Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kunning eng muhim transfer yangiliklari bilan tanishtirishda davom etamiz

Moyze Kin ketadigan ko‘rinadi

Gonzalo Iguainning klubdan ketmagani bois, «Yuventus» o‘z hujumchisini sotishga majbur bo‘lmoqda. Sezganingizdek, gap yosh iqtidorli Moyze Kin to‘g‘risida bormoqda. Mina Rayola qanchalar uni klubda olib qolishlariga urunmasin «Yuve»ning so‘zi Iguainga o‘tmadi va Moyze Kin boshqa klub safiga o‘tadigan bo‘ldi.
Bugun «Arsenal» ikkinchi bor «Yuventus»ga rasmiy taklif bilan chiqdi. Birinchi bor futbolchi uchun 25 million yevro taklif qilingan bo‘lsa, bu safar 35 million va turli bonuslar taklif qilindi. Futbolchining agenti Mino Rayolaning xabar berishicha tez orada Kin «Arsenal» futbolchisiga aylanadi.

Asensio sotilmaydi

Madridning «Real» jamoasi Asencioni sotib yubormoqchi degan mish – mishlar so‘nggi paytda urchib ketgan bo‘lsada, aslida vaziyat o‘zgacha.
«Marca» nashrining xabar berishicha shu kunlarda klubga futbolchi uchun 6 ta jamoadan taklif kelib tushgan. Ular orasida «Liverpul», «Tottenhem», «Napoli» singari grand jamoalar ham mavjud. «Qirollik klubi» o‘z futbolchisini jamoada saqlab qolishga qaror qildi va u haqidagi hech qanday takliflarni ko‘rib chiqmasligini rasman e’lon qildi.

«Barselona» Messi uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda

“Kataloniyaning «Barselona» jamoasi o‘z yetakchsi Leo Messiga yangi shartnoma taklif etmoqchi”, -  deb xabar tarqatmoqda «ReadFootball» nashri.
Futbolchining hozirigi shartnomasi 2021 – yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, u eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar orasida peshqadamlik qiladi. Klub Messiga 2 yilga mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu Messi 36 yoshgacha «Barselona» safida to‘p suradi degani.
Tez kunlarda Messining otasi va klub o‘rtasida muzokaralar boshlanadi.

Sulsher Dibalani qo‘lga kiritmoqchi

“Italiyaning «Yuventus» klubi futbolchisi Paulo Dibala «Manchester Yunayted» e’tibor markazida turibdi”, -  deb xabar tarqatmoqda «Readfootball» nashri. Unga ko‘ra, Sulsher Dibalani jamoani yetaklovchi futbolchi sifatida klubga taklif qilib, o‘yinni uning atrofida qurishni reja qilgan.
«Manchester Yunayted» o‘z futbolchilaridan birini sotib yuborgachgina Dibala transferiga kirishmoqchi. «Yuventus» o‘z futbolchisni sotib yuborish maqsadida uning transfer qiymatini ham biroz kamaytirishga rozi bo‘ldi. Unga ko‘ra, Dibala endilikda 100 million yevro emas, balki 70 million atrofida baholanmoqda.

«Napoli» o‘z transfer nishonini o‘zgartirdi

Shu kunlarda Ikardi va Xames bilan ovvora bo‘lib qolgan Italiyaning «Napoli» klubi o‘z transfer nishonini o‘zgartirdi. Endilikda jamoa bor e’tiborini «PSV» jamoasining meksikalik hujumchisi Irving Lozanoga qaratadi.
Transfer oynasi ochilishi bilanoq «Napoli» futbolchiga og‘iz solib ko‘rgan, biroq uning qimmatroq ekanligini bilgan De Laurintis arzonroq variyantlarni izlashga tushib ketgan edi. Mana oradan 20 kun o‘tib «Napoli» yana Lozano transferiga qaytdi. Hozirda ikki klub futbolchining transfer qiymatini kamaytirish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lozano o‘tgan mavsumda 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 17 ta gol kirtishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari uning hisobida 12 ta golli uzatma mavjud.

«Yuventus» Matiyudining narxini e’lon qildi

Jamoa bilan yana bir yillik shartnomasi qolgan Bles Matiyudi shu kunlarda o‘z jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. «Yuventus» uning transfer narxini e’lon qildi. Futbolchini qo‘lga kiritishni istagan klublar 25 millon yevrodan voz kechishi shart!
Hozirda futbolchi uchun kurashda «Monako»
 etakchilik qilmoqda. Fransuzning o‘zi ham so‘nggi mavsumlarini yurtida o‘tkazishni istagani bois katta ehtimol bilan uning keyingi manzili «Monako» klubi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshlik futbolchi o‘tgan mavsumda  31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va shuncha asistga mualiflik qilgan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:12, 23.07.2019. O'qildi: 8987 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.