Kataloniyaning «Barselona» va «Manchester Siti» klubi sobiq Yaya Ture FIFAni irqchilikka qarshi kurash olib bormayotganligi sababli keskin tanqid ostiga oldi.
Shuningdek, Yevro-2020 saralash bosqichida Bolgariyalik muxlislar irqchilik ruhidagi harakatlari uchun Angliya terma jamoasi futbolchilari maydondan chiqib ketishlari kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
«Bu sharmandalik! FIFAdagi insonlar irqchilikka e’tibor berishmaydi. Bu haqda biz bir necha marotaba aytgan bo‘lishimizga qaramasdan, ular irqchilikka qarshi hech qanday ishni amalga oshirishmayapti.
Bu meni bezovta qilmaydi deb o‘ylamayman, albatta bezovta qiladi. Bunday ishlarga jiddiy yondoshish kerak. Agar o‘yin paytida bunday harakatlar sodir etiladigan bo‘lsa, u holda futbolchilarni maydondan olib chiqib ketish kerak», —Turening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda AFP.