Angliyaning "Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 10-tur doirasida "Tottenxem" (2:1) ustidan qozonilgan haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yinni dastlabki daqiqasida bizga omad yetishmadi va gol o‘tkazib yubordik. "Tottenxem" juda yaxshi himoyalandi va qarshi hujumlari xavfli ko‘rinish oldi. Eng asosiysi– o‘tkazib yuborgan gol bizga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi. Biz asabiylashmadik, shunchaki o‘yin rejasiga amal qildik. Ularning darvozaboni ajoyib seyvlarni ijro etdi. Biz xotirjamlikni saqlab qoldik. Tanaffusda yigitlarga aytdim: bizda bitta muammo – tablodagi hisob. "Tottenxem" meni hayron qoldirmadi. Ularda dunyoning istalgan klubiga bosim o‘tkaza oladigan jamoalar sirasiga kiradi. Vaziyatlarni o‘z nazoratimizga oldik. O‘yin shunchaki super bo‘ldi, shaxsan menga yoqdi", - Kloppning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.