Hozirda butun Katoloniya Valverdening iste’fosi haqida so‘zlamoqda desak, adashmagan bo‘lamiz Ushbu mavzu borasida klub faxriysi Jerar Pike ham “Xetafe”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng “SPORT. ES” nashriga intervu berib o‘tdi. Kichik bo‘lsada, qiziqarli bo‘lgan intervyuni e’tiboringizga taqdim etamiz.
Jera Pike
Biz birlashmog‘imiz zarur. Birlashmog‘imiz deganda, nafaqat futbolchilar, balki muxlislar va klub rahbarlari ham to‘liq bir jamoaga aylanishimiz zarur. Biz “Barselona”ni barchadan yaxshi bilamiz va unda nima bo‘layotganini hammadan yaxshi ko‘rib turibmiz. Biz uchun tashqaridan maslahat beruvchilarning so‘zlari umuman qiziq emas. Agarda murabbiy o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmasa, vaziyatni yanada chigallashtirsa, bunday murabbiy “Barsa”ga umuman to‘g‘ri kelmaydi.
Ayni damda, jamoadagi ichki nizolardan qochish eng birinchi vazifamiz. Bizga ortiqcha janjallarning keragi yo‘q. Biz va murabbiyimiz haqida tinimsiz yozayotgan jurnalistlarning aksariyati o‘z fikrlarini anonim tarzda bildirishmoqda. Bizga bunday maqolalardan umuman naf yo‘q. “Barselona” maydonga g‘alaba qozongani tushishni juda istaydigan klub. shu sababli hozirgi darajamizga qadar yetib keldik. Agarda, “Barselona” shu xislatini yo‘qotsa, biz klubga katta talofot yetkazgan bo‘lamiz.