«Ko‘k-anorranglilar» argentinalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun jiddiy bel bog‘lagan.
Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, «Barselona» tarkibida yana bir argentinalik futbolchi paydo bo‘lishi mumkin. Kataloniya klubi «Inter» futbolchisi Lautar Martinesni sotib olishga harakat qiladi, Martinesni qo‘lga kiritishni ko‘proq jamoa sardori Lionel Messi xohlamoqda.
Xabarda aytilishicha, «Barselona» Martinesni sotib olish uchun Ivan Rakitich yoki Arturo Vidaldan voz kechishga rozi. Shuni aytib o‘tish kerakki, “Inter” rahbariyati Vidal va Rakitichni soti olib borasida izlanishlar olib borayotgan edi.
Martines joriy mavsumda 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol kiritish bilan bir qatorda 3 ta golli pasni ham amalga oshirgan.