Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qizil» bayram yoxud barchasi YECHL haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Liverpul» nihoyat, sovrinsizlik domidan chiqdi. «Qizillar» 2012 yili Angliya Liga kubogini yutishgani bo‘yicha biror sovrin olishmagandi.

Mana, endi Yevropa Chempionlar Ligasi bosh sovrini - «shalpanquloq» kubokni bo‘ysindirishdi. O‘zi «Tottenxem»ga qarshi kechgan final Yurgen Klopp drujinasi uchun juda omadli boshlandi. Ilk hujumdayoq Sadio Mane to‘pni jamoadoshlari tomon uzatganida, u jarima maydonchasi ichida turgan Mussa Sissoko qo‘liga tegdi - penalti.

Muhammad Saloh esa vaziyatdan foydalanib, hisobni ochdi. Mersisaydliklar bunday ssenariyni rejalashtirishganmi yoki yo‘q - bunisi aniq emas, ammo ular tezda hisobdan kelib chiqib o‘ynashga o‘tishdi. Ya’ni tartibli himoyalanib, raqib xatosini kuta boshlashdi. «Tottenxem» ham tanaffusga qadar aytarli xavfli vaziyat yaratolmadi.

Xususan, hali sport formasini tiklay olmagan Garri Keyn ham jamoasiga naf berolmadi. Ikkinchi bo‘limda Maurisio Pochettino tavakkalga qo‘l urib, yarim himoyachi o‘rniga hujumchi Lukas Mourani tushirdi. Natijada «shporlar» o‘yinida hujumkorlik oshdi, zarbalar ko‘paydi. Bu vaqtda «Liverpul» posboni Alisson Beker barcha zarbalarni bartaraf etib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Boz ustiga, o‘yin tugashiga 3 daqiqqolganida, mersisaydlar barchasiga nuqta qo‘yishdi - yarim final qahramonlaridan biri Divok Origi o‘tkir burchak ostida yerlatib zarba yo‘llagach, «Tottenxem» butunlay taslim bo‘ldi - 0:2. 

tottenxem - LIVERPUL - 0:2 (0:0)

1 iyun. Madrid. «Vanda Metropolitano» stadioni. 63272 tomoshabin.

Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya).

Gollar: Saloh (2-pen.), Origi (87).

Tottenxem: Lyoris, Trippyer, Alderveyreld, Vertongen, Rouz, Sissoko (Dayer, 74), Uinks (Lukas Moura, 66), Eriksen, Alli

(Lyorente, 82), Son Xyun Min, Keyn.

Liverpul: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Xenderson, Fabinyo, Veynaldum (Milner, 62), Saloh, Firmino

(Origi, 58), Mane (Gomes, 90).

 

                            O‘yin statistikasi

 

       tottenxem                                      liverpul

 

                                   KO‘RSATKICHLAR

78                           Hujum                                  68

51                           Xavfli hujum                      40

16                           Zarba                                   10

9                             Aniq zarba                           5

8                             Burchak to‘pi                          9

3                             «Ofsayd»                             2

5                             Qoida buzish                        6

0                             Sariq kartochka                     0

61 foiz            To‘pni nazorat qilish             39 foiz

 

FINAL QAHRAMONI - VIRJIL VAN DEYK

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk CHL finalining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. Laureatni taniqli murabbiylar - Devid Moyes, Garet Sautgeyt va Roberto Martinesdan iborat UYEFAning texnik kuzatuvchilari guruhi aniqladi. «Van Deyk yetakchilik xususiyatlarini namoyon etib, «Liverpul» himoyasida bosh rolni bajardi. U to‘pni olib qo‘yishda va hal qiluvchi vaziyatlarda sovuqqon harakati bilan ajralib turdi», - dedi texnik guruh rahbari Tomas Shaaf.

 

CHK|CHLning barcha g‘oliblari

2018-2019  - Liverpul (Liverpul, Angliya)

2017-2018  - Real (Madrid, Ispaniya)

2016-2017  - Real (Madrid, Ispaniya)

2015-2016  - Real (Madrid, Ispaniya)

2014-2015 - Barselona (Barselona, Ispaniya)

2013-2014 - Real (Madrid, Ispaniya)

2012-2013 - Bavariya (Myunxen, Germaniya)

2011-2012 - Chelsi (London, Angliya)

2010-2011 - Barselona (Barselona, Ispaniya)

2009-2010 - Inter (Milan, Italiya)

2008-2009 - Barselona (Barselona, Ispaniya)

2007-2008 - MYU (Manchester, Angliya)

2006-2007 - Milan (Milan, Italiya)

2005-2006 - Barselona (Barselona, Ispaniya)

2004-2005 - Liverpul (Liverpul, Angliya)

2003-2004 - Portu (Portu, Portugaliya)

2002-2003 - Milan (Milan, Italiya)

2001-2002 - Real (Madrid, Ispaniya)

2000-2001 - Bavariya (Myunxen, Germaniya)

1999-2000 - Real (Madrid, Ispaniya)

1998-1999 - MYU (Manchester, Angliya)

1997-1998 - Real (Madrid, Ispaniya)

1996-1997 - Borussiya (Dortmund, Germaniya)

1995-1996 - Yuventus (Turin, Italiya)

1994-1995 - Ayaks (Amsterdam, Gollandiya)

1993-1994 - Milan (Milan, Italiya)

1992-1993 - Marsel (Marsel, Fransiya)

1991-1992 - Barselona (Barselona, Ispaniya)

1990-1991 - Srvena Zvezda (Belgrad, Yugoslaviya)

1989-1990 - Milan (Milan, Italiya)

1988-1989 - Milan (Milan, Italiya)

1987-1988 - PSV (Eyndxoven, Gollandiya)

1986-1987 - Portu (Portu, Portugaliya)

1985-1986 - Styaua (Buxarest, Ruminiya)

1984-1985 - Yuventus (Turin, Italiya)

1983-1984 - Liverpul (Liverpul, Angliya)

1982-1983 - Gamburg (Gamburg, Germaniya)

1981-1982 - Aston Villa (Birmingem, Angliya)

1980-1981 - Liverpul (Liverpul, Angliya)

1979-1980 - Nottingem Forest (Nottingem, Angliya)

1978-1979 - Nottingem Forest (Nottingem, Angliya)

1977-1978 - Liverpul (Liverpul, Angliya)

1976-1977 - Liverpul (Liverpul, Angliya)

1975-1976 - Bavariya (Myunxen, Germaniya)

1974-1975 - Bavariya (Myunxen, Germaniya)

1973-1974 - Bavariya (Myunxen, Germaniya)

1972-1973 - Ayaks (Amsterdam, Gollandiya)

1971-1972 - Ayaks (Amsterdam, Gollandiya)

1970-1971 - Ayaks (Amsterdam, Gollandiya)

1969-1970 - Feyenoord (Rotterdam, Gollandiya)

1968-1969 - Milan (Milan, Italiya)

1967-1968 - MYU (Manchester, Angliya)

1966-1967 - Seltik (Glazgo, Shotlandiya)

1965-1966 - Real (Madrid, Ispaniya)

1964-1965 - Inter (Milan, Italiya)

1963-1964 - Inter (Milan, Italiya)

1962-1963 - Milan (Milan, Italiya)

1961-1962 - Benfika (Lissabon, Portugaliya)

1960-1961 - Benfika (Lissabon, Portugaliya)

1959-1960 - Real (Madrid, Ispaniya)

1958-1959 - Real (Madrid, Ispaniya)

1957-1958 - Real (Madrid, Ispaniya)

1956-1957 - Real (Madrid, Ispaniya)

1955-1956 - Real (Madrid, Ispaniya)

 

 

O‘yindan keyingi fikrlar

Muhammad Saloh («Liverpul» hujumchisi): - Juda xursandmiz, ketma-ket ikkinchi marta finalda maydonga tushganimdan ham. Bu safar 90 daqiqa o‘ynadim. Asosiysi, bugun bor kuchimizni ishga soldik. Hech kim o‘zini o‘ylamadi. Kelasi mavsumda APLda ham VARni ko‘ramiz, ammo hozirning o‘zida bu texnologiya menga yoqyapti. U zo‘r! Futbolchilik faoliyati uchun ko‘p qurbonliklar qilganman. Avvaliga qishloqdan Qohiraga ko‘chib o‘tdim, keyin yuqori saviyada to‘p suradigan misrlikka aylandim. Barchasi men uchun hayratlanarli...

Maurisio Pochettino («Tottenxem» bosh murabbiyi): - Oxirigacha kurashgan shogirdlarimdan faxrlanaman. Bizga omad yetishmadi - birinchi golni penaltidan qo‘yib yubordik. Ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik va jang qildik. Bundan faxrlansam arziydi. Biroq omad biz tomonda bo‘lmadi. Finalni 0:1 hisobi bilan boshlash oson emas. O‘yin rejasini o‘zgartirishdan o‘zga choramiz qolmadi. Bunday penaltilarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishning iloji yo‘q. Ruhan juda og‘ir bo‘ldi. Tajriba orttirishni o‘rganishimiz kerak. «Liverpul» o‘tgan yili xuddi bizning holatimizga tushgandi. Qo‘l ostimdagi jamoadan juda xursandman. «Liverpul»ni esa g‘alaba bilan tabriklayman.

Yurgen Klopp («Liverpul» bosh murabbiyi): - Jamoamga oson emasdi - salkam 3 hafta o‘yin amaliyotisiz qoldik. Finalda eng muhimi - natija. Yigitlar hech bir jabhada raqibga imkon berishmadi. Aynan shu jihat muhim edi. Alisson bir nechta ajoyib «seyv»larni amalga oshirdi. Ko‘p gapirmoqchi emasman, chunki biz g‘alaba qozondik. Shunchaki, yutuqdan rohatlanmoqchiman. Ehtiroslar avjiga chiqqan kecha, ammo barchasini bosiqlik bilan qabul qildim. Aslida men uchun kubok yutish u qadar muhim emasdi. Hammasidan ham yigitlarning aynan shu sovrin uchun jon-jahdlari bilan kurashganlari yoqdi.

Ugo Lyoris («Tottenxem» darvozaboni): - Juda tezkor gol raqibga katta ishonch bag‘ishladi. Bu aniq. Hammasi vaziyatlarni, ayniqsa, hal qiluvchi lahzalarni aql bilan boshqarishga bog‘liq. Qanchalik kuchli bo‘lmaylik, hal qiluvchi vaziyatlarni samarali yakunlay olmadik. Tezkor goldan keyin ham jamoaviy o‘yin borasida yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. Ammo o‘yinni bu taxlit davom ettirish oson emasdi. Og‘riqli yakun. Umuman olganda, yana bu kabi imkoniyatga ega bo‘lish-bo‘lmasliging haqida hech qachon bilolmaysan...

 

final faktlari

«Liverpul» o‘z tarixida 6-marta, Yurgen Klopp esa ilk bora Yevropa CHL|CHK g‘olibiga aylandi. Natijada mersisaydliklar bu borada 5 karra g‘oliblar - «Barselona» va «Bavariya»dan o‘zib ketishdi. «Qizillar»dan oldinda «Milan» (7ta kubok) va «Real» (13) bor, xolos.

«Liverpul» muzeyidagi yevrokubok soni 12taga yetdi. Mersisaydliklar bu borada Angliya klublari orasida yaqqol peshqadam. 2-o‘rindagi «MYU» hisobida 6ta sovrin bor. «Liverpul» CHL|CHKda 6 marta zafar quchishdan tashqari, UYEFA kubogi va Yevropa superkubogida 3 martadan g‘olib chiqqan.

Muhammad Saloh CHL finali tarixida urilgan 2-eng tezkor gol muallifiga aylandi. Eng yuqori natija 2005 yilgi finalda qayd etilgan. O‘shanda «Milan» sardori  Paolo Maldini 55-soniyada aynan «Liverpul» darvozasini nishonga olgandi. Maldini hamda Salohdan keyingi o‘rinda Gaiska Mendyeta bor. U 2001 yilgi mavsum finalining 3-daqiqasi penaltini aniq bajarib, «Bavariya» posbonini ranjitgandi.

Muhammad Saloh CHL finalida gol urgan afrikalik beshinchi va misrlik birinchi futbolchidir. Undan oldin afrikaliklardan  Rabah Majer («Portu», 1987 yil), Samuel Eto~O («Barselona», 2006 va 2009 yillar), Didye Drogba («Chelsi», 2012 yil) va Sadio Mane («Liverpul», 2018 yil) kabi futbolchilar finalda gol quvonchini tuyishgandi.

«Liverpul» hujumchisi Divok Origi finalda jamoasining 2-golini urib, g‘alabaga katta hissa qo‘shdi. Diqqatga sazovor tomoni, belgiyalik futbolchi CHLning 8ta uchrashuvida maydonga tushib, raqiblar darvozasi tomon 3ta aniq zarba berib, 3ta gol urdi. U avvalgi 2ta golini yarim final javob bahsida «Barselona» darvozasiga urgandi.

«Liverpul» hujumchisi Daniel Starrij ham g‘aroyib natijaga erishdi. Squawka xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi CHL bosh sovrinini Angliyaning 2ta jamoasi bilan qo‘lga kiritgan yagona futbolchi bo‘ldi. U 2012 yili «Chelsi» safida zafar quchgandi.

«Liverpul» himoyachisi Trent Aleksander-Arnold CHL finalida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi (20 yosh 7 oy 25 kun).

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi CHL-2018|2019 bosh to‘purari bo‘ldi. 10ta uchrashuvda 12ta gol urgan 31 yoshli argentinalik poygada «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski (8ta o‘yinda 8 gol)ni ortda qoldirdi. Shu tariqa Leo o‘zining asosiy raqobatchisi - Krishtianu Ronalduning 3 yillik hukmronligini to‘xtatdi. Ta’kidlash lozim, CHL tarixida eng ko‘p to‘purar bo‘lgan futbolchi Ronaldudir - 7 marta. Messi esa 6-karra birinchi bo‘ldi.

Endi «Liverpul» EL g‘olibi - «Chelsi» bilan yana bir supersovrin uchun kurash olib boradi. Hisob bo‘yicha 44-Evropa superkubogi uchun bahs 14 avgust kuni Istanbul shahrida joylashgan «Vodafon-Arena» stadionida o‘tkaziladi.

 

CHL-2018|2019 RAMZIY TERMA JAMOASI

UYEFA CHL-2018|2019 yakuniga qarab, turnirning ramziy terma jamoasini shakllantirdi. Unda 20 nafar futbolchi bor. Eng ko‘p vakil «Liverpul»dan - 6 nafar.

Darvozabonlar: Alisson («Liverpul»), Mark-Andre ter Shtegen («Barselona»)

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Endryu Robertson («Liverpul»), Matteys de Ligt («Ayaks»), Yan Vertongen («Tottenxem»)

Yarim himoyachilar: Jorjinyo Veynaldum («Liverpul»), Frenki de Yong («Ayaks»), David Neres («Ayaks»), Dushan Tadich («Ayaks»), Mussa Sissoko («Tottenxem»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Rahim Sterling («Manchester Siti»), Tangi Ndombele («Lion»)

Hujumchilar: Hakim Ziyeh («Ayaks»), Sadio Mane («Liverpul»), Lukas Moura («Tottenxem»), Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»)

Manba: IFF
Kiritildi: 19:14, 04.06.2019. O'qildi: 4644 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.