Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • 3:3
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • 1:2
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • 2:1
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • 0:2
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • 2:2
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • 0:0
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 33 65
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 33 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 33 43
9 Osasuna 33 42
10 Atletik Bilbao 33 41
11 Rayo Valyekano 33 39
12 Valensiya 33 39
13 Elche 33 38
14 Espanyol 32 38
15 Jirona 33 38
16 Alaves 33 36
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 33 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 33 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real»ning yangi yulduzi: nega aynan Rodrigo?

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ochig‘i, so‘nggi yillarda «Real»da o‘ynagan va o‘ynayotgan ko‘plab iqtidorlarni jamoaning kelajagi, «yangi Ronaldu» deya e’tirof etishdi. Ammo shu paytga qadar hech bir yosh iqtidorda o‘zgacha xislat, o‘zgacha iqtidor sezilmayotgandi. Vinisius Junior dribling borasida yaxshi, ammo aqlli qaror chiqarishda oqsoqlanadi, Braim Dias esa jarohatlar girdobida. Ayni shu paytda esa Zidan katta sahnaga Rodrigoni olib chiqdi.

Kecha «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda bu yigitcha xet-trik qayd etdi. Meni qoyil qoldirgani uchala golini ham aqlli qaror bilan kiritdi. Birinchisida raqiblarni aldab o‘tib, darvozabonning ojiz tomonini ko‘ra bildi va chap oyoqda uzoq burchakni nishonga oldi. Hammasini puxta amalga oshirdi. Ochig‘i, yosh futbolchining YECHL doirasidagi rasmiy o‘yinda bunchalik xotirjam harakat qilishi qoyil qoldirdi. Ikkinchi golida ham shunday jihat kuzatildi: bosh bilan shunchaki zarba bermadi, darvozaning olis burchagini nishonga olib, posbon qaytara olmaydigan tarzda zarba yo‘lladi. Uchinchi golida ham kerakli vaziyatda kerakli joyda paydo bo‘lib, ayyorona zarba yo‘llashni uddaladi.

NIMALAR MA’LUM?

To‘liq ismi — Rodrigo Silva de Gois

Tug‘ilgan sanasi — 2001 yilning 9 yanvari.

Tug‘ilgan joyi — Ozasku, San-Paulu, Braziliya

Fuqaroligi — Braziliya, Portugaliya

Rodrigo 10 yoshida «Santos» akademiyasiga qabul qilingan. 2017 yil martida jamoa bosh murabbiysi Dorival Junior Rodrigoni Libertadores kubogi doirasida Peruning «Sporting Kristal» jamoasiga qarshi o‘yinda tarkibga kiritadi.

2017 yilning 21 iyulida yigitcha jamoa bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi, bu uning birinchi professional shartnomasi edi. 2017 yilning 1 noyabrida «Santos» bosh murabbiysi vazifasini vaqtincha bajarayotgan Elano Rodrigoni asosiy tarkib futbolchisiga aylantiradi.

2017 yilning 4 noyabrida esa Rodrigo «Santos» safida birinchi bor asosiy tarkibda maydonga tushadi. O‘shanda klub chempionat doirasida «Atletiko Mineyro» bilan kuch sinashadi. 25 noyabrda Rodrigo professional faoliyatidagi birinchi golini kiritadi: Paulista ligasi doirasida «Ponte-Preta» jamoasiga qarshi o‘yinning oxirgi daqiqalarida gol urib, jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlaydi.

2018 yilning 1 martida Rodrigo Libertadores kubogida debyut qiladi. «Real Garsilaso»ga qarshi o‘yinda maydonga tushganida futbolchi 17 yoshu 50 kunlik edi. Bu bilan Rodrigo «Santos»ning Libertadores kubogida debyut qilgan eng yosh o‘yinchisiga aylanadi. 2018 yilning 15 martida u ushbu turnirdagi birinchi golini Urugvayning «Nasyonal» klubi darvozasiga kiritadi. Bu bilan u Libertadores kubogida gol urgan eng yosh braziliyalik (17 yosh, 2 oyu 6 kunlik)ka aylanadi.

2018 yilning 14 aprelida Rodrigo Braziliya A seriyasidagi dastlabki golini uradi. U «Seari» klubi darvozasini ishg‘ol qiladi.

2018 yilning 15 iyunida «Real Madrid» Rodrigoning transferi borasida kelishuvga erishdi. U uchun «qirollik klubi» 45 mln yevro to‘ladi.

Rodrigo «Real» safidagi dastlabki o‘yinlaridayoq muxlis va mutaxassislarning iliq fikriga sazovor bo‘ldi. Nihoyat, Zidan unga asosiy tarkibdan joy bermoqda va bu futbolchining Yevropa grand jamoasi yulduziga aylanishida muhim o‘rin tutadi.

NEGA AYNAN RODRIGO?

Ayni damda Rodrigoning kelajagi porloqqa o‘xshamoqda. Chunki unda Vinisiusdagi dovdirlik, Vaskesdagi ikkilanish, Yovichdagi hayajon yo‘q. U xotirjam, xuddi «Real»da ancha vaqtdan beri o‘ynayotgandek. Garchi tajriba kam bo‘lsa-da, Rodrigo futbol o‘ynash borasidagi bilim yetarlicha ekan. To‘p unga kelayotgan mahaldayoq qanday harakatlanish kerakligini oldindan rejalashtirib oladi va shunga muvofiq o‘ynaydi. Futbolda esa bu juda katta ahamiyatga ega.

Niyatimiz Rodrigo Ronalduning o‘rnini bosmasin, "Real"da Ronaldudan kam bo‘lmagan yangi yulduz — Rodrigo yetishib chiqsin. Ko‘z tegmasin!

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:31, 07.11.2019. O'qildi: 7881 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 14
7 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
8 Атлетико Aleksandr Serlot 12
9 Барселона Robert Levandovski 12
10 Алавес Lukas Boye 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик