Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Xomyakov: “Vaziyatlar sodir etishda ustunlikka erishdik”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Coca Cola” Superligasining 23-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” hamda “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Andijon” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- Ikki xil taasurotga egaman. Ko‘rsatgan o‘yinimiz bilan mag‘lubiyatga uchraganimizda adolatsizlik bo‘lar edi. Vaziyatlarni sodir etishda, golli vaziyatlarni sodir etishda ham ustunlikka ega bo‘ldik. Bizda uchta yaqqol golga tortadigan vaziyat bo‘ldi. Shiddatli o‘yin namoyish etgani uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Odatda so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuboradigan jamoa ruhiy tomondan tushkunlikka tushib qoladi, lekin shogirdlarim o‘tkazib yuborilgan goldan keyin “sinib” qolishmasdan, hujum uyushtirib gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

- Bugungi o‘yinga sizga yoqdimi?

- Yo‘q. Lekin maydonning holati, jamoaning bugungi kundagi vaziyati va turnir jadvalidagi keskinliklarni hisobga olganda o‘yinni yoqdi deyishim mumkin. Chiroyli o‘yin namoyish etishni xohlayapmiz, lekin hozirgi kunda bizga birinchi o‘rinda natija kerak. Shu bois hozirda oddiyroq va ishonchliroq o‘ynamoqdamiz. Murabbiy sifatida kombinasion o‘yin namoyish etishlarini istayman, biroq yuqoridagi sabablar tufayli hozircha shunday ko‘rinish olmoqda.

- Shahzod Ubaydullayevda ikkita yaqqol golga tortadigan vaziyat sodir etilgandi. O‘yindan so‘ng unga e’tiroz bildiringizmi?

- O‘yindan keyin e’tiroz bildirish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Aksincha, unga dalda bo‘lish uchun keyingi safar bunday xatoga yo‘l qo‘ymasligini uqtirdim. Bilishimcha, Shahzod bunday vaziyatlarda hujumchi gol urishi shartligini yaxshi biladi.

- O‘ylashimcha, bugun Ro‘zimboy Ahmedov Ubaydullayevga qaraganda yaxshi o‘ynadi. Nima sababdan aynan Ahmedovga zahiraga oldingiz?

- O‘yin boshida uzun paslar bilan o‘ynashni maqsad qilgandik. Ro‘zimboy to‘pni yerdan va havodan qabul qilishda kuchli sanaladi. Shahzodni esa tezlik olishi yuqori. “Bunyodkor” tarkibida Anvar G‘ofurov yoshi katta futbolchi sanaladi, shu bois Shahzod unga yetarlicha qiyinchilik tug‘diradi deb o‘ylagandim. Shu sababli, Ro‘zimboyni zahiraga oldim. O‘yin shuni talab qilgandi. Shuni aytishim kerakki, bugun Ro‘zimboyning ko‘rsatgan o‘yinidan qoniqdim.

- Raqib futbolchisi maydondan chetlatilganidan so‘ng shogirdlaringiz xotirjalikka berilmadimi?

- Futbolchilar xotirjamlikka berildi deb o‘ylamayman. Aksincha, futbolchilar o‘yinning so‘nggi daqiqalarida shiddatli o‘ynay boshladi.

- Jamoa kelasi mavsumda ham shu tarkib bilan harakat qiladimi yoki yangi futbolchilar olib kelinadimi?

- Hozir bugungi kunimiz haqida o‘ylashimiz kerak. Chunki oldimizda uchta muhim uchrashuv turibdi. Kelajak haqida gapiradigan bo‘lsam, klub rahbariyati bilan bu borada maslahatlashamiz. Bilishimcha, tarkibimizdagi ko‘plab futbolchilarning shartnomasi yil oxirida yakunlanadi. Shu bois, hozir kelajak haqida gapirish mushkul.

- Eshitimizga qaraganda jamoada moliyaviy qiyinchilik bor ekan...

- Bu savolni klub rahbariyatiga bergan ma’qul deb bilaman. Jamoa hozirgi kunda ozroq moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Lekin bu jamoamizning bugungi o‘yiniga ta’sir ko‘rsatdi deb o‘ylamayman. Bo‘ldi bu savolga boshqa javob bera olmayman.

- Oldingizda uzun tanaffus turibdi va keyin bir haftada uchta rasmiy o‘tkazishingiz kerak. O‘sha muhim uchrashuvlarga futbolchilarning sport formasini saqlab turishdi muammoga duch kelmaysizmi?

- To‘g‘ri, o‘tgan safargi tanaffusdan keyin “Nasaf” klubiga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazgan edik, bu safar ham shunaqa uzun tanaffus turibdi oldimizda. Bu tanaffus haqida gapiradigan bo‘lsam, bugungi uchrashuvdan keyin yigitlarga ma’lum muddatga hordiq chiqarish uchun imkon beramiz. Keyin Andijon shahrida jamlanamiz. Shundan keyin ikkita o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazamiz Toshkent shahrida. O‘rtoqlik uchrashuvida raqiblarimiz “Bunyodkor” va AGMK bo‘ladi.

- Ko‘plab klublarimiz qo‘shni davlatlar klublari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmoqda. Biz ham shunday o‘rtoqlik uchrashuv tashkillashtirsak bo‘ladimi? Masalan Qirg‘izistonning birorta klubi bilan.

- Biz bu haqda o‘ylaganmiz. O‘tgan safargi uzun tanaffusda Qirg‘izistonning “Oloy” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida kelishib olgandik. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi amalga oshmay qolgandi. Hozir ularning chempionati yakuniga yetayotgan ekan, chempionat yakunlanganidan keyin bizning taklifimizga qanday qaraydi, bunisini bilmayman.

- Vadim Abramov “Andijon” jamoasida terma jamoaga loyiq futbolchi yo‘q deb aytdi. Hatto Shahzod Ubaydullayev ham terma jamoaga tortmaydi degan fikrni aytdi. Uning bu fikriga qanday qaraysiz?

- Shahzod Ubaydullayev... Kechirasiz-ku, O‘zbekiston milliy terma jamoasida Eldor Shomurodov bor. Shahzod milliy terma jamoada o‘ynash uchun ustida ishlashi kerak, ishlamoqda, o‘sishga erishdi. Vadim Abramovning gapini hurmat qilaman. Abramov aytdimi, demak terma jamoaga futbolchi yetkazib berish ustida ish olib boramiz.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 22:32, 30.10.2019. O'qildi: 3297 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик