Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 0:3
      • Komo
  • La-liga
      • 20.01.2026 01:00
      • Elche
      • 2:2
      • Sevilya
  • APL
      • 20.01.2026 01:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Bornmut
  • ECHL
      • 20.01.2026 20:30
      • Qayrat
      • 1:4
      • Bryugge
      • 20.01.2026 22:45
      • Bude-Glimt
      • 3:1
      • Manchester Siti
      • 21.01.2026 00:52
      • Kopengagen
      • -:-
      • Napoli
      • 21.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Ayaks
      • 21.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 1:2
      • Ayaks
      • 21.01.2026 01:00
      • Tottenhem
      • 2:0
      • Borussiya D
      • 21.01.2026 01:00
      • Sporting
      • 2:1
      • PSJ
      • 21.01.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 6:1
      • Monako
      • 21.01.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • 2:0
      • Bayer
      • 21.01.2026 01:00
      • Inter
      • 1:3
      • Arsenal
      • 21.01.2026 01:00
      • Kopengagen
      • 1:1
      • Napoli
      • 21.01.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • -:-
      • Ayntraxt F
      • 21.01.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.01.2026 01:00
      • Bavariya
      • -:-
      • Yunion
      • 22.01.2026 01:00
      • Marsel
      • -:-
      • Liverpul
      • 22.01.2026 01:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • PSV
      • 22.01.2026 01:00
      • Slaviya
      • -:-
      • Barselona
      • 22.01.2026 01:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Pafos
      • 22.01.2026 01:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Benfika
      • 22.01.2026 01:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Atletik Bilbao
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 20 49
2 Real Madrid 20 48
3 Vilyarreal 19 41
4 Atletiko 20 41
5 Espanyol 20 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Elche 20 24
9 Real Sosyedad 20 24
10 Atletik Bilbao 20 24
11 Jirona 20 24
12 Osasuna 20 22
13 Rayo Valyekano 20 22
14 Sevilya 20 21
15 Malyorka 20 21
16 Xetafe 20 21
17 Valensiya 20 20
18 Alaves 20 19
19 Levante 19 14
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Espanyol 0-2 Jirona
20-тур Real Madrid 2-0 Levante
20-тур Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
20-тур Osasuna 3-2 Real Ovyedo
20-тур Betis 2-0 Vilyarreal
20-тур Xetafe 0-1 Valensiya
20-тур Atletiko 1-0 Alaves
20-тур Selta 3-0 Rayo Valyekano
20-тур Real Sosyedad 2-1 Barselona
20-тур Elche 2-2 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ushbu rukn ostidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etmiz.

«Real Madrid» klubi Ueslik futbolchini sotmoqchi

«Qirollik klubi» o‘z futbolchisini sotib yuborish maqsadida uning transfer narxini pasaytirishga rozi bo‘ldi. Unga ko‘ra «Real Madrid» Garet Beylning transfer qiymatini keskin pasaytirib bo‘lsada, undan tezroq qutilish niyatida.
Unga ko‘ra futbolchini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoa 60 millionning bahridan o‘tishi lozim. Bundan avval «Real Madrid» klubi futbolchini 90 milliondan kamiga sotmasligini e’lon qilgan edi. Keyinchalik Beylning nojo‘ya qiliqlari paydo bo‘lgach uni sotishga qaror qilishdi.
Xozircha futbolchi uchun «Tottenhem» klubi yaqqol da’vogar bo‘lib turibdi. Ular futbolchi uchun 40 millon, bonuslar tariqasida yana 20 million yevro berishni niyat qilishgan. «Qirollik klubi» esa  bunday taklifdan bosh tortgan o‘z futbolchisi uchun 60 milliondan kamiga ko‘nmoqchi emas. Shunday bo‘lsada, futbolchining yiliga 17 million maosh olishini inobatga olsak, «Real Madrid» baribir futbolchini sotib yuboradi.

«Barussiya Dortmund» «Yuve» futbolchisiga qiziqmoqda

Iguain kelgach, Moyze Kinni sotishga majbur bo‘layotgan «Yuventus»ga bugun «Barussiya Dortmund»dan taklif kelib tushdi. Unga ko‘ra, nemis klubi futbolchini 35 million yevro evaziga sotib olmoqchi. Shu kunlarda Angliyaning «Everton» klubi ham futbolchini ijaraga olish uchun «Yuventus»ga rasmiy taklif bilan chiqqan edi. Hozircha «Yuve» o‘z futbolchisining kelajagi borasida yakuniy qarorni e’lon qilganicha yo‘q. Ular futbolchi qaysi klubga transfer qilinishidan qat’iy nazar uni ortga qaytarib olish sharti bilan sotishni niyat qilgan. «Barussiya Dortmund» klubi esa, bu shartga rozi bo‘lishni istamayapti. «Everton» esa, futbolchining faqatgina maoshini to‘lab berish uchun ijaraga olmoqchi.
Shu kunlarda Moyze Kinning kelajagi hal bo‘ladi.

Dani Alvesning keyingi manzili aniq

Hozirda erkin agentga aylangan 36 yoshlik Dani Alvez «Arsenal» futbolchisiga aylanishi mumkin. Gap shundaki tomonlar futbolchining agenti bilan muzokaralarni omadli yakunlashgan. Shunday bo‘lsada, klub va futbolchi o‘rtasida kichik kelishmovchilik paydo bo‘lmoqda. Dani Alvez haftasiga 200 ming yevro olishga rozi bo‘lgan bo‘lsada, klub bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘yishdan bosh tordi. U «Arsenal»dan 2 yillik shartnoma kutmoqda. Klub esa, Mesut O‘zil voqeasidan so‘ng 36 yoshlik futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzolashni istamayapti. Tomonlar muzokaraning so‘nggi pallasiga yetib kelishdi. Agarda «Arsenal» Alvesning shartiga ko‘nmasa, futbolchi «Yuventus»ga o‘tib ketishini ochiqchasiga e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, «Yuventus» Dani Alves uchun haftasiga 230 ming yevro bermoqchi.

«Manchester Yunayted» ishga kirishdi

«Qizil iblislar» «Lasio» klubi futbolchi Sergey Milenkivich – Savich borasida o‘zining yakuniy taklifini jo‘natdi. Unga ko‘ra, «Manchester Yunayted» futbolchi uchun uning klubiga 72 million funt sterling taklif qiladi. Bundan tashqari kichik bonuslar ham mavjud bo‘lib, bu transferga bo‘lgan qiziqishni biroz oshiradi.
Shunday bo‘lsada, «Lasio» bu taklifga javoban o‘z futbolchisi 90 milliondan kamiga sotilmasligini e’lon qildi. Futbolchining o‘zi APLda o‘ynashni istasada, uzoq muddatli shartnomasi uni klubga ipsiz bog‘lab qo‘ygan.
«Manchester Yunated» jamoasi Sergeyni jamoani tark etgan Ander Erreraning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Agarda bu transfer  amalga oshmasa, «Manchester Yunayted» bor e’tiborini «Tottenhem» klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksonga qaratadi

Dani Sebalos «Arsenal»ga yo‘l oladi

Yoshlar terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Dani Sebalos «Real Madrid» tasarrufiga qaytib keldi.
“«Qirollik klubi»  o‘z futbolchisini Londonning «Arsenal» klubiga qarshi sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga beradi”,- deb xabar tarqatmoqda «Mirror» nashri.

Bu futbolchini qo‘lga kiritishni istagan Unay Emiri shaxsan o‘zi u bilan uchrashdi va Sebalosni «Arsenal»ga o‘tishga ko‘ndirdi. Bundan avvalroq futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan «Tottenhem» esa «Real Madrid» uchun yangi taklif bilan chiqishni reja qilmoqda. Sebalosning  shu kunlarda London klublaridan biriga o‘tishi aniq bo‘lib ulgurdi.

Burak Yilmaz «Beshiktosh»dan ketmoqchi

Turkiyaning «Beshiktosh» klubi hujumchisi Burak Yilmaz klubdan ketishni istamoqda. Mana ikki hafta davomida futbolchi va klub mutasaddilari o‘rtasida katta janjal davom etmoqda. Yilmaz klubni 6 oydan beri maosh to‘lamayotganlikda ayblamoqda. Klub esa unga hech qanday qarzi yo‘qligini takrorlamoqda. Ushbu transfer oynasi chog‘ida futbolchi o‘zini sotib yuborishlarini talab qildi. KLub esa uning talablarini qondirmoqchi emas.
Bu vaziyatdan Italiyaning «Lechche» klubi foydalanib qolmoqchi. Klub futbolchining «Beshiktosh» bilan shartnomasini bekor qilish uchun 1,5 million yevro berishga tayyor ekanligini rasman tasdiqladi. 34 yoshlik futbolchining kelajagi shu haftada hal bo‘ladi.

Manba: Жизнь Футбол
Kiritildi: 23:25, 16.07.2019. O'qildi: 11412 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 19
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Вильярреал Alberto Moleyro 8
6 Бетис Kucho Ernandes 8
7 Осасуна Ante Budimir 8
8 Барселона Rafinya 7
9 Сельта Borxa Iglesias 7
10 Барселона Lamin Yamal 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.