Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ushbu rukndagi navbatdagi ma’lumotlarni yetkazishda davom etamiz.

Fabian Ruisning ishtaxasi karnay

«Napoli» klubining ispaniyalik yarim himoyachisi Fabian Ruis o‘z maoshini 2 barobar oshirishlarini talab etmoqda”, - deb xabar bermoqda  «Il Matino» nashri.
Ispaniyalik iqtidor hozirda yiliga 1,5 million yevro maosh olmoqda. U «Real Madrid» klubiga o‘tmaslik evaziga bu summani 3 millionga aylanishini istamoqda. Ana shundagina yosh va iqtidorli futbolchi klubda qolishi mumkin.
Yaqindagina Ispaniya (U 21) jamoasi bilan xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lgan futbolchi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va ko‘plab klublar e’tiborini o‘ziga qaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Yakunlangan mavsum davomida 34 ta uchrashuvda maydonga tushgan Fabian Ruiz hisobida 7 gol va 4 ta golli uzatma mavjud.

«PSJ» yangi himoyachi qidirmoqda

Gollandiyalik himoyachi De Ligtning transferi amalga oshmagach, Parij klubi o‘z e’tiborini boshqa himoyachiga qaratishni boshladi.
Unga ko‘ra jamoaning yangi nishoni «Barselona» klubining fransiyalik futbolchisi Samuel Umtit bo‘ladi. Hozirda Katoloniya super klubida asosiy tarkibdagi o‘rnini boy berib qo‘ygan futbolchi APLdan tushgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda.
Futbolchining agenti Samuel o‘z Vataniga qaytishni juda istayotganini yashirib o‘tirmayapdi. Kuni kecha  boshlangan muzokalar ijobiy amalga oshsa, Umtiti tez orada «PSJ» futbolchisiga aylanadi. Uning transfer qiymati 60 million atrofida baholanmoqda.

Stefan El Shaaravi Ahmedov oldiga yo‘l olmoqda

Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi Stefan El Shaaravi deyarli Xitoy klubiga o‘tib bo‘ldi. Futbolchining keyingi jamoasi «Shanxay Shenxua» klubi bo‘ladi.
«Roma» futbolchi ortida 18 million yevro miqdorida pul ishlab oladi. Eng qizig‘I shundaki, futbolchining yillik maoshi 16 millionni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshlik futbolchi  o‘tgan mavsumda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol kiritgan edi.

Falkao klubini o‘zgartiradi

«Monako» klubi hujumchisi Rodamel Falkao o‘z klubini o‘zgartirish arafasida turibdi. «L’E Quipe» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra futbolchining keyingi manzili Turkiyaning «Galatasaroy» klubi bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, futbolchining o‘zi yana biroz muddat katta futbol havosidan nafas olish  niyyatida. Unga hozirning o‘zida «MLS» klublaridan va Arab jamoalaridan takliflar yetarlicha bo‘lmoqda.
33 yoshlik futbolchining o‘zi esa, yana bir mavsum yuqori formada kuchli chempionatda to‘p sura olishiga ishonmoqda.

Diyego Kosta ortga qaytmoqda

«Atletiko Madrid» klubi hujumchisi Diyego Kosta Angiliyaning «Everton» klubining qizishlari doirasiga tushib qoldi. Gap shundaki, klub egasi sanaladigan eronlik Farad Mosharining futbolchining transferini amalga oshishi uchun istalgan summani berishini ta’kidlab o‘tgan.
Kostaning o‘zi APLga qaytishni sira istamayapti. U faoliyatini aynan «Atletiko Madrid» klubida yakunlashni reja qilmoqda. Bu mavsumda atigi 3 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilganiga qaramasdan, unga transfer oynasida qiziqish o‘ganicha yo‘q. «Everton»dan tashqari Kostaga «MLS»dan bir nechta takliflar kelib tushgan. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

«Liverpul» «Tottenhem» bilan jiddiy kurashga kirishdi

Xabaringiz bor, «Tottenhem» klubi «Real Madrid» yarim himoyachisi Daniyel Sebalosning transferini amalga oshirish uchun tinimsiz harakatlar olib bormoqda. Ular futbolchini qo‘lga kiritish maqsadida Eriksonni ham berishga tayyor ekanligini oldingi sonlarimizda aytib o‘tgan edik. Endilikda futbolchi uchun yangi da’vogar paydo bo‘ldi…

«Liverpul» klubi «Shporlar»ning asosiy transfer maqsadini qo‘lga kiritish uchun jiddiy bel bo‘glashgan. Gap shundaki, shaxsan Klopp Sebalosning o‘yinlari bilan qiziqib qoldi va uni o‘z jamoasida ko‘rish niyyatida. Moliyaviy tomondan olib qaralasa, «qizillar»da transferni amalga oshirish imkoni ko‘proq. «Tottenhem» Sebalosni ijaraga olmoqchi edi, «Liverpul» birinchi taklifning o‘zidayoq futbolchiga 45 million yevro taklif qilmoqda. Hozirda «Real Madrid» uchun bu ayni muddao bo‘lishi mumkin. Qisqacha qilib aytsak, «Liverpul» klubi «Tottenhem»ning og‘zidagi oshni ilib ketadigan ko‘rinadi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 10:32, 07.07.2019. O'qildi: 17358 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик