Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol va biznes: PSJ o‘xshamagan loyiha bo‘ldi-mi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Fransiyaning «PSJ» klubi xo‘jayinlarining sabr kosalari to‘ldi. Jamoadan natijalar kutishyapti.

Lekin yaqin yillar ichida yuqori ko‘rsatkichlarni kamtarona byudjet bilan amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Quyidagi maqolada aynan Parijdagi ahvolning nechog‘li murakkabligi haqida so‘z yuritiladi.

2011 yili «PSJ» deb nomlanuvchi biznesga pul tikkan Qatarning Qatar Sports Investments fondi chiroyli mamlakatning go‘zal poytaxtida barcha sovrinlarni, jumladan, Chempionlar Ligasi «shalpangqulog‘i»ni ham chiroyli tarzda qo‘lga kiritish mumkinligini taxmin qilgandi. Bu o‘z navbatida, Qatar va ushbu buyuk biznesmenlarning obro‘sini ko‘tarishi nazarda tutilgandi. Biroq yildan-yilga Fransiyada gegemonlik o‘rnatganiga qaramay, «PSJ» YECHLda oqsamoqda, qizig‘i, buni shov-shuvli tarzda amalga oshirmoqda. Ayni payt parijliklar tegrasida pozitivdan ko‘ra negativ ko‘proq.

Klubni Fransiyada yaxshi ko‘rishmayapti, butun Yevropada ham shunday. Ha, albatta, qatarliklar kelganidan so‘ng «PSJ»ning muxlislari soni ortdi, ammo boyvachchalarni xushlamayotganlar ham bisyor. Shu bois, fond­dagilar mantiqan fikr yuritishga intilishmoqda. Imidjingga faqat salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan loyihaga katta mablag‘ sarflashdan nima naf? Ayniqsa, Fransiya ichidagi kubok musobaqalarida kuzatilgan omadsizliklardan so‘ng shunday fikrlar aniq-tiniq namoyon bo‘lmoqda.

Chempionlar Ligasini qo‘ya turaylik. Liga kubogidan erta chiqib ketish, Fransiya kubogi finalidagi mag‘lubiyat - buni hazm qilish osonmas. Hattoki, mamlakat chempionatida katta farq bilan qo‘lga kiritilgan zafar ham yupanch bo‘lolmaydi - «PSJ»ning har bir omadsizligi omma orasida kulgu-mutoyiba, mazax bilan qarshi olinmoqda, g‘alabalarga esa oddiy va zerikarli holat sifatida qaralmoqda.

Alohida bandda o‘ta yuqori bo‘lgan Fransiya soliqlari qayd etilgan. Qatar fondi ushbu biznesga kirib kelganida, aksariyat tahlilchilar pul tikish uchun bundanda noqulayroq mamlakatni topish amrimahol ekanligini ta’kidlashgandi. Binobarin, Qatar Sports Investments uchun ushbu loyihani qayerda amalga oshirishning farqi yo‘q edi. Deylik, Chexiyaning «Slaviya»sini sotib olib, u bilan Chempionlar Ligasi bosh sov­rini uchun kurashishsa bo‘lardi - baribir, qatarliklarning pullari kelganidan so‘ng «PSJ»da fransuzlarga xos deyarli hech narsa qolmadi.

Qatar ishbilarmonlarining endi «Roma»ga e’tibor qaratishayotgani haqida gap-so‘zlarning tarqalgani bejiz emas. Ular ayni loyihani endi Rimda amalga oshirishni rejalashtirishmoqda, «PSJ» deb nomlanuvchi yirik dasturni esa to‘xtatishmoqchi. Umuman, Fransiya OAVning yozishicha, bu darhol amalga oshiriladigan qaror emas - u ayni payt muhokamada, mabodo parijliklar yaqin yillar ichida o‘sishga erishmasalar, faqat Liga 1dagi sovrinlar kolleksiyasi bilan cheklanishsa, «PSJ» Fransiyada gegemonlik o‘rnatib, ichki chempionatni «o‘ldirish»da davom etsa, yakuniy qaror qabul qilinadi. Zero bu klubning yetakchiligi faranglar yurtidagi ko‘pchilikning g‘azabini toshirmoqda.

Umuman, yirik mablag‘ sarflanishiga qaramay, «PSJ»ning «o‘lik loyiha»ligicha qolayotganiga bir nech­ta sabablar bor.

 

Psixologiya

«PSJ»da jamoa sharafi uchun kurashadigan futbolchilarning deyarli yo‘qligi, u yerda hamma o‘zini o‘ylashi, katta pul topish ilinjida bo‘lishi, klub va uning an’analarini bee’tibor qoldirishi bir necha marta ta’kidlandi. Jamoaviy uyushqoqlik yo‘q, ko‘p hollarda futbolchilar munosabatlari yomonlashib, guruhlashish holati kuzatiladi. Joriy mavsumda esa hal qiluvchi pallada mag‘lubiyatga uchrashdan qo‘rquv paydo bo‘ldi. Shu bois Fransiya kubogi finali boy berildi, shu bois «PSJ» Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi, shu bois mamlakat chempionligini nishonlash o‘rniga, ketma-ket o‘yinlarni yutqazib, g‘oliblikni keyinga suraverdi. Futbolchilar esa qulay shart-sharoitga ko‘nikib qolishgan, jamoani tark etishni o‘ylashmaydi.

