19-21 iyul kunlari Toshkent karate bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 16-Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Qit’amizning eng kuchli karate ustalari ishtirokida kechgan bellashuvlar sportchilarga unutilmas onlarni taqdim etdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa xalqaro federasiya mutasaddilarining ham e’tibor markazida bo‘ldi. Bunga javoban Osiyo karate federasiyasining (OKF) raisi general-mayor Nosir Al-Razzoqi Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonovga tashakkurnoma yo‘lladi.

“Ushbu maktubni kattalar o‘rtasidagi karate bo‘yicha 16-Osiyo chempionati muvaffaqiyatli yakunlagani bilan Sizni va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasini tabriklash uchun yo‘llayapman. Osiyo karate federasiyasi nomidan chempionat o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun Sizga va Milliy olimpiya qo‘mitasiga minnatdorchilik bildirib qolaman. So‘zim so‘ngida Siz va Milliy olimpiya qo‘mitasiga joriy yil muvaffaqiyatli va omadli o‘tishini tilab qolaman”, – deydi Nosir Al-Razzoqi o‘z maktubida.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Osiyo chempionati bellashuvlari boshlanishidan avval OKF Kongressi o‘tkazilgan va uning doirasida Nosir Al-Razzoqi OKFning yangi rahbari etib saylangan edi. Karatechilarimiz esa musobaqa davomida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamrag‘ishdi.