Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Tottenhem»ga nima bo‘lmoqda?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Darhaqiqat, o‘tgan mavsumda YECHL finaliga qadar yetib borgan klubning bu mavsumda ishlari sira yurishmayapdi. APLning 9 ta turida 3 ta during va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan kubok uchrashuvida quyi dvizion vakilidan o‘ta olmagan bo‘lsa, «Bavariya»dan o‘z uyida daxshatli zarba qabul qilib oldi. Xo‘sh ushbu mag‘lubiyatlar ortida nima yotibdi? Muammolarning yechimi nimada? Bugun ushbu mavzu atrodifda so‘z boradi.

Ruhiy tushkunlik

Sportda futbolchining jismoniy tayyorgaligi qanchalar muhim bo‘lsa, uning ruhiy tayyorgarligi undanda muhimroq. Afsuski, o‘tgan mavsum YECHL finalidagi mag‘lubiyat klub futbolchilarining ruhiy xolatlarini to‘liq izdan chiqarib yubordi.

Bundan tashqari, o‘tgan mavsum APL o‘yinlarining so‘nggi turlari «Tottenhem»ni qattiq ter to‘kishga majbur etdi va «shporlar» juda katta qiyinchilik bilangina 4-o‘ringa ilinib olishdi. Va albatta, «Ayaks»ga qarshi o‘yinlar chog‘ida nafaqat jismoniy balki ruhiy tomonlama katta energiya sarf etildi. «Manchester Siti» va «Ayaks» to‘sig‘idan o‘tib finalga yetib kelgan jamoa «Liverpul»ga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. O‘zi shundoq ham Pochetino qo‘l ostida birorta sovringa ega chiqmagan yigitlar uchun YECHLdagi mag‘lubiyat tarmashib chiqqan qoyadan yerga qulashdek salbiiy ta’sir qildi. Eng achinarlisi shundaki, «Tottenhem» juda baland qoyadan yerga quladi va futbolchilarning aksariyati qo‘l siltab yuborishdi…

Yulduzlarning «Tottenhem»da qolish niyati yo‘q

Eng achinarlisi shundaki, «Tottenhem»ni bir necha yillardan beri top darajada ushlab turgan futbolchilarning aksariyati hayolan allaqachon boshqa klub futbolchisiga aylanib bo‘lishgan. Erikson «Real Madrid»ga o‘tish dardida bo‘lsa, Keyn «Barselona» nishonida turibdi. Tobi Alderveyrel bir necha bor «Manchester Yunayted» rahbarlari bilan uchrashishga ham ulgurdi. Agarda «Tottenhem» ushbu futbolchilarni sotib yubormasa, erkin agent sifatida qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi.

Shu o‘rinda «Tottenhem» va Angliya terma jamoasi sardori Hari Keynning o‘z faoliyati davomida birorta sovrinni qo‘lga kiritmaganiga ishonish qiyin, biroq bu fakt. O‘z vaqtida klub olib qolishga urunsada, unit ark etgan Modrich va Beylning qo‘lga kiritgan sovrinlari haqida ortiqcha so‘zlashning xojati yo‘q chamamda. Modrich va Beyl singari yutuqlarga erishish uchun kuchliroq klubga o‘tib ketishni reja qilgan futbolchilarga motivasiya berishning sira iloji yo‘q…

Yangi o‘yin modeli

Uzoq vaqt davomida «Tottenhem»ning yuragi vazifasida to‘p surgan Kristian Erikson ushbu mavsumdagi o‘yinlarning yarmidan ko‘prog‘ida zahira o‘rindig‘ida qolganining o‘ziga yarasha sabablari mavjud. Gap shundaki, Pochetino daniyalik futbolchining ketishidan xabar topgach, yangi mavsum boshidayoq yangi o‘yin uslubini shakillantirishga tushib ketdi. Natijalar ham o‘z-o‘zidan yomonlashmoqda, lekin bu vaqtinchalik xolat. Argentinalik mutaxassis yangi o‘yin uslubini jamoaga singdirgach, hammasi o‘z iziga tushib ketadi. Deyarli 5 yildan beri qo‘llanib kelinayotgan uslub biroz eskirgani uchun emas, ijrochilarning yo‘qligi sababli chetga surib tashlanmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, Pochetino «Tottenhem»ga kelgan kunidan boshlab shu kunga qadar atigi 100 million yevrogina transferlar uchun ajratilgan. Solishtirish maqsadida bu mavsumda APLga qaytgan «Aston Villa»ning 200 milliondan ortiqroq pulni transferlarga bir oyda sarflab yuborganini ko‘rsatish mumkin. Unutmaslik lozim, Pochetinoning tejamkorligi «Tottenhem»ning katta va zamonaviy  stadion egasi bo‘lishini ta’minladi.

«Tottenhem»ning statistikasi tushib ketdi

Yangi mavsum startida pressingda eng yomon ishtirok etayotgan jamoalar orasida «Shporlar» peshqadamlik qilishmoqda. Bundan tashqari, himoyadan hujumga chiqishda ham, klub juda yomon natija ko‘rsatmoqda. Qarshi hujumlarda brak to‘p uzatmalari soni bo‘yicha Pochetino shogirdlari APLda eng 2-o‘rinni band qilishmoqda. Afsuski, to‘pni raqib jarima maydonchasida ushlab turish borasida ham APLning eng yomon natijasi aynan «Shporlar»ga tegishli.

Qurumsoq Deniel Levi

London jamoasining sovrinsiz mavsumlarining asosiy sababchilaridan biri sanaldigan klub rahbari o‘zining tejamkorligi bilan dong taratgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Aynan shu inson futbolchilarning maoshi va yangi transferlar uchun pulni tejab qolishning yangidan-yangi uslublarini o‘ylab topish borasida tengsiz mutaxassis hisoblanadi.

 «Tottenhem»ning APL poygasida 11-o‘ringa tushib ketishida Levining aybi bor. Qahramonimiz o‘z futbolchilari uchun juda katta narx talab qilgani bois, bir nechta futbolchilar jamoadan norozi kayfiyatda o‘yinlarda ishtirok etgani yetmaganidek, Pochetino tomonidan jamoaga kerak bo‘lgan futbolchilarning transfer narxi balandligini bahona qilib ularning transferlaridan voz kechib yuborgan Levi futbolga bo‘lgan o‘z qarashlarini o‘zgartirmoqchi emas.

Aynan shu insonning ham klub inqirozida tutgan o‘rni salmoqli ekanligi hech kimga sir emas. Aynan uning qattiqqo‘ligi tufayli Pochetino bir nechta frontda kurash olib bora oladigan kengaytirilgan tarkib tuza olmadi va ko‘pincha hal qiluvchi uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchradi.

Pochetino ikki yo‘l ustida

«Bavariya»dan qabul qilib olingan 7 ta goldan so‘ng, argentinalik murabbiyning klubda ketishi haqidagi ma’lumotlar ko‘payib ketganidan xabaringiz bor. Darhaqiqat, hozirda Pochetinoning hizmatlari bilan «Bavariya», «Barselona», «Manchester Yunayted» singari grandlar qiziqib qolgan. Bu Maurisioning ishga bo‘lgan professional yondashuviga ta’sir o‘tkazmasada, uning ketishi haqidagi xabarlar ruhiy bosim o‘tkazishi aniq. Boz ustiga, Britaniyaning «Mirror» nashri Joze Mourino «Tottenhem» postini egalashi haqidagi xabarni e’lon qilgach, «Bavariya» klubi mutasaddilari Pochetino bilan aloqaga chiqishgan va uning keying klubi «Bavariya» bo‘lishi borasida ilk muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanligini bildirishgan.

Pochetino ketgani yaxshimi yoki qolgani?

Hozirda klubning natijalari qanchalar hunuk ko‘rinmasin, Pochetinoning klubdan ketishi vaziyatni yanada yomon tus olishiga sabab bo‘ladi. O‘zining 5 yarim yillik faoliyatida davomida argentinalik mutaxassis jamoani yangi darajaga olib chiqish uchun katta hajmdagi ishni amalga oshirdi. Aynan uning iqtidori tufali «Tottenhem» so‘nggi yillarda APLning kuchli to‘rtligidan muqim joy olishga muvaffaq bo‘ldi. Endilikda uning klubdan ketishi, muammoga yechib bo‘lishiga shaxsan men ishonmayaman. Barchasini qishki transfer oynasi hal etadi. Agar Levi yana o‘z uslubida transfer oynasida ishtirok etsa, Pochetinoning mahorati ham «Tottenhem»ni qulashdan saqlab qolmaydi. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini yo‘qotgan futbolchilar bilan birorta murabbiy katta g‘alabalarga erisha olmagan va erisha olmaydi ham. Qisqacha qilib aytganda, «Tottenhem» o‘z darajasiga qaytishi uchun Pochetino jamoada qolishi lozim, aks xolda, klub grandlar qatoridan tushib qoladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:49, 03.11.2019. O'qildi: 2748 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.