Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston va Kuba boks federasiyalari yaqindan hamkorlik qiladi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston boks federasiyasi rahbariyati ham shu kunlarda Yekaterinburgda bo‘lib turibdi. Federasiya raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov Rossiyaga safari davomida jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Kuba boks federasiyasining prezidenti Alberto Puig de la Barsa bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar boksni yanada rivojlantirish, do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.

Kuba boks federasiyasi prezidenti uchrashuv davomida O‘zbekiston va Kuba boks derjavasi ekanligini, buni Rio Olimpiadasida qo‘lga kiritilgan medallar ham isbotlab turganligini qayd etdi. Tomonlar bundan keyin muntazam ravishda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazishga kelishib olishdi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra noyabr oyida, lisenzion musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Kubada har ikki mamlakat terma jamoalari a’zolari ishtirokida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etiladi. O‘z navbatida, kubalik charm qo‘lqop ustalari ham yurtimizda yig‘in o‘tkazishadi.

Alberto Puig de la Barsa uchrashuv davomida bungacha ikki marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurganini, yurtimizning mehmondo‘st mamlakat ekanligi haqida o‘zining iliq fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘zbekistonda sportga e’tibor kuchli ekanligi, ushbu yo‘nalish shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyev nazoratida ekanligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Saken Polatov Kuba boksiga hurmat kuchli ekanligini, ringda natija, qarama-qarshiliklar qanday bo‘lishidan qat’i nazar federasiyalar do‘st bo‘lib qolishi va bir-birini doimo qo‘llab-quvvatlashi haqida gapirdi.

Qayd etish lozimki, ushbu uchrashuv har ikki mamlakat boksi rivoji yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Mazkur hamkorlik orqali kelajakdagi yutuqlarga poydevor qo‘yildi.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 15:10, 09.09.2019. O'qildi: 2910 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик