Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda bokschilarimizni qabul qildi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27 sentyabrdagi farmoniga muvofiq, Rossiya Federasiyasining Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchi va murabbiylar faxriy unvonlar va medallar bilan taqdirlangan edi.

30 sentyabr kuni Ko‘ksaroyda ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sport federasiyalari rahbarlari, bokschilarning ota-onalari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda yoshlar kamoloti, sport rivoji uchun puxta zamin yaratilgan. 2019-2023 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi izchil amalga oshirilmoqda. Joylarda yangi sport ob’ektlari ishga tushirilib, yoshlar sog‘lom turmush tarziga faol jalb etilmoqda. Professional sportchilarning mashg‘ulotlar o‘tkazishi, mahoratini muntazam oshirib borishi uchun zarur sharoit yaratilmoqda.

Joriy yilning 4 sentyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan edi.

O‘tgan qisqa vaqtda mamlakatimiz vakillari bir nechta turnirlarda ishtirok etib, ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, 14-22 sentyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta medal bilan 2-o‘rinni egalladi. E’tiborlisi, sovrindor sportchilarimiz 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga ham yo‘llanma oldi.

20-25 sentyabr kunlari Toshkentda dzyudo bo‘yicha xalqaro Gran-pri turniri yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda 71 mamlakat sportchilari 14 ta vazn toifasida qatnashdi. Yurtimiz terma jamoasi jami 6 ta medal bilan 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

6-22 sentyabr kunlari Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati sportchilarimiz uchun yanada muvaffaqiyatli bo‘ldi. Saksonga yaqin mamlakatdan eng kuchli charm qo‘lqop ustalari ishtirok etgan g‘oyat keskin bellashuvda terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. AQSH, Kuba, Rossiya, Qozog‘iston, Angliya, Hindiston kabi boks bo‘yicha yetakchi davlatlar vakillarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Jamoa sardori Bahodir Jalolov chempionatning “Eng yaxshi bokschisi” deb topildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz sportchilarini, ularning ustoz va murabbiylarini, butun xalqimizni boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etdi.

– Jahon chempionatida yuksak mardlik va matonat ko‘rsatib, yurtimizga shunday buyuk g‘alabani olib kelganingiz har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir. O‘sha kunlari keksayu yosh – butun xalqimiz sizlarga zafar tilab, katta hayajon va qiziqish bilan o‘z nigohini Yekaterinburg arenasiga qaratdi. Elimiz ana shu ulkan ishonchni oqlagan sizdek jasur, vatanparvar avlod bilan haqli ravishda faxrlanadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Bu yutuqlar nafaqat jismoniy, balki ruhiy va ma’naviy kuch natijasi, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Pahlavon Mahmud kabi buyuk ajdodlarimizga munosib o‘g‘lonlargina bunday zafarlarga qodir ekani ta’kidlandi.

Prezidentimiz shunday bahodir yigitlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan mehribon ota-onalar, jonkuyar ustoz va murabbiylarga tashakkur aytdi.

Ma’lumki, bokschilarimiz 2016 yil Rio-de-janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida ham umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi. Jahon chempionatidagi natijalar bunday yutuqlar tasodifiy emasligini, yurtimiz tom ma’noda boks mamlakatiga aylanib borayotganini yaqqol namoyon etdi.

– Bu g‘alaba “O‘zbekiston boks maktabi”, “O‘zbekiston bokschilari” degan so‘zlarni jahon sporti tarixiga oltin harflar bilan muhrlab qo‘ydi. Endi O‘zbekiston bokschilarini, o‘zbek boks maktabini tan olgan ham tan oladi, tan olmagan ham tan oladi. Endi “O‘zbekiston”, “o‘zbekistonlik” desa, manaman degan bokschilar ham o‘ylab ringga tushadigan bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschilarni, ularning murabbiylarini nomma-nom tilga olib, ularni qutladi. Bugungi natijalar kelgusi yil Tokioda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun mustahkam poydevor yaratganini, bu nufuzli musobaqaga ko‘proq lisenziya olish va puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Prezidentimiz bokschilar va ularning murabbiylariga davlatimizning yuksak mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

– Hamma qilayotgan ishlarimizdan maqsad – xalqimizni rozi qilish, yoshlarimizni barkamol etib tarbiyalash. Sizlarning g‘alabangiz har bir sohada adolat bo‘lsa, uzoq-uzoq qishloqlardagi iste’dodlar ham o‘z o‘rnini topsa, albatta natija bo‘lishidan yana bir dalolat. Bu barcha yoshlarimizni marrani baland olib, o‘z ustida ishlashga, ulkan muvaffaqiyatlarga erishishga ruhlantiradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bokschilar, ularning onalari va ustozlari sportni rivojlantirishga yuksak e’tibori, sportchi va murabbiylarga rag‘bati uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:12, 30.09.2019. O'qildi: 7498 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.