Ispaniya chempionati 2-turidan o‘rin olgan “Real Madrid” hamda “Valyadolid” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda jamoalar 1:1 hisobida murosa ko‘chasini tanlashdi.
Birinchi bo‘limda maydon egalari to‘liq ustunlik qilgan bo‘lsada, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
O‘yinning 82-daqiqasida Karim Benzema madridliklarni oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib “Valyadolid” hujumchisi Gvardiola gol urib hisobni tenglashtirdi va o‘yin shu hisobda yakunlandi.