Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oltin qafasdagi futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hozirgi kunda futbolchi va klub tomonidan tuzilgan shartnomalar futbolchining taqdirini o‘zgartirib yuborishi hech gap emas. Bugun o‘zining juda baland maoshiga o‘ralashib futboldan tobora uzoqlashib borayotgan futbolchilar to‘g‘risida so‘z boradi

Denni Drinkuoter

Bu futbolchi haqida ko‘pchilik unutib ham qo‘ygan bo‘lsa, ajab emas. «Lester» safidagi ajoyib o‘yinlari evaziga ko‘plab muxlislarning e’tiborini qozongan futbolchi hozirda Londonning «Chelsi» klubida faoliyat olib bormoqda. Uning haftalik maoshi 100 ming funtni tashkil etadi. 29 yoshlik futbolchi yakunlangan mavsumda atigi 30 daqiqagina rasmiy uchrashuvda to‘p surdi. U ham bo‘lsa, kubok o‘yiniga to‘g‘ri keladi. Bir nechta klublar uni ijaraga olishni istab klubga murojaat qilgan bo‘lsada, futbolchi yuqori maosh sababli o‘z klubida qolishni avzal ko‘rdi.

Mesut O‘zil

«Arsenal» muxlislari tomonidan «yilning eng yomon o‘yinchisi» deya e’tirof etilgan germaniyalik futbolchi o‘z imidjini keskin pasaytirib yubordi. Ayniqsa, Yevropa Ligasi musobaqasi finalidan so‘ng uni tanqid qiluvchilar soni  keskin ko‘payib ketdi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, futbolchi klubini o‘zgartirishga va hammasini boshidan boshlashga urunayotgani yo‘q. Gap shundaki, hatto «Fenerbahche» klubi ham Mesut O‘zilning katta maoshidan cho‘chib ortga qaytib ketdi. Mesut «to‘pchilar» safidagi eng katta maosh oluvchilardan biri bo‘lib, uning haftalik daromadi 350 ming funtni tashkil etadi. Bu APLdagi eng daromadli 10 ta futbolchidan biri degani! Eng achinarlisi shundaki, «Arsenal» O‘zilning zahirada o‘tirishiga qaramasdan maoshini to‘layotgan bo‘lsada, Remziyni o‘z safida ushlab qola olmadi. Bunga jamoaning maoshlar uchun ortiqcha xarajat qilishini vaj qilib ko‘rsatgan klub rahbarlari Mesutni muxlislar uchun yanada xunuk ko‘rsatib qo‘ydi.

 Iguain

Argentinalik futbolchiga ba’zan achinib ketasan kishi. O‘zi «Yuventus» futbolchisi bo‘lsada, uni «Milan» klubi ham , «Chelsi» jamoasi ham o‘z safida olib qolishni istamadi. Uning haftasiga 300 ming yevro maoshi «Yuventus»ni tobora o‘ylantirib qo‘ymoqda. «Chelsi» tomonidan ortga qaytarib yuborilgan Iguain «Yuventus»ning kelajagi deb qaralayotgan Moyze Kingni safdan chiqarib yuborishi hech gap emas. Gap shundaki, Sarri hujumchilardan birini ijaraga berish niyatida. Iguainning maoshi sababli birorta klub uni vaqtinchalik safiga qo‘shib olmoqchi emas. Moyze King borasida esa, «Yuve» bir nechta takliflar olishga ulgurdi. Bechora Iguain, omadsizlik uni tinimsiz ta’qib qilib bormoqda.

Oskar

Xitoy birinchiligida 3 yildan beri to‘p surayotgan braziliyalik futbolchi endigina 27 yoshga to‘ldi. Bu hali u uchun yevropa yashil maydonlariga yo‘l berkilmaganini anglatadi. Darhaqiqat, transfer oynasi ochilishi zahotiyoq Oskar uchun bir nechta «ko‘hna qit’a» klublari taklif bilan chiqishgan bo‘lsada, futbolchining haftalik maoshini eshitib ortga qaytishdi. Uni bir mavsum ijaraga olishni reja qilgan «Inter» klubi esa, o‘z niyatidan butkul qaytdi. Gap shundaki, futbolchining chin yurtida haftalik maoshi 400 ming funt sterlingdan birozgina ko‘proq. Futbolchi klubi bilan yangi shartnoma borasida shu kunlarda muzokaralarni boshlash arafasida turibdi. Shunisi aniqki, Oskar o‘zining eng gullagan davrlarini katta maoshli shartnomalarga boy berib bo‘ldi.

Bu ro‘yxatda peshqadam bo‘lgan Beyl, Neymar, Aleksis singari futbolchilarni qo‘shmadik. Sababim ular haqidagi bunday ma’lumotlar hech kimga sir emas.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:26, 14.07.2019. O'qildi: 8250 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.