Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Buyuk darvozabon, eng zo‘r ekspert, endi rahnamo...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

2021 yilda Karl-Xayns Rummenigge «Bavariya» direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etadi. Uning o‘rnini esa Oliver Kan egallaydi. «Bu mansabda faoliyat yuritish nemis futbolidagi eng maqbul yumushdir. Biroq o‘zini hurmat qiladigan kishi vaqtida to‘xtashni ham bilishi kerak. Oliver klubning barcha sir-asrorlaridan xabardor. U o‘z faoliyatini yakunlaganidan keyin (2008) boshqaruv, sport menejmenti va moliya tizimlarini qunt bilan o‘rganganligi biz uchun muhim ahamiyatga ega. O‘ylaymanki, Olli bu vazifani uddalay oladi», - dedi Rummenigge xorijlik kasbdoshimizga bergan intervyusida.

Nima uchun aynan Kan?

Rummenigge bu yuksak lavozimni 2002 yilda egallagandi. O‘sha davrda uning bo‘lajak vorisi, hozirgi sport direktori Hasan Solihamidjich va bosh murabbiylar «Bavariya» tarkibida maydonga tushishgan va YECHLning yarim final yo‘llanmasi uchun «Real»ga qarshi bahs olib borishgandi. Darvoqe, o‘shanda sardorlik bog‘ichi Kanga tegishli edi. Xullas, yaqin kelajakda kimning rahnamoligi ostida ishlashlarini Solihamidjich va Kovach yaxshi bilishadi.

So‘nggi paytlarda Myunxen superklubi o‘z tarkibiga yorqin faoliyatga ega bo‘lgan, nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritish orqali shonli an’analarni munosib davom ettira oladigan shaxslarni jalb etishga urinmoqda. Ikki yil avval Olliga «Bavariya» sport direktori lavozimini taklif etishgandi. Biroq Kan uni rad etdi. 2009 yilda «Shalke», 2010 yilda «Kyoln» uning timsolida istiqbolli menejerni ko‘rishgandi. Ammo sobiq posbon begona jamoalarda ishlashni istamadi. Nihoyat, bu yil germaniyalik «Chingiz-Kan» o‘zining bir bo‘lagiga aylangan jonajon klubidan taklif oldi.

«Bizdan nafratlanadilar va havas qiladilar. Bu menga qo‘shimcha kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Tribunalardan yog‘ilayotgan hushtakbozliklarga javob qaytarish, yanada kuchliroq jig‘iga tegish istagi g‘ayrat bilan ishlashga da’vat etadi», - Kan - «Bavariya»ning inson qiyofasidagi timsoli, Uli Xyoness orzusidagi mutaxassis. Butun jahon ahlini ashaddiy dushmani sifatida tasavvur qiladigan takabbur va dimog‘dor prezident o‘ziga maqbul bo‘ladigan navqiron mutaxassisni topa oldi. Iloji bo‘lganida, klubdagi barcha nufuzli postlarga u Kanni tayinlagan bo‘lardi.

Olli yangi ixtisosi bo‘yicha maxsus bilimga egami?

Oliver Kan Avstriyaning Zeeburg shahrida iqtisodiyot va menejment sohasida MBA diplomiga ega. Tahsil davomida olgan baholari xususidagi savolga u mug‘ombirlik bilan javob qaytardi: «Bu yerda olgan bilimimdan mamnunman. Ayniqsa, yangi sohamga oid yo‘nalishlar, kommunikasiya va shaxsning shakllanishi dasturlarini qiziqish bilan o‘zlashtirdim». O‘quv dargohida Germaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni hech qanday imtiyozga ega bo‘lmadi. Barcha talabalarga mo‘ljallangan yengilliklar bundan mustasno, albatta. «Bir paytlari hayvonot bog‘iga talabalik guvohnomasini ko‘rsatish orqali kirish chiptasini 50 foizli chegirma bilan olgandim. Talabalarga imtiyozlar belgilanganidan o‘shanda xabardor bo‘lganman», - degandi Olli.

Yangi raisning top-klubni boshqarish borasida umuman tajribaga ega emasligidan Xyoness xavotirda emas: «Nimanidir o‘rganishning eng yaxshi usuli - uni bajarishga kirishish. O‘zim buni sinab ko‘rib, ishonch hosil qilganman».

Futbolchilikdan keyin Kan nima bilan shuG‘ullangan?

Xayrlashuv uchrashuvidan keyin 8 kun o‘tgach, Olli TVdagi debyutini nishonladi. Maydonda raqiblarini g‘ajib tashlashdan ham toymaydigan va jamoadoshlarini qo‘rqoqlikda ayblaydigan sobiq futbolchi TV eksperti minbarida ham qat’iyat va talabchanligini susaytirmadi: «Anavi yig‘loqilarga qarang, raqibi sal turtib yuborishi bilan uyalmasdan yotib olishdi. Yig‘ini shunchalik sog‘ingan bo‘lsang, yechinish xonasiga kir va to‘yguningcha yig‘la. O‘zingni tutishni o‘rgan. Axir sen erkaksan!» - mazkur e’tirofni Kan YECHL finalida maydonga tushgan Saloh va Karvaxal manziliga yo‘llagandi. Krishtianu Ronaldu ham Ollining sevimli nishoni: «So‘nggi paytlarda rafiqam chehrasidan ko‘ra Ronalduning yaltiroq gavdasiga ko‘proq ko‘zim tushmoqda. Bir talay sovrinlarga sazovor bo‘lganiga qaramasdan, maydondagi jamoadoshlariga bo‘lgan hurmat uning yaltiroq boldirlari va maxsus tayyorlangan gol nishonlashlaridan muhimroq ekanini u hanuzgacha tushunib yetmaganiga hayronman».

