Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 21.02.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 3:0
      • Verona
  • La-liga
      • 21.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 2:1
      • Elche
      • 21.02.2026 01:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Espanyol
      • 21.02.2026 18:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 21.02.2026 20:15
      • Betis
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 21.02.2026 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 21.02.2026 20:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Lids
      • 21.02.2026 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Brayton
      • 21.02.2026 20:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Byornli
      • 21.02.2026 22:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Bornmut
      • 22.02.2026 01:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Van Deyk yoki Rahim Sterling: Qay biri «og‘ir»roq?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Angliyada mavsum-2018|2019ning eng yaxshi futbolchilarini aniqlashdi. Jurnalistlar Rahim Sterlingni e’tirof etgan bo‘lsalar, futbolchilarning o‘zlari Virjil van Deykni tanlashdi. Savol: futbolchilar (PFA - Professional Footballers’ Association) xulosalari kuchliroqmi yoki jurnalistlar (FWA - Football Writers’ Association)niki? Bu savolga javob yo‘q. Zero, Angliyada har ikki tashkilot sovrini bir xil qiymatga ega. Faqat aytish kerakki, futbolchilar o‘rtasidagi so‘rov ancha erta o‘tkaziladi. Qolaversa, bunda ma’lum darajada shaxsiy munosabatlar ta’siri ham bo‘ladi, albatta. Deylik, qaysidir futbolchi umumiy taassurotlariga tayanishi yoki shunchaki, o‘z do‘stiga ovoz berishi mumkin. Misol uchun, jurnalistlar talqini bo‘yicha APLning eng yaxshi futbolchisi maqomini olgan Rahim Sterling FWA so‘rovida «Tottenxem» hujumchisi Garri Keynga ovoz berdi va buni oddiy izohladi: «Nega aynan Keyn? Chunki u har yili juda ko‘p gol urib, jamoasiga katta manfaat keltirmoqda. Ha, ko‘pchilik van Deyk haqida gapirmoqda, bilaman, u yetarlicha ovoz oladi. Lekin men terma jamoadagi sherigimni tanlayman».

PFA laureati Virjil van Deykning o‘zi esa so‘rovda asosiy raqobatchilaridan biriga ovoz berdi. «Ha, Sterlingni e’tirof etdim, - dedi «Liverpul» himoyachisi so‘rov natijalari e’lon qilinganidan keyin. - Bu vijdon amri. O‘ylashimcha, Rahim eng yaxshi bo‘lishga munosib edi. Qisqasi, unga nisbatan adolatsizlik qilishni istamadim. Har holda, Rahim qo-yilmaqom mavsumni o‘tkazdi, o‘yinini sezilarli darajada yaxshiladi, yaqqol o‘sdi».

Van Deykning fikricha, PFA, ya’ni professional futbolchilar e’tirofi har bir o‘yinchi uchun eng katta mukofotdir: «Ushbu sovrinning salmoqli tosh bosishi o‘z-o‘zidan tushunarli. Futbolchi uchun bundan yaxshiroq mukofot bo‘lmasa kerak. Axir har hafta maydonda senga qarshi o‘ynagan raqiblar ovoziga ko‘ra, laureat bo‘lganingni bilish naqadar yoqimli». Darvoqe, «Liverpul» vakili 1974 yildan e’tiboran topshirilayotgan ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan atigi 6-himoyachidir. Orqa chiziq vakili bundan oldin oxirgi marta mavsum-2004|2005 yakunida e’tirof etilgandi. O‘shanda futbolchilar «Chelsi»ning sobiq sardori Jon Terrini tanlashgan edi.

 Rahim Sterling ham PFA sovrinisiz qolgani yo‘q. «Manchester Siti» vakilini mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tan olishdi. So‘rovning ushbu yo‘nalishida 23 yoshdan kichik futbolchilar (chempionat startga chiqqan kun hisobga olinadi)ga ovoz beriladi.

FWA, ya’ni jurnalistlar sovrini - Angliya futbolidagi eng qadimiy mukofot hisoblanadi. Ilk marta mavsum-1947|1948 yakunida topshirilgan sovrin futbolchilar tomonidan hamisha alohida qadrlanadi.

PFA va FWA so‘rovi ko‘pincha bir xil natija taqdim etadi. Har holda, oxirgi 10 yillikni olsak, ikki tashkilotning yakuniy fikri atigi 3-marta bir joydan chiqmadi (2011 yili futbolchilar Garet Beyl, jurnalistlar Skott Parkerni, 2016 yili esa o‘yinchilar Jeymi Vardi, matbuotchilar Riyod Mahrezni e’tirof etishgandi).

Rahim Sterling jurnalistlar so‘rovida kutilmaganda, juda katta farq bilan g‘alaba qozondi. FWAning naq 62 foiz a’zosi aynan «Siti» hujumchisini yoqladi, natijada u eng yaqin ta’qibchisi van Deykdan 100ta ko‘p ovoz jamg‘ardi. Albatta, Rahimning ushbu g‘alabasida APLdagi statistikasi (37-turgacha 17ta gol va 10ta samarali uzatma) katta o‘rin tutadi, qolaversa, uning oxirgi oylarda futbolda irqchilikka qarshi kurash harakati timsoliga aylangani ta’siri ham bor. «Biz van Deyk butun mavsum davomida juda yaxshi o‘ynaganini tan olishimiz kerak. Himoyachilar xizmatini ham e’tirof etamiz, albatta. Biroq o‘ylashimcha, so‘rovimizda maydon tashqarisidagi ishlar ustunlikni Sterling tomon og‘dirdi», - dedi FWA boshlig‘i Kerri Braun. - Ishonamizki, Rahim nafaqat o‘z zamondoshlari, balki o‘tmish va kelajak avlodga ham o‘rnak bo‘ldi».

Uzoq 1969 yildan buyon «Manchester Siti»ning biror vakili jurnalistlar uyushmasining oliy  e’tirofiga erishgan emasdi. Demak, Rahim Sterling «shaharliklar» uchun 50 yillik sukutni buzdi.

VAN DEYK futbolchilar talqini bo‘yicha APLning eng yaxshi futbolchisi

20ta «quruq» o‘yin,

3ta gol,

2ta samarali uzatma, 36ta o‘yin

 

STERLING jurnalistlar talqini bo‘yicha APLning eng yaxshi futbolchisi

17ta gol,

10ta samarali uzatma,

32ta o‘yin

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:21, 10.05.2019. O'qildi: 3966 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.