Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Xomyakov: "Murabbiylar kuniga shogirdlarim ajoyib sovg‘a hadya qilishdi"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

21-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon"-"Surxon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

Shubhasiz o‘yindan ham, natijadan ham qoniqdim. Muxlislar qarshisida g‘alaba qozonishimiz shart edi! Chunki, ularni so‘nggi marotaba o‘z maydonimizda "Buxoro" jamoasiga qarshi uchrashuvda xursand qilgan edik. Bugungi raqib kuchli ekanligini bilardik. O‘yin biz o‘ylagandan ham yaxshi o‘tdi. Biz himoyada bexato o‘ynab, hujumda raqibni jazolashga harakat qildik. O‘zingiz ko‘rdingiz, biz raqib jarima maydonchasida yetarlik xavfli vaziyatlar sodir etdik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda hujumlarimiz soni oshib ketdi. Birinchi bo‘limda ozgina asabiylashdik, raqibni erkin o‘ynashiga imkon berdik, o‘yin rejasi biz o‘ylagandek chiqmadi. Ikkinchi bo‘lim shukrki, biz o‘ylagandek o‘tdi, o‘yin tizgini to‘laligicha qo‘limizga o‘tdi. Uchrashuvni yoqmagan jihati-vaziyatlarni golga aylantira olmaganimiz bo‘ldi. Lekin shunday bo‘lsada, shogirlarimning ko‘rsatgan o‘yinidan xursandman. Hozir kuz. Futbolda ochkolar kuzda sanaladi degan naql bor. O‘zingiz guvohi bo‘lyapsiz, kuzda hech qanday jamoa urg‘uni chiroyli o‘yingamas, natijaga qaratadi. Qaytarib aytaman, futbolchilarimning harakatlarimdan qoniqdim. Ular murabbiylar kuniga ajoyib sovg‘a qilishdi bugun menga. Kecha o‘zlari va’da berishgandi.

- Shahzod Ubaydullayev gol uryapti, jamoa g‘alaba qozonmoqda. Lekin savol quyidagicha: juda ko‘plab vaziyatlarni ko‘kka sovurmoqda, sababi nimada deb o‘ylaysiz? Yoshlik qilyaptimi yoki tajriba yetishmayaptimi?

- Ha, to‘g‘ri, ammo Shahzod bunday saviya va muhitda birinchi marta o‘ynayapti. Shuning uchun unga qayerdadir tajriba yetishmaydi, yana qayerdadir yoshlik qilib qo‘yadi. Yoki ba’zi holatlarda hayajonlanadi. Menimcha, uning bu kamchiligi vaqt bilan o‘tib ketadi. Yoshi ulg‘aygan sari tajribasini oshirib boraveradi. Eng asosiysi, unda imkoniyatlar paydo bo‘lyapti. Agar yaratilayotgan vaziyatlaridan to‘liq foydalansa, tajribasi ham ortib boraveradi. Ammo unutmasligimiz kerakki, u hali yosh futbolchi. Bundan tashqari, biz og‘ir o‘yinlarni o‘tkazyapmiz. Bosim ostida ham o‘ynayapmiz. Balki shu jihatlar ham ta’sir qilishi mumkin.

- Bugungi g‘alabadan keyin «Andijon» 9-o‘ringa chiqib oldi. Keyingi turda Qarshiga boradi va so‘ng oxirgi to‘rtta uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazadi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, vazifa bajarildi desak bo‘ladimi? Ya’ni, xavfli hududdan ancha uzoqlashgach, endi yengil tin olyapsizmi?

- Yo‘q, hali vazifa bajarilmadi. Oldimizda hali o‘yinlar bor. Shuning uchun aslo bo‘shashib qolmasligimiz kerak. Chunki o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz, o‘z maydonimizdagi o‘yinlarni o‘tkazishimiz qiyin bo‘lyapti. Chunki yigitlarimiz muxlislarimiz qarshisida bosim bilan o‘ynashyapti. Tushunib turibmiz, ishqibozlarimiz bizdan chiroyli o‘yin va natijani kutishyapti. Yuqorida aytganimdek, biz asosan natija uchun o‘ynayapmiz. Terma jamoamizning yig‘inlari va o‘yinlari sababli endi bizda yana tayyorgarlik uchun vaqtimiz bo‘ladi. Biz bu vaqtdan foydalanib, kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz. Hozirgi jamoamiz men xohlayotgan futbolni ko‘rsata olishmayapti. Lekin yana qaytaraman, ayni paytda biz uchun birinchi o‘rinda natija turibdi.

- Negadir oxirgi paytlarda jamoa sardori va yetakchisi Ildar Mamatkazin zaxirada qolib ketyapti. Bunima bilan bog‘liq?

- Mamatkazin bizning asosiy o‘yinchilarimizdan biri. To‘g‘ri, u hozircha o‘ynamayapti. Samarqandda o‘ynagan yigitlar yaxshi taassurot qoldirishgandi. Ayniqsa, himoyachilarimiz ancha ishonchli o‘ynashgandi. Bunday paytda esa kamdan-kam murabbiygina himoyachilarini o‘zgartirishi mumkin. «Dinamo» bilan uchrashuvda to‘rtta himoyachimiz ishonchli o‘ynashdi va g‘alaba uchun katta hissa qo‘shishgandi. Albatta, Ildarga ham yana imkoniyat bo‘ladi. Adashmasam, bugungi uchrashuvda Radoslav Aleksich o‘zining to‘rtinchi sariq kartochkasini oldi. Shu bois keyingi bahslarda Mamatkazinga ham ishonch bildirib qolaman. Lekin boya aytganimdek, Ildar jamoamizning yetakchilaridan biri. Himoyachilarimiz o‘z vazifalarini yaxshi bajarishyapti. Bu bilan barcha futbolchilar o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishyapti.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 09:28, 03.10.2019. O'qildi: 1889 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик