Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronald Kuman “Barselona”ni boshqarishga munosibmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvli xabar tarqaldi: “Ronald Kuman kelgusi mavsumda “Barselona”ni boshqaradi”. Bu xabar ommaning e’tiborini tortdi, negaki Kataloniya klubi ustozi Ernesto Valverdening kursisi qimirlab turibdi. Bitta sharmandali mag‘lubiyat uning iste’fosi uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, Ronald Kuman uning o‘rniga munosib nomzodmi?

GOLSEVAR HIMOYACHI

Ronald Kuman 1963 yilning 21 martida Gollandiyada tug‘ilgan.

Futbolchi sifatida Gollandiyada ikki marta yil futbolchisiga aylangan. Qolaversa, u futbol tarixidagi eng sermahsul himoyachi hisoblanadi, Kuman 533 ta o‘yinda 193 ta gol urishga erishgan. Ayniqsa, u jarima zarbalarini qoyilmaqom tarzda ijro etgan. U juda ko‘p gollarini aynan stantdart vaziyatlardan kiritgan.

Kuman futbolchi sifatida karyerasini «Groningen» klubida boshlagan, 1983 yilda esa “Ayaks” safiga ko‘chib o‘tgan. 1984/85 yillardagi mavsumda birinchi bor Niderlandiya chempioniga aylangan. 1986—1989 yillarda “PSV” safida o‘ynagan va uch bor mamlakat chempionatida zafar quchgan. 1987/88 yillardagi mavsumda esa Yevropa chempionlar kubogi sohibi bo‘lgan. 1989 yilda esa Kuman «Barselona» a’zosiga aylanadi va 6 yil to‘p suradi. Bu muddat davomida u 4 marta Ispaniya chempioni bo‘ladi, shuningdek, 1991/1992 yillardagi mavsumda Yevropa chempionlar kubogi bosh sovrinini boshi uzra baland ko‘taradi. Quvonarlisi, u final o‘yinida “Sampdoriya”ga qarshi o‘yinda jarima zarbasini golga aylantirib, finaldagi yagona golga mualliflik qiladi. U faoliyatini 1997 yilda «Feyenoord»da tugatadi.

Terma jamoa safida ham Kuman yaxshi natijalar qayd etgan. Masalan, 1983–1994 yillarda terma safida o‘ynab, 1988 yilgi Yevropa chempionatida zafar quchishni uddalagan. Shuningdek, 1990 va 1994 yillardagi jahon chempionatida va 1992 yildagi Yevropa chempionatida qatnashadi. Kuman terma jamoa sardori edi va u terma safida jami 78 ta o‘yinda 14 ta gol urgan.

MURABBIY SIFATIDA

Ana endi asosiy mavzuga keldik. Ronald Kuman “Barselona” murabbiyi bo‘lishga loyiqmi?

Ronald murabbiylik karyerasi davomida «Vitess», «Ayaks», PSV, AZ, «Feyenoord», «Benfika», «Valensiya» va boshqa klublarda ishlagan. 2014 yilda «Sautgempton» klubi murabbiyi bo‘lib, ikki mavsum faoliyat olib borgan. 2016 yilning iyunida esa «Everton» ustoziga aylanadi. Kuman bosh murabbiy sifatida uch marta Niderlandiya chempioni bo‘lgan, shuningdek, Niderlandiya va Ispaniya kuboklarini qo‘lga kiritgan. 2007/2008 yillardagi mavsumda «Valensiya» bilan Qirol kubogini qo‘lga kiritgan (finalda «Xetafe» 3:1 hisobida mag‘lub etilgan).

Kuman «Everton»ni boshqargani orqali ham yaxshi tanilgan. Uning qo‘l ostida «Everton» dastlab 7-o‘rinni egallab, Yevropa ligasi saralashida o‘ynash imkonini qo‘lga kiritadi. Lekin keyingi mavsumda salbiy natijalar tufayli, 9-turda «Arsenal»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin iste’foga chiqadi.

2018 yilning 6 fevralida Kuman Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiysiga aylandi. Ta’kidlash kerakki, u ayni damda yosharayotgan terma jamoani yaxshi boshqarmoqda. Yosh futbolchilar bilan ishlashda yetarlicha mahorat va tajribaga ega ekanligini isbotlayapti.

Ta’kidlash kerakki, ayni damda «Barselona»da ham yoshlar ko‘paymoqda. Jamoaga aynan Kumanga o‘xshagan futbolchilar bilan til topisha oladigan, kimni qayerda o‘ynatishni biladigan murabbiy kerakdir, balki. «Barselona»ni boshqaradigan murabbiydan, aslida, ko‘p narsa talab qilinmaydi. Jamoada ijrochilar yetarlicha, faqat murabbiy kimni qachon tushirishni va qayerda o‘ynatishni bilsa bo‘lgani. Shuningdek, futbolchilarning ko‘nglidan ham chiqa olish kerak.

Ronald Kuman «Barselona»ga mos tushadi, deb to‘liq ishonch bilan ayta olmaymiz, ammo shunisi ma’lumki gollandiyalik mutaxassis Ernesto Valverdedan tajribaliroq. Xo‘sh, nima deb o‘ylaysiz, Kuman «Barselona»ni boshqarishga munosibmi?

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:08, 22.10.2019. O'qildi: 3733 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик