26-28 iyul kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi navbatdagi yirik musobaqa bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnir orqali murabbiylar sportchilarning jahon chempionatidan avvalgi holatini ko‘zdan kechirib olishlari mumkin bo‘lsa, dzyudochilar Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Biroz avval musobaqaning matbuot-anjumani va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Zagreb Gran-prisida 13 nafar dzyudochimiz bahs olib boradi. Qur’a natijasiga ko‘ra, hamyurtlarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillayev – Matyaz Trbovich (Sloveniya)
-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev – Von Jin Kim (Janubiy Koreya)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Joao Krisostomo (Portugaliya)
-66 kg: Artyom Shturbabin – Shugen Nakano (Filippin)
-73 kg: G‘iyosjon Boboyev – Nuno Sarayva (Portugaliya)
-81 kg: Muso Sobirov – Sasha Denenyox (Togo)
-90 kg: Doston Meyliyev – Suven Van (Xitoy) / Joy Jayne (AQSH)
-90 kg: Shahzod Sobirov – Dmitro Berejni (Ukraina)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Zelim Kosoiyev (Ozarbayjon)
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev – Xorun Sadikovich (Bosniya va Gersegovina)
+100 kg: Alisher Yusupov – Vito Dragich (Sloveniya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Aleksandra Kaleta (Polsha)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Darya Pogorzelech (Polsha)