Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 27.11.2025 01:00
      • Arsenal
      • 3:1
      • Bavariya
      • 27.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 2:1
      • Inter
      • 27.11.2025 01:00
      • Ayntraxt F
      • 0:3
      • Atalanta
      • 27.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:4
      • PSV
      • 27.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 3:4
      • Real Madrid
      • 27.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 5:3
      • Tottenhem
      • 27.11.2025 01:00
      • Sporting
      • 3:0
      • Bryugge
  • OChL-2
      • 27.11.2025 12:45
      • Makartur
      • 2:1
      • Tay Po
      • 27.11.2025 15:00
      • Istern
      • 0:5
      • Gamba Osaka
      • 27.11.2025 15:00
      • Ratchaburi
      • 2:0
      • Tep Han Nam Din
      • 27.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 2:0
      • Pathum Yunayted
      • 27.11.2025 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 2:1
      • Beyjing Guoan
      • 27.11.2025 17:15
      • Tampines Rovers
      • 5:3
      • Kaya–Iloilo
  • «A» Seriya
      • 29.11.2025 00:45
      • Komo
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.11.2025 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Verona
      • 29.11.2025 19:00
      • Parma
      • -:-
      • Udineze
      • 29.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 29.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Elche
      • 29.11.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Osasuna
      • 29.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Alaves
      • 29.11.2025 22:30
      • Levante
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • Superliga
      • 29.11.2025 15:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Dinamo
      • 29.11.2025 15:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Paxtakor
      • 29.11.2025 15:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Sho‘rtan
  • APL
      • 29.11.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Byornli
      • 29.11.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Lids
      • 29.11.2025 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Bornmut
      • 29.11.2025 22:30
      • Everton
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Noprofessional PFL...

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Boshqa sohalardagi kabi milliy futbolimizda ham o‘z yechimini kutib turgan muammolar soni kundan kun oshib bormoqda. Professional liga saviyasi, futbol akademiyalari, kelishilgan o‘yinlar, moliyaviy muammolar shular jumlasidandir.

Xo‘sh bu kabi muammolarni kelib chiqishiga sabab nima? Muammolarga yechim topib bo‘ladimi o‘zi? O‘zbekiston Professional futbol ligasi qachon o‘z professionalligiga erishadi?

Falsafada – insonning biror ishni amalga oshira olish imkoniyati uch xil daraja bilan baholanadi. Ya’ni, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifaning faqat insonning o‘z xoxish-irodasiga bog‘liqligiga (yuqori imkoniyat), ijtimoiy qonunlarga bog‘liqligiga (o‘rta daraja) va tabiat qonunlariga bog‘liqligiga (eng past imkoniyat) qarab ushbu ishni bajara olish imkoniyati tasniflanadi. Bu falsafiy qarash bizning milliy futbolimizga to‘laqonli mos keladi. Sababi o‘zbek futbolidagi kamchiliklar zamirida yuqoridagi uch omil bilan bog‘liq muammolar yotibdi.

Agar chet el futboliga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ideal darajadagi liga o‘yinlari borligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari oliy ligalarining saviyasi, tarkibi, qonuniy va huquqiy asoslari, moliyaviy ta’minlanganlik jihatidan dunyo bo‘yicha yuqori o‘rinda turadi. O‘zbekistonda-chi?Bizda ahvol umuman boshqacha...

Avvaliga O‘zbekiston Oliy ligasi keyin Superligaga aylangan ligani hatto Angliya yoki Ispaniya uyog‘da tursin, futbolda unchalik tanilmagan mamlakat quyi ligasi bilan ham solishtirib bo‘lmaydi. Albatta, bularni isbotlashga kerakli asoslar yetarli.

Birinchidan, “professional” so‘zi avval boshidan ortiqchalik qilgan Professional futbol ligasi reglamentlari juda sayoz tuzilgan. Eng achinarlisi, PFL reglamentlari Superligada amal qilishi mumkin, lekin kezi kelganda quyi ligalarda ushbu reglament va qoidalar unutilib ham qo‘yiladi.

Birgina misol: o‘tgan 2018 yilgi Pro-liga o‘yinlarida o‘ynaydigan jamoalar hech qanday o‘tish o‘yinlarisiz e’lon qilindi. Eng qizig‘i, qur’a tashlash vaqti kelganda avval nomi e’lon qilingan “Xotira-79” jamoasi o‘rniga “Norin” jamoasi paydo bo‘lib qoldi. PFLning 2-darajadagi liga sifatida qaraladigan Proligasida ahvol shunday bo‘lgach, yana boshqa quyi liga o‘yinlari yoki klublarini tasavvur qilavering.

SUPERLIGADAGI MUAMMOLAR

2018 yil O‘FA hamda PFL kelishgan holda Superligada 14 ta jamoa qatnashishi kerak ekanligiga qaror qilgan edi. Oradan  bir yil o‘tgan bo‘lsada PFL o‘z so‘zida turdi va Superligadagi jamoalar sonini 14 taga yetkazdi. Faqat hech qanday qonun qoidaga amal qilmagan holda.

Ya’ni PFL reglamentiga ko‘ra Superligada quyi o‘rinlarni egallagan 3 ta jamoa yangi mavsumda “Proligadagi 3 ta jamoa bilan o‘rin almashishi kerak. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Superligada 12-o‘rinni egallagan jamoa Proligada 1-o‘rinni egallagan jamoa bilan o‘rin almashishi va o‘z navbatida qolgan 4 jamoa ligadagi o‘rinlariga qarab pley-off bahslarini o‘tkazishlari kerak edi. Qisman shunday bo‘ldi ham.

2018 yil mavsum yakunida Superligada 12-o‘rinni egallagan “Neftchi” jamoasi Pro-liga g‘olibi “Andijon”ga o‘rnini bo‘shatib berdi. Yuqorida aytganimizdek, 2019 yilgi mavsumda Superligada 14 ta jamoa o‘ynashi kerak edi. PFL masalaning yechimiga o‘zgacha yondoshdi va hech qanday asossiz Surxondaryoning “Surxon” va Samarqandning “Dinamo” jamoalariga Superliga eshiklarini ochib berdi.

Shu o‘rinda qiziq bir ma’lumotga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov “Futbol Ekspress”ga bergan intervyusida PFLning formatini yangilash, 12 ta jamoa emas 14 ta jamoa qatnashishi kerakligi xususida to‘xtalib, shunday deydi: “Masalan, men Andijon xalqi o‘z jamoasini Superligada ko‘rishini xohlayman. Chunki ular bunga munosib, yoki Samarqandni olaylik. Samarqandda ham albatta futbol bo‘lishi kerak”. Bizningcha Umid Ahmadjonov O‘FA birinchi vise-prezidenti bo‘lishi bilan bir qatorda yaxshigina bashoratchi ham... Xullas, xulosa o‘zingizdan.

PFLDA YASHIRIN VA TUSHUNARSIZ HOLATLAR KO‘P...

Ortda qolgan mavsum doirasida kuchli oltilikka peshqadamlikni boy bermagan va mavsum so‘nggida 3-o‘rinni yegallagan Namanganning “Navbahor” jamoasi qishki transfer oynasida qariyib 10 nafar futbolchisini yo‘qotdi. Nega yo‘qotdi deyotgandirsiz?

Sababi hech qaysi klub mavsumda omadli qatnashib turib o‘z tarkibidagi asosiy o‘yinchilarni boshqalarga “podarka” qilib yubormaydi. Agar e’tibor bilan qarasangiz ushbu transfer ortida nimadir borligini ko‘rishingiz mumkin. Chunki jamoalar bir yil mobaynida 3-4 nafargacha futbolchi sotib, keyin 5-6 tagacha transfer xarid qilganlariga guvoh bo‘lganmiz.

Lekin birdaniga 10 nafar futbolchining transfer bo‘lishi har qanday odamda shubxa uyg‘otadi. Ushbu transferning yana bir shubhali tomoni shundaki, 10 futbolchining 8 nafari Superligaga endigina jalb qilingan “Surxon” jamoasiga, 1 nafari “Dinamo ”, yana bir nafari esa “Paxtakor” jamoasiga o‘tganiligidir.

Xulosa: hayolingizda faqat bir savol gavdalanadi – bu majburiy transfer emasmi? PFL Superligada o‘zining ilk odimlarini tashlayotgan jamoalar saviyasini oshirish maqsadida ushubu transferni amalga oshirganligiga kim kafolat beradi? Shunday bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas deb bizga kim ayta oladi?

PFL FUTBOLCHILAR HAYOTIGA E’TIBORSIZ

Bu holatni bir futbolchi misolida isbotlashga harakat qilmoqchimiz. 2018 yil mavsum yakunida ko‘plab mojarolrga sabab bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining a’zosi Aziz Turg‘unboyevning ishi futbol muxlislarining e’tiboridan chetda qolmadi.

Ma’lum bo‘lishicha futbolchi bir vaqtning o‘zida ikkita – “Navbahor” hamda “Paxtakor” futbol klublari bilan shartnoma imzolagan. O‘FArasmiy saytining xabariga ko‘ra, voqea bunday bo‘lgan: Turg‘unboyevning “Navbahor” futbolchisi sifatida PFL ro‘yxatidan o‘tkazilgan shartnomasi 2018 yilning 30 noyabr kuni o‘z yakuniga yetgan.

O‘FA reglamentlariga ko‘ra futbolchi shartnomasi yakuniga 6 oy vaqt qolganida boshqa klublar bilan muzokaralar o‘tkazishi mumkin. Bu imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilgan “Paxtakor”2018 yilning 5 sentyabr kuni Turg‘unboyev bilan 2 yillik shartnoma imzolagan (bu shartnoma 2019yilning 1yanvaridan kuchga kirishi mo‘ljallangan edi).

Shu orada qiziq holat ro‘y beradi. “Navbahor” futbolchining Toshkent klubi bilan shartnomasi borligini bilsa-da, 2018yilning 29noyabr kuni Aziz Turg‘unboyevni yangi shartnomaga imzochekishga undaydi. Masalaning e’tiborli jihati shundaki, “Navbahor” futbol klubi 30noyabr kuni yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirmasdan yangi shartnoma imzolatgan. Qo‘shimchasiga, Turg‘unboyevga bo‘layotgan vaziyatni silliq hal etishga ishontirgan.

Mavsum yakuniga kelib esa PFL Aziz Turg‘unboyevni 2019yil 9iyulgacha futbolga aloqador barcha turdagi faoliyatdan diskvalifikasiya qilinishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. To‘g‘ri ko‘rib turganimizdek, yuqoridagi ikki klub hamda futbolchining aybi bilan bu ishlar sodir bo‘ldi, lekin shu paytgacha PFLning ko‘zi qayoqda edi? Futbol klublarining kichik turdagi faoliyatigacha aralashadigan PFLning ko‘zi nahot shu mojaroli ishni ko‘rmagan?

KLUBLAR MOLIYAVIY MUSTAQILLIKKA EGA EMAS

Milliy futbolimiz rivojiga to‘sqinlik qilayotgan omillardan yana biri – bu futbol klublarining moliyaviy mustaqillikka ega emasligidir. Futboli rivojlangan hech bir davlatda kuzatilmaydigan ushbu holatni bizning futbolimizda yetarlicha topish mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, O‘FA hamda PFL klublarning smetasiga, qaysi futbolchiga nech pul to‘lashi-yu, kimga qancha ko‘tarma puli berishigacha aralashar ekan. Bu qaysi jihatdan to‘g‘ri? PFLning izohlashicha, bu kabi aralashuvlarning sababi klublar pullarni to‘g‘ri sarflashi, o‘zaro kelishgan holda futbol uchun berilgan pullarni talon-taroj qilinmasligini nazorat qilib turish ekan.

Tasavvur qiling, PFL futbol klublarning transfer ishlariga, futbolchiga qancha maosh to‘lash, ko‘tarma pullari kabi har qanday moliyaviy masalasiga aralashsa, bu futbolchini arzon sotibsan, bu futbolchini qimmat sotib olibsan deb tursa, eng achinarlisi, futbolchiga yoki futbol klubiga sarflangan (davlat tomonidan sarflangan pullarning) pullarning to‘g‘ri sarflanishi hamda uning foydasidan manfaatdor bo‘lsa, “Professional” deb atalgan futbol ligasi qachon o‘z nomini oqlaydi?

Bizningcha, har bir futbol klubi har tomonlama mustaqil bo‘lishi kerak. Shundarivojlanish bo‘ladi. O‘zbek futboli bilan solishtirish noo‘rin bo‘lsa-da, Ispaniya futbolidan misol keltirishni joiz deb topdik. Yaqinda Ispaniyada futbolning YAIMdagi ulushi hamda mamlakatga qancha daromad olib kelayotgani haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Albatta, ideal futbol jamiyatida davlat futbol uchun pul sarflamaydi, aksincha, futbol davlatga daromad keltiradi. To‘g‘ri, hozircha biz bunday ahvolda emasmiz. Lekin yuqoridagi kabi xatolar, mavjud muammolar bartaraf qilinsa qachonlardir O‘zbekistonda ham futbol xuddi Ispaniya, Angliya, Germaniyadagidek rivojlanadi.

Jasurbek TOJIBOYEV, O‘zDJTU, xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 12:39, 30.05.2019. O'qildi: 4239 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.