Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Liverpul» va «Manchester Yunayted» nega dushman?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Angiliyadagi eng keskin qarama-qarshilik sanaladigan «Manchester Yunated» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi adovat so‘ngganicha yo‘q. Futbol vatanidagi eng prinsipial raqiblarning dushmanlarga aylanishiga nima sabab bo‘lgan? Bugun ushbu savolga javob izlab ko‘rarmiz.



Ushbu klublar sharafini himoya qiladigan shaxarlar 19 asr so‘nggi va 20 asr boshida uzoq vaqt davomida ishlab chiqarish, qurulish va savdo-sotiq borasida raqobatlashlashib kelishgan. Shunday bo‘lsada, «Liverpul» shaxrining dengizga chiqish yo‘li va ulkan porti bo‘lgani bois, ushbu shaxar Manchesterdan biroz ilgarilab ketishga muvaffaq bo‘lgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay Manchester shaxri kanal qurilishini bitirdi va o‘z shaxrida eng so‘nggi tehnikaga ega zavodlar va savdo markazlari qurilishini boshlay yubordi. Bu o‘zgarish o‘z so‘zini aytmay qolmadi. Manchester qisqa fursat ichida Liverpuldan har toraflama o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi va aynan savdo shaxari sifatida dong tarati. Liverpul shaxri axolisining juda katta qismi o‘z ish joyidan ayrilildi. Ayrimlar shaxardan ko‘chib ham ketishdi. Gullab-yashnayotgan Liverpul ko‘chalari bir zumda huvvilab qolganiga qaramay, shaxarlar o‘rtasidagi raqobat futbol maydoniga ko‘chdi. «Liverpul» futbolchilari «Manchester Yunayted»ga qarshi kechadigan bahslarda ikki xissa kuch bilan to‘p surishga intilar, mag‘lubiyatga uchrash ular uchun o‘limga teng edi.


Ikki klub muxlislari o‘rtasidagi nafrat sababli   o‘yinlar 1980-yilga qadar hech qachon tungi vaqtda o‘tkazilmagan. Gap shundaki, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishning tunda imkoni kamayar, klub fanatlari esa, o‘yin yakunlangach raqib sektoriga tashlanishlarining oldi olish maqsadida APL rahbarlari shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lishgani e’tiborga molik.



Ser Met Bazbi



Ushbu inson ikkala klub muxlislari uchun juda qadrdon bo‘lgan yagona inson sanaladi. Met Bazbi «Liverpul» jamoasining sardori sifatida uzoq yillar to‘p surgan bo‘lsada, o‘zining murabbiylik faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirgan va ko‘plab katta yutuqlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Ayniqsa, 60-yillarda «Bazbi bolalari» nafaqat Britaniyada balki butun Yevropada juda katta mashxurlikka erishgan. O‘sha avlodning yorqin namoyondalari sifatida Jorj Best va Bobbi Charlton futbol vatani tarixidagi yagona JCH g‘olibligini qo‘lga kiritishda ulkan hizmat ko‘rsatgan edi. Darhaqiqat, 60-yillar «Manchester Yunated»ning oltin davri edi. Oradan 10 yil o‘tib, barchasi sekin-asta o‘zgara boshladi. 1972 yildan boshlab, 1992-yilga qadar «Liverpul» 11 bor APL chempioni bo‘libgina qolmay,  7 ta xalqaro musobaqada g‘olib chiqishni uddalashdi va Britaniyadagi eng sovrindor klubga aylanib oladi.

Shu o‘rinda qiziqarli fakt. 1977-yilda «Liverpul» Angiliya klublari o‘rtasida ilk bor oltin treblga juda yaqin kelgan edi. «Qizillar» Angiliya kubogida zafar quchishganida, tarixda birinchi bo‘lishlari mumkin edi, biroq finalda ular «Manchester Yunayted»ga 1 : 2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashadi. O‘sha mavsum haqida jurnalis Stiv Bryus quyidagicha xotirlaydi:

««Liverpul» butun Yevropadagi eng qudratli klub ekanligini isbotlab qo‘ygan bo‘lsada, azaliy raqiblardan finalda qabul qilib olingan mag‘lubiyatni hazm qila olmadi. Muxlislar esa, 1977-yildagi mavsumni qoniqarsiz deb hisoblashadi. Mana buni adovat desa, bo‘ladi!»

Eng qizig‘i shundaki, «Manchester Yunayted» 1999-yilda trebl qayd etadi va «Liverpul» muxlislaring ikki xissa xafa qiladi. Sezganingizdek, so‘nggi 25 yil davomida «Manchester Yunayted» «Liverpul»dan sezilarli darajada o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Shu o‘rinda Ser Aleks Fuergussonning hizmatlarini alohida qayd etib o‘tish lozim. Shotlandiyalik murabbiy Angiliyaning eng sovrindor jamoasi nomini «Liverpulda» yulqib olishda juda katta hizmat ko‘rsatgani tahsinga sazovar. Shu o‘rinda yani bir  qiziqarli faktni keltirib o‘tmoqchimiz. So‘nggi 50 yil ichida bu klublar o‘rtasida transfer aloqalari o‘rnatilmagan va bundan buyog‘iga ham o‘rnatilmasa, kerak.

Bundan bir necha yil ilgari «Manchester Yunayted» safida to‘p surgan argentinalik Gabriel Xaynsega «Liverpul» tomonidan qiziqish bildirilganda, «qizil iblislar» sport direktori: “«Liverpul»ga sotadigan futbolchimiz yo‘q” qabilida javob bergan va bu ikki klub o‘rtasidagi transfer aloqalariga uzoq muddatli nuqtani qo‘ygan edi. Hozirda ingiliz muxlislarining birortasi ushbu klublar o‘zaro transfer qilishlarini hayoliga ham keltira olmaydi.

Klub afsonalarinig fikri

Stiven Jerrard

Meni «Manchester Yunayted»ni yomon ko‘rishga yoshligimdan o‘rgatishgan. O‘yindan so‘ng, futbolka almashtirishni xush ko‘rsamda, mening koleksiyamda birorta «Yunayted»ning libosi mavjud emas.

Ushbu to‘qnashuvlarda eng ko‘p ishtirok etgan Rayn Giggz ham «Liverul»ning manziliga tosh otib o‘tishni unutmagan:

“Ochig‘i «Liverpul»ning shonli tarixini hurmat qilgan holda shuni aytishim mumkinki, men hech qachon «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alabaning ta’mi boshqa g‘alabalarda totib ko‘rmaganman. Yer yuzida hech qaysi klub bizdan yengilganida «Liverpul» singari jaxl otiga minmasligini yaxshi bilamiz. Ularning asabiylashishlar o‘yin davomida doimmo bizga qo‘l keladi.”

Jimmi Karager

Men YECHL bahslarida ham «Manchester Yunayted»ga qarshi to‘p suruvchi istalgan jamoaning muxlisiga aylanaman. Ushbu klubning har bir mag‘lubiyati «Liverpul» muxlislarini hursand qiladi. Bilasizmi, biz uchun eng muhimi nima? Doim «Manchester Yunayted»dan yuqorida turish!

Pol Skouls

Ushbu bahs so‘nggi payt o‘zining asl mohiyatini yo‘qotib qo‘ydi. Bundan 10 yil ilgari «Liverpul» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi o‘yinlari qizil kartochkalarsiz o‘tmas edi. Eng quvonarlisi shundaki, APLdagi g‘oliblik soni bo‘yicha «Liverpul»dan oldindamiz. Shu faktorning o‘ziyoq qaysi klub kuchliroq ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:42, 21.10.2019. O'qildi: 5102 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик