rtadagi farqni yo‘qotganini faqatgina takroriy lavhada ko‘rdik. 

Maydon egalarining penaltidan kiritgan to‘pini asl holida ko‘rdik. Chunki undan oldin shedevr sodir bo‘lmagandi. 

3. Bu voqea Qo‘qonda bo‘l(ma)gan edi

Baribir Qo‘qonda o‘tishi kerak o‘yin deb qabul qildik buni. Vodiylik futbolchilar o‘nlab imkoniyatlarini boy bergan uch karra chempionni o‘yin oxirida jazolashdi. Hasan Ro‘ziyev belgilagan penalti No‘’mon Hasanov shogirdlari foydasiga bo‘ldi.  

O‘sha kuni Murod Holmuhammedov o‘ynamagani uchun qo‘qonliklar xavotir olishgandir, yo‘q, yo‘q, Murod boshqalarga ham o‘rgatib qo‘ygan ekan o‘n bir metrdan gol urishni: «Bilib bo‘ladimi, har xil vaziyat bo‘lib turadi...»

Bu durang «Paxtakor»ga birinchi turdayoq chempion bilan o‘rtada vujudga kelgan farqni yana tiklab berdi: uch ochko!

2. Drama ssenariysi o‘zgarmadi

Chempionlik uchun kurashayotgan klublarning bu yettiligimiz yuqorisidan o‘rin olishga haqlari yo‘q edi baribir: biri «Metallurg»ni yenggani, ikkinchisi «Qo‘qon 1912»ga ochko ulashgani bilan bu sharafga noil bo‘la olmasdi.

Turning eng qiziqarli bahsiga e’tibor qaratsak, u Andijonda bo‘ldi: «Andijon» – «Dinamo».

Ushbu uchrashuv bir hafta muqaddam Samarqandda kechgan o‘yinning dramasini qaytarib berdi, desak mubolag‘a bo‘lmas. Yo‘q, ikki uchrashuvni ham men sharhlaganim uchun aytmayapman bu gapni, balki ko‘p holatda yaqinliklar bor ekan: 6-tur o‘yinida ham mehmonlar hisobni ochishgandi, tanaffusga qadar mezbonlar ikki gol bilan javob berishgandi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar jiddiy kurashib muvozanatni qaytadan tiklab, tabloga 2:2 degan chiroyli hisobni taqdim etishgan. 

Andijonda ham shunday bo‘ldi: tarkibida muammolari bor «Dinamo» o‘yinni qanday boshlagan bo‘lsa, shu taxlit yakunlab berdi. Oraliqdagina «Andijon»ning zo‘r harakati va chiroyli gollarini ko‘rdik. Boshqacha hisob qayd etilganda ham adolatsizlik bo‘lardi: jangovar durang deb shunaqa o‘yinlarni aytishsa kerak...

1. Kechirasizlar, men qanday qilib Yevropaga tushib qoldim?!

Namangan. «Navbahor». Stadionning ochilish o‘yini. Muxlislar...
Bo‘ldi. Boshqa gapning keragi yo‘q. Yaxshisi, stadionning ovozini eshiting!!!

Manba: Tribuna
Kiritildi: 12:29, 06.05.2019. O'qildi: 7052 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик