Bugun 20 sentyabr, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 19.09.2025 18:30
      • OKMK
      • 5:1
      • Bunyodkor
      • 19.09.2025 19:00
      • Sho‘rtan
      • 0:0
      • Paxtakor
      • 20.09.2025 17:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 20.09.2025 18:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Navbahor
      • 20.09.2025 19:15
      • Neftchi
      • -:-
      • Dinamo
      • 21.09.2025 17:00
      • Andijon
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 21.09.2025 19:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Nasaf
  • «A» Seriya
      • 19.09.2025 23:45
      • Lechche
      • 1:2
      • Kalyari
      • 20.09.2025 18:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Jenoa
      • 20.09.2025 21:00
      • Verona
      • -:-
      • Yuventus
      • 20.09.2025 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Milan
      • 21.09.2025 15:30
      • Lasio
      • -:-
      • Roma
      • 21.09.2025 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Parma
      • 21.09.2025 18:00
      • Torino
      • -:-
      • Atalanta
      • 21.09.2025 21:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Komo
      • 21.09.2025 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Sassuolo
  • La-liga
      • 20.09.2025 00:00
      • Betis
      • 3:1
      • Real Sosyedad
      • 20.09.2025 17:00
      • Jirona
      • -:-
      • Levante
      • 20.09.2025 19:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Espanyol
      • 20.09.2025 21:30
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Osasuna
      • 20.09.2025 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Sevilya
      • 21.09.2025 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 21.09.2025 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Selta
      • 21.09.2025 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Atletiko
      • 21.09.2025 21:30
      • Elche
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 22.09.2025 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Xetafe
  • APL
      • 20.09.2025 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Everton
      • 20.09.2025 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Tottenhem
      • 20.09.2025 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 20.09.2025 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 20.09.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Lids
      • 20.09.2025 21:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Chelsi
      • 21.09.2025 00:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Brentford
      • 21.09.2025 18:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Nyukasl
      • 21.09.2025 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Aston Villa
      • 21.09.2025 20:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 21 42
3 Paxtakor 22 40
4 OKMK 22 40
5 Bunyodkor 22 38
6 Dinamo 20 38
7 Navbahor 21 33
8 Qizilqum 21 26
9 Surxon 22 25
10 So‘g‘diyona 21 24
11 Mash’al 22 22
12 Andijon 20 21
13 Qo‘qon-1912 21 21
14 Xorazm 21 19
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 22 12

O'tgan o'yinlar.

22-тур Surxon 0-0 Mash’al
22-тур OKMK 5-1 Bunyodkor
22-тур Sho‘rtan 0-0 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

20/09/25 Xorazm - Qo‘qon-1912
20/09/25 Buxoro - Navbahor
20/09/25 Neftchi - Dinamo
21/09/25 Andijon - So‘g‘diyona
21/09/25 Qizilqum - Nasaf

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4536 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1955 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.09.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Интернасьонал".
      10:00 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Бешикташ".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Мирасол".
      14:00 Чемпионат Турции. "Эюпспор" - "Галатасарай".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Аланьяспор".
      18:00 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Газиантеп". Прямая трансляция.
      00:00 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      00:45 "Всё о главном". Дмитрий Вязьмикин.
      01:15 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      02:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Атлетико Минейро". Прямая трансляция.
      04:30 "Третий тайм". Кирилл Фольмер.
      04:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Форталеза". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.09.2025

      07:20 "Спорт, который есть". "Городки".
      07:35 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. Кубок мира. Этап в Ставрополе, Россия. Комбинированная пирамида. Мужчины. 1/2 финала.
      09:30 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 4 с.
      10:15 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 8. Утренняя сессия.
      12:35 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Екатеринбурге.
      14:20 "Взойди на свой Олимп".
      14:55 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 8. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:30 Автоспорт. DTM. Этап 7 на трассе Ред Булл Ринг, Австрия. Гонка 2.
      20:00 Бильярд. Кубок мира. Этап в Ставрополе, Россия. Комбинированная пирамида. Мужчины. 1/2 финала.
      21:35 "Тайны звёзд спорта".
      22:05 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Екатеринбурге.
      23:45 "Страна спортивная".
      00:05 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 8. Вечерняя сессия.
      03:55 "Взойди на свой Олимп".
      04:30 Автоспорт. DTM. Этап 7 на трассе Ред Булл Ринг, Австрия. Гонка 2.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.09.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Греко-римская борьба. Чемпионат мира в Хорватии. День 7.
      06:55 LIVE Фигурное катание. Олимпийский отборочный турнир в Китае. Мужчины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      11:00 Новости.
      11:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 М/с "Чемпионы".
      12:25 LIVE Регби. Pari Чемпионат России. "Красный Яр" (Красноярск) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      14:25 LIVE Фигурное катание. Олимпийский отборочный турнир в Китае. Женщины. Произвольная программа. Прямая трансляция.
      18:50 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:10 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Реал Мадрид" - "Эспаньол". Прямая трансляция.
      21:15 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 9-й тур. "Динамо" (Махачкала) - "Локомотив" (Москва). Прямая трансляция.
      23:35 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Удинезе" - "Милан". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      03:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 8 на автодроме "Казань Ринг Каньон".
      03:55 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 8. Вечерняя сессия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.09.2025

      08:30 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 12 эп.
      09:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. 1/4 финала.
      11:30 Велоспорт. Тур Словакии. Этап 3.
      12:30 Велоспорт. Тур Люксембурга. Этап 3.
      13:00 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 12 эп.
      13:30 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 8. Сессия 1.
      15:00 LIVE Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 8. Сессия 2. Прямая трансляция.
      18:30 LIVE Велоспорт. Тур Словакии. Этап 4. Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Велоспорт. Тур Люксембурга. Этап 4. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      21:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      21:45 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Мужчины. Даунхилл.
      22:45 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      02:30 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 8. Обзор.
      03:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. 1/2 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temir taxtning taqdiri

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Nima deb o‘ylaysiz, navbatdagi «Oltin to‘p»ni o‘z sohibiga topshirish vaqti kelganida 2019 yil yakuni bo‘yicha Lionel Messini ortda qoldira oladigan iqtidor egasi topilarmikan?

«Barselona» o‘ta bema’ni va sharmandali tarzda YECHL turniridan chetda qolgan pallada dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovringa kataloniyaliklar sardoridan munosibroq nomzodni bilasizmi? Biroq hozir gap futbolchining individual mahoratiga beriladigan mukofot haqida ketmoqda. Leo esa bu borada tengsiz, hatto Mbappe ham bahslashish noo‘rin deb hisoblamoqda.

«Barselona» qiroli La Liganing temir taxtiga viqor bilan joylashib oldi. 38 sahnali serialning bunday intihosi «blaugranas»ga yoqib tushgani aniq. Ispan futbolidagi taxt talashuvi uzoq yillarga cho‘zildi. Ammo Ronaldu ketgach, uning yagona raqobatchisiga munosib qarshilik ko‘rsata oladigan futbolchi butun bir La Ligada yo‘q ekanligi ma’lum bo‘ldi. Darvoqe, liga yakunlarini o‘rganish jarayonida chempionning muammolari ham bo‘y ko‘rsata boshladi. Nafaqat «Liverpul»dan qabul qilingan 0:4 hisobidagi sharmandalik, balki «Yuventus» va «Roma»ga qarshi bellashuvlardagi alamli mag‘lubiyatlar ham «Barsa»dan yozgi transferda faollikni talab etadi. Oxirgi chempionlik unvoni esa turnirdagi qulay vaziyat hamda bir futbolchining samarali harakatlari evaziga qo‘lga kiritildi.

Ya’ni, asosiy ta’qibchi hisoblangan «Real» mavsumni 18ta, jumladan, La Ligada 12ta mag‘lubiyat bilan yakunlab, 68 ochko bilan kifoyalandi. «Atletiko»ning urinishlari ham samara bermadi, Simeone shogirdlari g‘olibdan 11 ochkoga ortda qolib ketishdi. Ana shu sustkashlik peshqadamga xotirjamlik bilan to‘p surish imkonini berdi, jamoa 27 ochko yo‘qotgan holda shohsupaga ko‘tarildi. Kamtarona 87 ochko bundan avval qachon chempionlikni ta’minlay olganini bilasizmi? 2009 yilda. O‘shanda «Barselona» «Real»dan sezilarli darajada o‘zib ketgan, ammo u ham, ta’qibchi ham tez-tez ochko yo‘qotishgandi.

Lekin 10 yil burun Kataloniya grandi Yevropani titratgan, YECHL finalida «MYU»ni 2:0 hisobida mahv etgandi. Bu yil esa ikki nafar futbolchining mahorati g‘oliblikni ta’minladi. Albatta, bu bilan qolganlar yulduz emaslar, degan fikrdan yiroqmiz. Masalan, Toni Kroos mavsumni bo‘sh o‘tkazgan bo‘lsada, «Real» unga yangi shartnomani taklif etdi. Axir aytishadi-ku, shakl o‘zgarishi mumkin, saviya esa saqlanib qolaveradi.

Biroq «Barselona» bu mavsumda ikki o‘yinchisining yuksak mahorati tufayli o‘z unvonini himoya qildi. O‘z darvozasi oldida Ter Shtegen, raqib darvozasi qarshisida esa Messi muvaffaqiyatga zamin tayyorladi. Ayniqsa, hujumchining hissasi salmoqli bo‘ldi. Keling, bu borada faktlar va raqamlar guvohlik bera qolishsin. Yakunlangan mavsumda Leo 36ta gol va 13ta samarali uzatmani amalga oshirib, 49 ballga ega bo‘ldi. Bu «Barsa» gollarining 44 foiziga teng. Umuman, 2018|2019 yillar mavsumini Messining ko‘rsatkichlariga qiyosan ko‘radigan bo‘lsak, «o‘zga sayyoralik»ning yaqqol ustunligiga amin bo‘lamiz.

Eng yaxshi snayper - Lionel Messi

Yuqorida zikr etilganidek, argentinalik hujumchining 36 goli navbatdagi «Oltin butsa»ning mezonidir. Leodan 4 ballga ortda qolayotgan Kilian Mbappeda sovringa sherik bo‘lish uchun bitta imkoniyat bor edi. Lekin fransiyalik to‘purar so‘nggi turda bitta gol bilan kifoyalandi va Messining g‘alabasini tan oldi.

Eng yaxshi assistent - Lionel Messi

Leo ijrosidagi 13 uzatmani 8 nafar jamoadoshlari golga aylantirishdi. Bu ko‘rsatkich «Barsa»ning o‘yinlari Messining «dirijyor»ligi ostida o‘tishini isbotlaydi. «Sevilya» vakili Sarabiya hisobida shuncha samarali uzatma bor, biroq u ham Leodan o‘zib keta olmadi.

Zarbalar soni bo‘yicha yetakchi - Lionel Messi

Har o‘yinda o‘rtacha 5ta zarba. La Ligada bu natijaga yaqinlasha olgan futbolchi yo‘q. Umumiy hisobda Messi 170 marta darvozani ishg‘ol etishga urinib ko‘rgan. «Rayo Valyekano» hujumchisi Raul de Tomas 115ta, «Atletiko» vakili Antuan Grizmann 113ta zarba berishgan.

AniQ zarbalar ustasi - Lionel Messi

Mavsum davomida Messi 87 marta aniq zarbalarni amalga oshirdi. Aniqlik foizi 51ga teng. Yana 10ta zarba darvoza to‘sini yoki ustunlarini titratgan. To‘g‘ri, Suaresning ko‘rsatkichi ham chakki emas - 58ta aniq zarba. Lekin ularni golga aylantirish foizi bo‘yicha Messi oldinda - 41,4ga 36,2.

Yaratilgan Qulay

vaziyatlar - Lionel Messi

Ta’kidlash joizki, tahlilda qaysidir bir jamoaning emas, La Liga vakillarining natijalari inobatga olingan. Biroq Messining ustunligi shunchalik sezilarliki, barcha nominasiyalarda u yaqqol peshqadam. Qulay vaziyatlarni yuzaga keltirish borasida Leo 92 ball to‘pladi. Undan keyingi o‘rinni band etgan Grizmann 74, Kasorla 72ta vaziyat yaratishgan. Ko‘rib turganimizdek, agar Antuan «PSJ»ni tanlamay, «Barselona»ga o‘tsa, Kataloniya klubining hujumkorlik qudrati yanada oshadi.

MuvaffaQiyatli aldamchi harakatlar - Sofyan Bufal

Kutilmagan natija, to‘g‘rimi? Ammo bu ayni haqiqat. «Sautgempton»dan ijaraga olingan marokashlik «mushketyor» argentinalik kasbdoshi bilan bir xil - 224 urinishdan foydalangan holda yuqoriroq ko‘rsatkichni qayd etdi. Qolgan yuksak texnika sohiblarining natijalari ancha past. Bufal foydali ish koeffisiyenti bo‘yicha ham Leodan oldinroqda.

Qulay vaziyatlardan samarali foydalanish - Lionel Messi

Argentinalik merganga «Barselona» 26ta gol urish imkoniyatini bergandi. U esa 36ta gol urib, topshiriqni ortig‘i bilan ado etdi! Hatto «Selta» vakili Aspas ham Messining «changi»da qolib ketdi. Primeroning boshqa to‘purarlari ham. Suares esa aksincha, yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmadi.

Eng zo‘r imkoniyatlarni yaratish - Lionel Messi

Hayrat va hayajon, yana Messi tengsiz! Pablo Sarabia va «Alaves»lik Xonilar urinib ko‘rishdi. Lekin Leo hammadan abjirroq. Bu borada kataloniyaliklar sardori Grizmanndan qariyb ikki baravar oldinda. Denis Cherishev Messiga nisbatan 1000 daqiqa kamroq o‘ynagan bo‘lsada, Antuandan yaxshiroq natijani qayd etdi.

Jarima maydonchasi tashQarisidan va jarimalardan urilgan gollar - Lionel Messi

36 goldan 9tasini argentinalik mergan jarima maydonchasiga kirmagan holda amalga oshirgan. Qolaversa, u penaltiga nisbatan standart vaziyatlardan ko‘proq (4 va 6) gol urgan. Keyingi o‘rinlardagi Telyo hamda Grizmanning natijalari ikki martaga ozroq. Olis masofadan yo‘llagan 3ta aniq zarbasi Leoga mutlaq chempion maqomini naqd qildi. U mavsum davomida 7ta «dubl» va 3ta «xet-trik»ka erishdi, 10 uchrashuvda 19ta gol urdi!

O‘yindan yaratilgan Qulay vaziyatlar - Lionel Messi

Agar siz tajribali hujumchi endi standart vaziyatlar ustasiga aylanib olgandirda, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, yanglishasiz. Jamoadoshlari uchun yaratilgan 92 qulay vaziyatning 78tasini Leo o‘yin sharoitida amalga oshirgan. Ulardan foydalanish samaradorligi 14 foiz emas, sal yuqoriroq bo‘lganida, top-chempionatlar o‘rtasidagi eng yaxshi assistent unvoni Eden Azarga emas, Messiga nasib etardi. Kataloniyaliklarning Grizmannga qiziqishayotgani bejiz emas, «Barsa» Messining uzatmalarini golga aylantira oladigan hujumchiga muhtoj.

RaQib darvozasi oldidagi uzatmalar - Lionel Messi

«Barselona» o‘yinni yuqorida, ya’ni o‘z jarima maydonchasidan imkoni boricha olisroq hududda tashkil etishini mazkur nominasiyada uning vakili g‘olib chiqqani ham isbotlaydi. Raqib jamoalar hududida amalga oshirilgan uzatmalar bobida Messi, Alba va Rakitichga tenglasha oladigan o‘yinchilar La Ligada mavjud emas.

Jordi va Ivanning jamoaviy o‘yindagi ulushlari sezilarli bo‘lsada, Leoning ko‘rsatkichidan ancha orqada. Leo hisobidagi 1139 uzatma o‘yin paytida uni to‘xtatib qolishning umuman iloji yo‘qligidan dalolat beradi. Messi yetakchiligidagi hujum chizig‘i haqli ravishda eng yuksak sermahsullikni (90 gol) qayd etdi, ter Shtegenning jasorati (85 «seyv») yakunda 2-o‘rinni olgan bo‘lsada, unvonni himoya qilish uchun yetarli bo‘ldi. Aniqrog‘i, jamoaning bir qator nursiz o‘yinlari yorqin hujumchi va darvozabonning yog‘dusi ostida sezilmay qoldi. Lekin afsonaviy to‘purarning porloq davri o‘tib borayotganini tan olishga majburmiz. Messi ham ko‘makka muhtoj. «Barselona» Grizmann, de Yong, de Ligt, ushalmas orzu maqomidagi Mbappe yoki undan qolishmaydigan sermahsul hujumchiga ehtiyojmand ekaniga shubha yo‘q. Leo o‘zining betakror o‘yini bilan muxlis-u mutaxassislarga tegishli choralarni ko‘rish uchun oraliq mavsumni tuhfa etdi. Biroq yolg‘iz uning mahorati evaziga uzoqqa borib bo‘lmasligi aniq. Shunday ekan, «Barselona» yangi mavsum tadorigini hozirdan boshlashi lozim. Unda ajoyib tarkibni shakllantirish imkoniyati mavjud: de Ligt - de Yong - Grizmann uchligi muammoning asosiy qismini bartaraf etishga qodir. Messi esa hech qayerga ketmoqchi emas, salomatligi talab darajasida. Qisqasi, Leoni inobatga olmaydigan bo‘lsak, jamoa barcha chiziqlarda qo‘shimcha kuchlarga ehtiyoj sezayotgandi, hatto ikkinchi darvozabonni izlashga kirishgandi.

Ha, Leo - asosiy chempion. Endi jamoa uning atrofiga munosib ijrochilarni to‘plashi kerak. Bu esa anchayin murakkab jarayon. Dembele, Malkom va Koutinyo tajribasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, qirolning ko‘nglini ovlash hech qachon oson bo‘lgan emas. Bu vazifani jamoa qay darajada uddalay olganligi yangi mavsumda ayon bo‘ladi.

Albatta, bu mavsumda Lionel jamoaga bir qator muhim g‘alaba va duranglarni tuhfa etdi, «arava»ni bir o‘zi tortdi. Bu shunchalik yaqqol namoyon bo‘ldiki, maydonda yagona qirol qolganligini butun liga tan oldi. Nahotki, Messi va Ronaldu o‘rtasidagi uzoq yillik raqobat shunday intiho topsa? Raqibidan ikki yosh katta bo‘lgan Krishtianu Italiyaga yo‘l olgach, «Real», «Atletiko» va «Barselona»da Leo bilan munosib bellasha oladigan futbolchi qolmagani ma’lum bo‘ldi. Ha, o‘zining 32 yoshini nishonlash ostonasida turgan dahocha Ispaniyadagi eng yorqin mavsumini o‘tkazdi. Xo‘sh, yangi mavsumda maydonga tushganida qirol futboldagi inqirozlar ma’budiga nima deydi? «Bugun emas!»

Manba: IFF
Kiritildi: 10:40, 03.06.2019. O'qildi: 4278 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 13
2 Насаф Husayn Norchayev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 12
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
9 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
10 Сурхон Rustam Turdimurodov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.