 

Rahbariyat

Alohida tanqidlar klub prezidenti Nosir al Helayfi manziliga yo‘llanmoqda. Uning ishi shundoq ham boshidan oshib yotibdi, ba’zan mutasaddining o‘zini tutishiga qarab, «PSJ» uning uchun asosiy maqsad va sevimli narsa emasdek tuyuladi. «Muvaffaqiyatli menejer» bir nech­ta loyihalarni yuritadi va gohida jurnalistlarga intervyu berib, murabbiy va jamoa haqida jarayonga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan «navbatchi so‘zlar»ni gapiradi. Mazkur holatda Loran Blan ishlagan davrni yodga olish kifoya qiladi. Joriy mavsumdagi ahamiyatli o‘yinlar payti al Helayfi jamoadan chetda bo‘ldi, o‘z ishlari bilan shug‘ullandi. U bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmaganlar esa «PSJ» rahbari haqida salbiy fikrlar bildirishdi.

Hotam Ben Arfa («PSJ»ning sobiq yarim himoyachisi, mojaro tufayli klubni tark etgan): «Adolatli bo‘lish, atrofdagilarga nisbatan takabburlik qilmaslik kerak. Odamlarni hurmat qilish lozim, shundagina hammasi yaxshi bo‘ladi. Hurmat-e’tiborsiz hech narsaga erisholmaysiz».

Veronik Rabyo («PSJ» yarim himoyachisi, shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani uchun jamoadan chetlashtirilgan Adriyen Rabyoning onasi va agenti): «Prezident mutlaqo noto‘g‘ri qaror chiqardi. Uning o‘zi jamoani zaharladi, buzdi, bo‘laklarga bo‘lib yubordi, chunki insoniylik haqida unutdi».

Al Helayfi ko‘pincha klub sport direktori Antero Enrikening yonini oladi. Vaholanki, bosh murabbiy Tomas Tuxel, aksariyat fransiyalik muxlislar va ekspertlar Enrikening qarorlarini ma’qullashmaydi, uni jamoani bir chetga surib, faqat o‘zini o‘ylayotganlikda, noto‘g‘ri qarorlar chiqarishda ayblashadi. Tuxel va Enrike alohida ishlashadi, al Helayfi jarayonni nazorat qilmaydi, ammo tez-tez vahima ko‘tarib, ish jarayonini chalkashtiradi.

Murabbiy

Uzoq vaqt mobaynida Tuxelning yuksak iqtidor sohibi ekanligi aytildi. Mavsumning birinchi qismida germaniyalik mutaxassis shunday maqomga loyiq ekanligini ko‘rsatdi, «PSJ»ni mamlakat chempionligi va Chempionlar Ligasi «pley-off» bosqichi sari yetakladi. U mazkur holatda maxsus ishlangan sxema va tajribalar o‘rtasidagi muvozanatni saqlashni ham unutmadi. Qaysidir pallada Tuxelni ham psixologik muammolar qurshab oldi, faqat biroz boshqacha jihatlar bo‘yicha. Dastlabki muvaffaqiyatsizliklar payti jamoadagilar bilan birga tushkunlikka tushib qoldi. Natijada, birinchi navbatda, o‘zini oqlashga intildi: noxolis hakamlik, kadrlar yetishmovchiligidan nolidi. U jamoaviy uyushqoqlik tanqisligidan aziyat chekayotgan «PSJ»dagi muhitdan oziqlandi.

Tuxel keraksiz paytda tajribalarni qo‘llashda davom etdi, jamoa­ni ruhiy jihatdan shakllantira olmadi, taktik jihatdan ham tez-tez xatolarga yo‘l qo‘ydi - bunga misol tariqasida yaqinda o‘tkazilgan Fransiya kubogi finalini ko‘rsatish mumkin. O‘shanda «Renn»ga qarshi bahsda Tuxel ko‘plab yanglish qarorlar chiqarib, raqibning g‘alabani ilib ketishiga zamin yaratgandi. Har tomondan kelgan bosim, murabbiy manziliga yo‘llangan tanqidlar Tomasning o‘z salohiyatiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga sabab bo‘ldi. Shu bois ham «PSJ» har jabhada zaif va intizomsiz klub ekani ta’kidlanmoqda. Agar qatarliklar ham ketishsa, bu parokandalikning eng baland nuqtasi bo‘ladi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:40, 14.05.2019. O'qildi: 4358 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик