Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevrotur. «Top-5»dagi tarixiy tenglikni qarang

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2018|2019 yillar mavsumi Yevropaning yetakchi beshlik chempionati uchun chinakam tarixiy mavsum maqomini oladigan bo‘ldi - «Yuventus», «PSJ» va «Barselona» ortidan «Manchester Siti», keyin «Bavariya» chempionlik unvonlarini himoya qilishdi. Shu paytgacha top-chempionatlar tarixida bunday uzviylik kuzatilmagandi.

Angliya. «Siti»dan zalvorli yakun

Shanba oqshomida bo‘lib o‘tgan «Uembli»dagi Angliya kubogining final bellashuvini ham bemalal tarixiy uchrashuvlar sirasiga kiritish mumkin. Hal qiluvchi bahs­da «Uotford» darvozasiga 6ta javobsiz to‘p yo‘llagan «Manchester Siti» ichki musobaqalarning barchasida zafar quchgan dastlabki jamoa bo‘ldi. Yodingizda bo‘lsa, Gvardiola shogirdlari fevral oyida Liga kubogini qo‘lga kiritishgan, o‘tgan haftada esa qatorasiga ikkinchi marta chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan edilar.

O‘ta tig‘iz taqvim asosida to‘p surgan «shaharliklar» nufuzli sovrin uchun kechgan bahsni ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazishdi. Ularning to‘liq ustunligida o‘tgan o‘yinda David Silva bilan Kevin de Bryuyne bittadan, Gabriel Jezus va Rahim Sterling 2tadan gol urishdi. Nominal mehmon maqomidagi «Uotford» esa hech bo‘lmaganda bitta gol bilan javob qaytarishni ham uddalay olmadi.

 

Ispaniya. «Valensiya» - yo‘llanma sohibi

La Liganing yakuniy turi YECHLning to‘rtinchi yo‘llanmasi qaysi jamoaga nasib etishini aniqlab berdi. Uzoq vaqt davomida 4-o‘rinni egallab kelgan «Xetafe» o‘z maydonida «Vilyarreal»ni yenga olmadi - 2:2. U bilan yonma-yon kelayotgan «Valensiya» esa safarda «Valyadolid» darvozasiga 2ta javobsiz gol urdi va ta’qibchidan 2 ochkoga o‘zib ketdi.

Turnir jadvaliga umuman ta’sir ko‘rsatmaydigan bellashuvlarda «Barselona» Eybarda mehmon bo‘ldi va jangovar durangga (2:2) imzo chekdi. Qizig‘i, barcha gollar birinchi bo‘limda amalga oshirildi: Messi ikki daqiqa ichida avval hisobni tenglashtirdi, keyin jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq de Blazis 45-daqiqada muvozanatni tikladi. Tanaffusdan keyin darvozani ishg‘ol etish na mezbonlar va na mehmonlarga nasib etdi.

Mavsumni kumush medallar sohibi sifatida yakunlagan «Atletiko» ham «Levante» bilan aynan 2:2 hisobidagi durang natijani qayd etdi. Mazkur uchrashuv «matraschilar»ning fransiyalik to‘purari Antuan Grizmann uchun jamoadagi so‘nggi bahs bo‘lishi mumkin. Hujumchi yangi mavsumni «Barselona» safida boshlashga yaqin turibdi. Oxirgi bellashuvda Grizmann gol ura olmadi, ammo uning jamoasi Rodri Ernandes va Kamelyoning aniq zarbalari evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

O‘z maydonida «Atletik»dan ustun kelgan «Sevilya» hamda «Real Sosyedad»ni taslim etgan «Espanyol» (ikkala uchrashuvda ham 2:0 hisobi qayd etilgan) «Xetafe» bilan birgalikda YELda to‘p surish huquqini qo‘lga kiritishdi. Musobaqaga bo‘lgan ishtiyoqini butunlay yo‘qotib ulgurgan «Real» «Santyago Bernabeu»da «Betis»ga 3 ochkoni «sovg‘a qildi» - 0:2.

 

Germaniya. Xokkeycha hisob ham kam

Xuddi APLdagi kabi, Bundesliga g‘olibi ham oxirgi turda ma’lum bo‘ldi. Ta’qibchidan 2 ochkoga uzoqlashib olgan «Bavariya» «Alyans Arena»da «Ayntraxt»ni yirik (5:1) hisobda taslim etdi va o‘z tarixida 29-marta shohsupaga ko‘tarildi. To‘g‘ri, YELning joriy mavsumdagi yarim finalchisi mezbonlarga jiddiy qarshilik ko‘rsata oldi: Komanning 4-daqiqadagi goli evaziga chempion kichik ustunlik bilan tanaffusga yo‘l oldi. Boz ustiga, ikkinchi bo‘lim mehmonlarning javob to‘pi bilan boshlandi. Lekin ana shu goldan keyin maydon egalari raqib darvozasini 4 bor ishg‘ol etishdi.

Parallel ravishda kechgan Menxengladbaxdagi ikki nomdosh jamoalar o‘rtasidagi bellashuv ham keskin va murosasiz tarzda o‘tdi. Sanchoning 45-daqiqadagi goli evaziga oldinga chiqib olgan dortmundliklar ikkinchi bo‘limni faol boshlashdi va Marko Roys hisobdagi farq­ni oshirdi. Mezbonlarning barcha urinishlari samara bermadi. Shu tariqa bellashuv mehmonlar g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Biroq bu natija mezbonlarni 4-pog‘onani tark etishga majbur qildi. Berlinda «Gerta»ni 5:1 hisobida mahv etgan «Bayer» gladbaxliklar o‘rniga ko‘tarilib oldi. O‘z uyida «Augsburg»ni qabul qilgan «Volfsburg» «Borussiya Menxengladbax»dan 5-o‘rinni tortib olish uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi va 8:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo xokkeyga xos bu yirik hisob «bo‘rilar» uchun yetarli bo‘lmadi - ular YEL bahslarini gladbaxliklarga nisbatan birmuncha avvalroq saralash bosqichidan boshlaydilar.

 

Italiya. «Atalanta» taxminlarni oQlamoQda

«A» seriyaning so‘nggi turi arafasida ko‘pchilik mutaxassislarning xavotiri o‘z isbotini topib, «Atalanta» sovrindor uchlikka ko‘tarilib oldi. Bu hammasi emas, bu o‘jar jamoa Turinda amaldagi chempionni mahv etishga yaqin turgandi. Ammo Yosip Ilichich tomonidan 33-daqiqada urilgan golga mezbonlar sardori Mario Manjukich 80-daqiqada javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Agar jamoa g‘alabani saqlay olganida, oxirgi tur natijalaridan qat’iy nazar kamda 4-o‘rinni naqd qilardi.

To‘g‘ri, «Atalanta»ning shiddatli finishiga yetakchi oltilik vakillarining so‘nggi turlardagi sustkashliklari ham sabab bo‘ldi. Masalan, sal avvalroq bronza medallarini naqd qilgandek ko‘ringan «Inter» oxirgi to‘rt uchrashuvda faqat bitta g‘alabaga erishdi. Hisobot turida esa Spalletti shogirdlari Neapoldan yirik (1:4) mag‘lubiyat bilan qaytishdi.

Rimning ikki nomdor jamoasi - «Roma» («Sassuolo», 0:0) va «Lasio» («Bolonya», 3:3) bu turda bor-yo‘g‘i bir ochkoga ega bo‘lishdi. Faqat «Milan» o‘z maydonida «Frozinone»dan 3 ochkoni tortib oldi. Xullas, «Atalanta» mavsumni bronza medallari va YECHL yo‘llanmasi sohibi sifatida yakunlashga juda yaqin turibdi.

 

Fransiya. Golovinning eng yorQin o‘yini

Rossiya terma jamoasining iqtidorli yarim himoyachisi Aleksandr Golovin «Monako»dagi debyut mavsumida eng sermahsul o‘yinini namoyish etdi. Elitadagi o‘rnini saqlab qolish borasida asosiy raqobatchi bo‘lgan «Amyen»ga qarshi bahsda Golovin avvaliga burchak zarbasi yordamida Falkaoning goliga assistentlik qildi. O‘yin nihoyasiga sanoqli daqiqalar qolgan hayajonli pallada esa hayratomuz reyd uyushtirib, hisobni yiriklashtirdi. Bu rossiyalik legionerning mavsumdagi to‘rtinchi goli edi.

Mazkur g‘alabadan keyin knyazlik klubi xavfsiz 16-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Albatta, nazariy jihatdan «Kan» Leonardu Jardim jamoasidan o‘zib ketishi mumkin. Biroq buning uchun «Monako» so‘nggi turda o‘ta yirik hisobda «Nissa»dan yengilishi, «Kan» esa «Bordo»dan ustun kelishi talab etiladi. Ochig‘i, buni tasavvurga sig‘dirish qiyin, ammo bu - futbol. Unda har qanday voqea yuz berishi mumkin. Qisqasi, yakshanbagacha sabr qilishga majburmiz.

Turning qolgan uchrashuvlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, yetakchi kvartet vakillari nisbatan zaifroq raqiblari ustidan yirik hisoblarda zafar quchdilar. Jumladan, «PSJ» Parijda «Dijon»ni 4ta javobsiz gol bilan mehmon qildi, «Lill» «Anje» darvozasiga 5ta gol urib, saxovatpeshalik bobida chempionga ibrat ko‘rsatdi. «Marsel» safarda «Tuluza»ni 5 marta darvoza to‘ridan to‘p olib chiqishga majbur etdi, lekin o‘zi ham 2ta gol o‘tkazib yubordi. Nihoyat, «Sent-Etyen» o‘z maydonida «Nissa» darvozasini uch marta zabt etdi. Mavsumning yakuniy turida kuchli kvartet tarkibi va jamoalarning jadvaldagi joylashuvi o‘zgarishsiz qoladi. 5 va 6-o‘rin sohiblari oxirgi turda o‘zaro kuch sinashishlari bois, joylari almashishi yoki o‘zgarishsiz qolishi shu o‘yin natijasiga bog‘liq.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:59, 24.05.2019. O'qildi: 5813 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.