Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • 0:0
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • 2:0
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • 0:1
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • 2:1
      • Liverpul
      • 05.03.2026 00:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Chelsi
      • 05.03.2026 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 05.03.2026 00:30
      • Brayton
      • -:-
      • Arsenal
      • 05.03.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 05.03.2026 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Man. Yunayted
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 26 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Xetafe 26 32
12 Sevilya 26 30
13 Jirona 26 30
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta
26-тур Real Madrid 0-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Liverpul»da qolish kerak edi!

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Darhaqiqat, Angiliyaning «Liveprul» jamoasi o‘zining super yulduzlari bilan doimmo barchaning e’tiborida bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Ushbu jamoa sharafini himoya qilgan Suarez, Sterling, Makmanaman singari futbolchilar o‘z yo‘llarini topib ketishgan bo‘lsa, ayrim futbolchilar uchun «Liverpul»dan ketish chinakam qoqilish bilan yakunlangan. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so‘z boradi.

Maykl Ouen

Asli Chesterlik bo‘lgan bolakay bir zumda «Liverpul» muxlislari tomonidan o‘zlashtirib olindi. Yosh bo‘lishiga qaramay fantastik tezlik va sovuqqon qarorlari bilan ko‘zga tashlana boshlagan futbolchi ilk mavsumdayoq APLning «oltin butsa» sovriniga ega chiqqan edi. Eng qizig‘I  shundaki, o‘sha paytda Maykl atigi 19 yoshli bolakay edi…

«Liverpul»ga Jerar Uliye bosh murabbiy bo‘lgach, qahramonimiz 7 yil davomida ketma-ket jamoaning to‘purar futbolchisiga aylandi   va hatto bir marotaba «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga ham muvaffaq bo‘ldi.

«Liverpul» futbolchini jamoada olib qolishg qanchalar urungan bo‘lsada, Ouen «Galalaktikos» safiga borib qo‘shiladi. O‘zining Madriddagi ilk mavsumida ham 16 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsada hujumchi, asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishni uddalay olmaydi. Boz ustiga "Qirollik klubi" jamoaga Robinyo va Baptistalarni taklif etgach, Ouyen umidini uzadi va keying mavsumdayoq APLga qaytadi.  «Tilla bola» qanchalar urunmasin, hech qaysi klubda uning omadi kelmaydi. Hatto Ser Aleks ham uni «Liverpul»dagi darajasiga ko‘tara olmaydi. Oqibatda, tinimsiz jarohatlar va Zahira o‘rindig‘idan charchagan Maykl 33 yoshida hammasiga nuqta qo‘yadi.

Fernando Torres



«Liverpul»da o‘zining eng «gullagan» davrlarini o‘tkazgan Fernando muxlislarning yoqimtoyiga aylanganidan xabaringiz bor. «Liverpul» safidagi  bir necha mavsumlardan so‘ng futbolchi bilan Londonning «Chelsi»  klubi jiddiy qiziqb qoladi va futbolchi borasida taklif bilan chiqadi. Avvaliga «Liveprul» taklifni rad etgan bo‘lsada, Torres o‘z transferi borasida klub rahbarlarini ko‘ndiradi va 2010/11-yilgi mavsumda «Chelsi» tarkibiga o‘tib ketadi.

Afsuski, Torresning London klubiga o‘tishi, butun futbol olamidagi eng omadsiz transferlardan biriga aylanadi. «Chelsi» tarkibida «elnino» butkul yo‘qolib qoladi. Keyinchalik «Milan», «Atletiko Madrid» singari jamoalarida to‘p surgan futbolchi o‘z darajasiga qaytishning uddasidan chiqa olmadi va Yaqindagina butsalarini mixga ilishga majbur bo‘ldi.

Pepe Reyna

«Barselona» jamoasi tarbiyalanuvchisi sanaladigan Pepe Reyna 2005-yilda “Liverpul" safiga kelib qo‘shilgan va 8 yil davomida jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lganidan xabaringiz bor. Reyna 2013-yilda «Barselona» darvozaboni Viktor Valdez o‘z faoliyatini yakunlashi haqida e’lon qilishi bilan Reyna «Liverpul» rahbarlariga jamoadan ketmoqchi ekanligni bildiradi. Oqibatda, klub mutasaddilari tezlik bilan jamoaga Minnoleni taklif etishadi. Eng qizig‘i shundaki, Valdez o‘z fikridan qaytadi va Reyna muxlislar ko‘z o‘ngida sotqinga aylanadi. Boz ustiga «Liveprul» yangi darvozabon harid qilgan va Reynaga jamoada o‘rin yo‘q edi. Yangi mavsumni «Napoli»da ijara asosida o‘tkazgan ispan ortga qaytganida belgiyalik darvozabon allaqachon 1-raqamli kipperga aylanib olgan edi. Keyinchalik Reyna bir nechta klublarda to‘p surgan bo‘lsada, hecch birida asosiy darvozabon bo‘lish nasib etmadi.

Filippe Koutino

2013-yilda «Inter»da o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchini harid qilgan «Liverpul» Koutinoni yangi darajaga olib chichishga muvaffaq bo‘ldi. Gap shundaki, Koutinyo aynan «qizillar» safida dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biriga aylandi va «Barselona» e’tiborini tortdi. Klopp qanchalar uni jamoada olib qolishga urunmasin, Koutino Kataloniyaga katta summa evaziga o‘tib ketdi. Atigi bir mavsum davomida «Barselona»da to‘p surgan Koutino umuman o‘ziga o‘xshamay qoldi. Hozirda «Bavariya» safida faoliyatini tiklashga urunayotgan futbolchi qanchalar istasa ham «Enfild»dagi kabi to‘p surishi katta so‘roq ostida turibdi.

Emre Jan



Yurgen Klopp davrida chinakam o‘sishga erishgan futbolchining ham kariyerasi «Liverpul» jamoasi bilan chambarchas bog‘liqqa o‘xshab bormoqda. «Liverpul» jamoasi tomnidan taklif qilingan shartnomadan voz kechgan Emre erkin agent sifatida «Yuventus»ga o‘tib ketganidan xabaringiz bor. O‘tgan mavsumda futbolchi Turinda yo‘qolib qolmadi, lekin bu mavsumda uning ishlari umuman yurishmayapti. Gap shundaki, «Yuventus»ga Sarri kelgach, hammasi batamom o‘zgarib ketdi. Bundan tashqari, yozda «Yuve» Remziy va Rabiolarni tarkibga qo‘shib oldi va Jan deyarli chetga chiqib qoldi. Hozirda uning maoshini to‘lay oladigan birorta klub topilmagani bois, ijara asosida boshqa klubga borib qo‘shila olmadi. Jan yangi mavsumda birorta uchrashuvda maydonga tushmadi va uning ham kariyerasi katta savol ostida turibdi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:59, 23.09.2019. O'qildi: 9302 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.