Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 24.10.2025 19:00
      • Qizilqum
      • 2:0
      • Dinamo
      • 25.10.2025 16:30
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Neftchi
      • 25.10.2025 19:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Navbahor
      • 26.10.2025 16:30
      • OKMK
      • -:-
      • Nasaf
      • 26.10.2025 18:30
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Mash’al
  • «A» Seriya
      • 24.10.2025 23:45
      • Milan
      • 2:2
      • Piza
      • 25.10.2025 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Komo
      • 25.10.2025 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lechche
      • 25.10.2025 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Inter
      • 25.10.2025 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Atalanta
      • 26.10.2025 16:30
      • Torino
      • -:-
      • Jenoa
      • 26.10.2025 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Roma
      • 26.10.2025 19:00
      • Verona
      • -:-
      • Kalyari
      • 26.10.2025 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 25.10.2025 00:00
      • Lids
      • 2:1
      • Vest Xem
      • 25.10.2025 19:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Sanderlend
      • 25.10.2025 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Fulhem
      • 25.10.2025 21:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brayton
      • 26.10.2025 00:00
      • Brentford
      • -:-
      • Liverpul
      • 26.10.2025 19:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 26.10.2025 19:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 26.10.2025 19:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 26.10.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Byornli
      • 26.10.2025 21:30
      • Everton
      • -:-
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 25.10.2025 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:1
      • Sevilya
      • 25.10.2025 17:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.10.2025 19:15
      • Espanyol
      • -:-
      • Elche
      • 25.10.2025 21:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Xetafe
      • 26.10.2025 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 26.10.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Levante
      • 26.10.2025 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Barselona
      • 26.10.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 25 56
2 Neftchi 25 54
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 25 47
5 Bunyodkor 25 43
6 OKMK 25 40
7 Navbahor 25 37
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Andijon 24 28
11 Qo‘qon-1912 25 26
12 Surxon 25 25
13 Xorazm 26 24
14 Buxoro 26 24
15 Mash’al 25 23
16 Sho‘rtan 25 12

O'tgan o'yinlar.

26-тур Xorazm 0-1 Paxtakor
26-тур Buxoro 2-0 So‘g‘diyona
26-тур Qizilqum 2-0 Dinamo

Navbatdagi o'yinlar.

25/10/25 Sho‘rtan - Neftchi
25/10/25 Qo‘qon-1912 - Navbahor
26/10/25 OKMK - Nasaf
26/10/25 Bunyodkor - Mash’al
27/10/25 Surxon - Andijon

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7297 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2731 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 25.10.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе".
      08:00 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Трабзонспор".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Интернасьонал".
      14:00 Чемпионат Турции. "Коньяспор" - "Бешикташ".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      17:55 LIVE Чемпионат Италии. "Парма" - "Комо 1907". Прямая трансляция.
      19:55 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Форталеза".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Эюпспор". Прямая трансляция.
      23:55 "Непобедимый".
      00:20 Д/ф "Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый".
      01:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Форталеза" - "Фламенго". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 25.10.2025

      05:15 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Комбинированная пирамида. Финал.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Муайтай. Кубок Дружбы в Москве.
      10:20 "Страна спортивная".
      10:40 "Команда мечты".
      11:10 Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Торонто, Канада.
      12:55 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:30 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:30 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      23:00 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве.
      02:30 "Команда мечты".
      02:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Торонто, Канада. Прямая трансляция.
      04:30 "Небесная грация".
      04:50 Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала.
  • MATCH-TV
    • Sana: 25.10.2025

      05:35 "Лица страны". Иван Ревенко.
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. ЦСКА (Россия) - "Мега" (Сербия).
      08:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Абу-Даби, ОАЭ. Кори Сэндхаген против Умара Нурмагомедова.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:55 Д/ф "Наскар. Ведущее наследие".
      12:55 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:25 Новости.
      15:30 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. ЦСКА (Москва) - УНИКС (Казань). Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. КПРФ (Москва) - ЛКС (Липецк). Прямая трансляция.
      19:50 Новости.
      19:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:45 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Наполи" - "Интер". Прямая трансляция.
      23:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 321 в Абу-Даби, ОАЭ. Том Аспинэлл против Сирила Гана, Умар Нурмагомедов против Марио Баутисты. Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 25.10.2025

      05:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/4 финала.
      06:00 Велошоссе. Чемпионат мира в Кигали, Руанда. Женщины. Групповая гонка.
      07:00 Велотрек. Чемпионат мира в Сантьяго, Чили. День 3.
      08:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/4 финала.
      10:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа.
      11:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      11:45 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      12:30 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция.
      14:30 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Супергигант.
      15:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      15:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция.
      17:10 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      21:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала.
      22:45 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      02:30 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Сантьяго, Чили. День 4. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Shogirdlarim bilan do‘st tutinishga intilaman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superliga bahslari ayni avj pallaga kirayotgan paytda O‘zbekiston yoshlar termasi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik olib bormoqda.

O‘FA mazkur jamoaning muhim turnirga munosib tayyorgarlik ko‘rishi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, Otabek G‘ulomxo‘jayev shogirdlari may oyining 21 va 23 sanalarida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishlari rejalashtirilgan.

Ushbu murabbiydan umidimiz katta, «Bunyodkor» akademiyasida yoshlarga saboq berib kelgan mutaxassis uchun bu termada ishlash ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmasligi aniq. U bo‘lajak o‘yinlar orqali nomzod futbolchilarni yana bir bor ko‘zdan kechirish barobarida, ikkita teng kuchli tarkib shakllantirishni maqsad qilgan. Yaqinda yuqoridagi masalalar va boshqa mavzular bo‘yicha Otabek G‘ulomxo‘jayev bilan suhbatlashdik.

 

- O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionati saralash o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni qanday ketyapti? Kelgusidagi rejalar bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Osiyo chempionati saralash o‘yinlariga tayyorgarlik reja asosida ketmoqda. Buning uchun noyabr oyigacha bo‘lgan maxsus dastur ishlab chiqqanmiz, mana shu dastur bo‘yicha har oy davomida yig‘in tashkil qilib, terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechiramiz va ularning ayni damdagi holati bilan yaqindan tanishamiz. Yig‘inlar doirasida o‘rtoqlik va nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirganmiz. Dastlabki yig‘in may oyining 11-18 va 19-24 sanalariga mo‘ljallangan. Yigitlarni har tomonlama taktik-psixologik jihatdan tayyorlash uchun o‘rtoqlik o‘yinlari muhim. Shu sababli oldin xabar berilganidek, Namangan va Andijonda nazorat uchrashuvlari o‘tkazamiz. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - saralash o‘yinlarigacha optimal tarkibni shakllantirib, ikkita teng kuchli tarkib tuzish. Boisi, har bir chiziqda raqobatni kuchaytirish niyatidamiz. Bu futbolchining o‘sishi uchun xizmat qiladi: u asosiy tarkibdagi joy hech qachon kafolatlanmaganligini bilib turishi kerak.

- Tarkibni shakllantirishda nimalarga e’tibor qaratyapsiz?

- Barcha jihatlarga. Ammo o‘z klubida yaxshi o‘ynayotgan futbolchi terma jamoaga kelganda o‘zini ko‘rsata olmasligi mumkin yoki aksincha. Bu yoshda ular balog‘atga yetayotgan bo‘ladi, shuning uchun ayrimlariga nihoyatda ehtiyotkor munosabatda bo‘lish kerak, ba’zi futbolchilar bilan suhbatlashayotganda esa biroz qattiqqo‘llik ishlatish ziyon qilmaydi. Chunki vaziyat shuni taqozo etadi. Shunday bolalar borki, ko‘rsatmalaringizni tezda ilg‘ab oladi, bu ularning psixologik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni o‘ylagan holda, jamoamizga malakali psixolog Tatyana Vladimirovnani taklif qildik.

- Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ham alohida ishlayasizmi?

- Ha. Lekin futbolchilar o‘z klublaridan jismoniy taraflama tayyor holda yetib kelishadi. Bilasiz, hozir taqvim tig‘iz, shuning uchun ham bunga jiddiy yondashmaymiz. Asosiy e’tiborni taktika va turli o‘yin uslublarini joriy etishga qaratamiz. Ularning individual shug‘ullanishlari uchun maxsus dastur ham yaratganmiz. Shuning barobarida barcha jamoalar murabbiylari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. «Nasaf» ustozi Ro‘ziqul Berdiyev, «So‘g‘diyona» yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Bobur Zuhriddinovlar bilan aloqamiz mustahkam. Ular bilan o‘zaro kelishuvimiz bor, ya’ni ba’zi paytlarda murabbiylar iltimosiga binoan ayrim futbolchilarni qo‘yib yuboramiz. Ularning ko‘magi biz uchun muhim hisoblanadi. Chunki terma futbolchisi ko‘p vaqtini o‘z klubida o‘tkazadi, uning holatidan ko‘proq murabbiyi xabardor bo‘lib turadi. Terma ixtiyorida 15-20 kun bo‘ladi, klubda esa undan ko‘proq.

- Terma jamoa o‘zagi asosan poytaxt jamoalari vakillaridan tashkil topmoqda...

- To‘g‘ri, lekin «Bunyodkor» va «Paxtakor»dan chiqayotgan futbolchilarning aksariyati viloyatlardan kelishgan. Ya’ni, klub skautlari turli musobaqalar orqali ularni kuzatib, munosiblarini akademiyaga jalb etishgan. Faqat shu klublar bilan chegaralanib qolmasdan, O‘zbekiston U-21 chempionatini ham muntazam ravishda kuzatib boryapman. Viloyatlardagi turnirlarni ko‘zdan qochirmaslikka harakat qilyapman. Pro-ligada ishtirok etayotgan «Turon», «Mash’al», «Istiqlol» klublarida ham iqtidorlar bisyor. Ular hamisha nazoratimiz ostida.

- Yoshlar terma jamoasida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilarning kutilmaganda yo‘qolib qolishiga mutaxassis sifatida qanday javob berasiz?

- Menimcha, bunga sabab futbolchilarning o‘zini-o‘zi nazorat qila olmasligida, bu yoshda katta natijalarga erishish har kimga ham nasib qilavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘p hollarda katta futbolga kirib kelayotgan futbolchilarda yulduzlik kasali va o‘zini boshqara olmaslik vaziyatlari uchraydi. Bu jarayonda murabbiyning o‘rni juda muhim. Agar mana shunday holatlardan o‘tib olsa, marra uniki.

- Jasur Jaloliddinov katta futbolga erta kirib keldi. Bu unga ortiqcha bosim yuklamaydimi?

- Bosh murabbiyning uslubiga mos tushgan ekan, demak u shunga loyiq. Jasur bunga osonlikcha erishgani yo‘q, bu yo‘lda katta mehnat qildi. Bu uning o‘sishiga xizmat qilishi shubhasiz. Eng muhimi, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasligi darkor. Hali hayoti, kelajagi oldinda.

- «Bunyodkor» akademiyasida 2000 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat jamoaga murabbiylik qilgansiz. Xo‘sh, ularning o‘yinlarini ko‘rib boryapsizmi? Qay birlari bildirilayotgan ishonchni to‘liq oqlashyapti?

- Darhaqiqat, ularning ko‘piga ustozlik qilganim rost. Hozirgi kunda Rasul Yo‘ldoshev, Abubakr Mo‘ydinov, Jasur Umrzoqov kabilar shular jumlasidan. Lekin afsuski, shogirdlarimning aksariyati ishonchni oqlashmadi. Qolganlar esa ikkinchi ligada Murod Otajonov qo‘l ostida to‘p surishmoqda.

- Ayrim jamoalarda futbolchi va murabbiy o‘rtasida masofa mavjud bo‘ladi, o‘z fikrlarini ustoziga bildira olmaydiganlar uchraydi... Sizda bu borada ish qanday yo‘lga qo‘yilgan?

- Bu borada hech qachon muammoga yo‘liqmaganman. Doimo shogirdlarim bilan do‘st tutinishga, ota-boladek munosabat o‘rnatishga harakat qilaman. Kimning qanday muammosi bor, qaysi futbolchidan qanday fikr chiqadi, u nimani xohlayapti, bajonidil, erinmay tinglayman. Shunchaki, o‘z holiga tashlab qo‘ymayman, kerak bo‘lsa, har biri bilan alohida gaplashaman. To‘g‘ri, ayrim futbolchilar murabbiyga gapini ochiq-oydin aytishga qo‘rqadi. Bu noto‘g‘ri deb o‘ylayman.

- Murabbiylar shtabida sizga kim yordam beradi?

- Doniyor Usmonov, Sarvar Haydarov, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Elnur Sigabatullin, darvozabonlar murabbiyi Valeriy Korpenkolar yordam berishadi. O‘ylaymanki, murabbiylar shtabidan tortib, futbolchilargacha ahil oilaga aylansak, niyatimizga yetamiz.

- O‘yin falsafangiz qanday: hujumkormi yoki himoyaga asoslangan?

- Avvaldan agressiv, hujumkor futbol tarafdori bo‘lib kelganman. Hozirgi zamonaviy futbolda himoyaviy o‘yin qilgan jamoa qiynaladi. To‘psiz yugurish ham jismonan, ham ruhan toliqtiradi.

- Lekin Karlush Keyrush mana shu uslub evaziga Eronni ikki bor mundialga olib chiqdi...

- Eron to‘liq 90 daqiqa himoyada o‘ynaydigan jamoa emas. E’tibor bering, so‘nggi Osiyo kubogida yarim finalgacha nechta gol urishdi? Buni himoyaviy o‘yin deyilmaydi, tartibli futbol desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:33, 19.05.2019. O'qildi: 1952 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Бунёдкор Imeda Ashortia 7
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.