Germaniya terma jamoasi JCH-2018ni barvaqt tark etganidan ke-yin TVga tashrif buyurgan Birxoff Yoaxim Lyovni himoya qilmoqchi bo‘lgani uchun Kandan eshitadiganini eshitgandi: «APLning eng yaxshi o‘yinchilaridan bo‘lgan Saneni mundialdan chetda qoldirdingiz, Xektorni esa muntazam ravishda maydonga tushiryapsiz. Vaholanki, u barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Augsburg» himoyachisi Filipp Maksdan ustun emas. Oldingi chiziqda esa Lyov bir necha yil avval zafar quchgan shogirdlariga ishonch bildirmoqda. Aslida mavsumni yuksak saviyada o‘tkazgan «Frayburg» vakili Niklas Petersen kabi iqtidorli hujumchilar ulardan yaxshiroq to‘p surishlari mumkin edi. Tarkibni shakllantirishda adolat mezonlariga amal qilingani shumi?»

Mana uch yildirki, professional sportchilar yakdillik bilan Oliver Kanni Germaniyaning eng yaxshi eksperti sifatida e’tirof etishmoqda.

Kan rahbarlik tajribasiga egami?

Ikki yil muqaddam Olli darvozabonlar akademiyasiga asos solgandi. Uning rahbarligidagi ekspertlar guruhi o‘z mahoratini oshirish istagida bo‘lgan darvozabonlarga alohida mashg‘ulotlar tashkil etishdan tashqari, turli jamoalarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar uchun uslubiy ishlanmalar tayyorlab beradilar. Shuningdek, klublarga maxsus sertifikatga ega bo‘lgan murabbiylarni jo‘natish ham ko‘zda tutilgan.

2017 yilda akademiya Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, terma jamoa darvozabonlariga turli musobaqalar, jumladan, Rossiyadagi JCHga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berdi.

Hozirda bilim maskani faoliyat doirasini tobora kengaytirib, «Real»ning xalqaro maktablari bilan hamkorlik qilmoqda. Shu tariqa azaliy raqiblar qalin do‘stlarga aylanishmoqda. Bu yil Germaniyada 28ta mash-g‘ulot lagerlarini ochish harakatida, yer maydonlari xarid qilingan. Lo-yihaning asosiy maqsadi - yosh darvozabonlarni jamoaviy o‘yinga jalb etish. Kanning fikriga ko‘ra, darvozabonlarning darvoza qo‘riqchilari sifatida e’tirof etilishlariga chek qo‘yadigan payt keldi - endi ular ham maydon o‘yinchilari singari to‘p surishlari kerak.

Ollining «Bavariya»dagi ilk loyihasi Qanday bo‘ladi?

Klub mutasaddilari strategik homiyni almashtirish jarayonini boshlab yuborishdi. 2025 yilda Audi o‘zining klub direktorlar kengashidagi o‘rinlarini turdosh raqobatchi - BMWga bo‘shatib beradi. Yangi homiy esa «Bavariya» tizimiga 800 mln. yevro sarmoya kiritadi. Audi sarmoyasidan ikki baravarga ko‘proq bo‘lgan ana shu mablag‘ evaziga Myunxen jamoasi APLning top-klublari va ayrim shayxlar jamoalari darajasiga ko‘tarilib olishni rejalashtirgan. Qizig‘i shundaki, Myunxenning bu ikki mashhur brendi shu paytga qadar hech qachon o‘zaro hamkorlik qilgan emas.

Kanning asosiy vazifasi klubning amaldagi hamkori bilan imkoni boricha tezroq orani ochiq qilishdan iborat (eng tezkor variant - 2021 yil). Shunda «Bavariya» BMW bilan imzolagan shartnomasi evaziga yana bir necha million yevro qo‘shimcha sarmoyaga ega bo‘ladi. Keyinchalik ham Oliver nafaqat sportga oid masalalar, balki yangi hamkorlikdan ko‘proq manfaat olish ustida bosh qotiradi.

Rahbariyat almashuvi qay tarzda amalga oshiriladi?

Yangi yil boshida Kan boshqaruv tizimidan joy oladi va Rummenigge bir necha oy davomida uni o‘z kasbining nozik jihatlari bilan tanishtiradi. Klubdagilar bu jarayonni sinov muddati deyishni istamayaptilar, balki yangi vazifani qanchalik uddalay olishini tekshirib ko‘rish jarayoni deyishmoqda. «Olli ishga kirishishidan avval unga ma’qul kelishi yoki kelmasligini, shuningdek, Kanning klubga qay darajada naf keltira olishini tekshirib ko‘rmoqchimiz», - deya izoh berdi Uli Xyoness.

Biroq bizning nazarimizda bunday tekshiruvning hojati yo‘qdek. «Bavariya»ning yirik amaldoriga aylanish uchun Kan 17 yildan beri qunt bilan ter to‘kmoqda. 2003 yilda u shunday degandi: «Bu yumushni mendan ko‘ra mukammalroq bajara oladigan kishi borligini bilmayman».

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:04, 22.05.2019. O'qildi: 3347 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик