Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pochettino faoliyatini qayerda davom ettiradi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Darhaqiqat, hozirda ko‘plab futbol ishqibozlarini ushbu savol qiynab kelmoqda. «Tottenhem»ni yangi darajaga olib chiqishni uddalgan, yosh va yangi g‘oyalarga to‘la murabbiy uchun top klublar ish taklif qilishga tayyor. Xo‘sh Maurisioning navbatdagi ish joyi qayer bo‘ladi? Bugun ushbu savolga javob izlab ko‘ramiz.

«Barselona»

Katoliniyalik muxlislarning sabr kosasi tobora to‘lib borayotgani hech kimga sir emas. Ushbu mavsumni biroz ishonchsiz boshlagan Katoloniya klubi katta ehtimol bilan yangi mavsumda Ernesto bilan tuzilgan shartnomani bekor qiladi. To‘g‘ri, Valverde chempionlik poygasida g‘olib chiqmoqda, lekin «Real Madrid»ning nochor ahvolda qolganini inobatga olsak, bu chempionlik ta’timagani aniq. Ko‘plab mutaxassislar yangi g‘oyalarsiz boshqaruvi uzoqqa bormasligini, kuchli mutaxassis paydo bo‘lishi bilan Valverde iste’foga chiqishini tahmin qilmoqda. «Mundo Deportivo» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, argentinalik murabbiyning nomzodi shu kunlarda ko‘rib chiqilishi kerak. Messi va Pochettinoning vatandosh ekanligini, bir shaxar jamoasi sharafini himoya qilishgani maydonda qo‘l kelishi mumkin. Odatda, Messi uchun qulay pozisiya yaritib bera oladigan murabbiy jamoaga natija keltira oladi. Pochettinodagi g‘ayrat va g‘alabaga bo‘lgan chanqoqlik ikki tomon uchun ham foydadan xoli bo‘lmas edi.

«Arsenal»

Shimoliy London derbisini inobatga olmasa, Pochettino uchun yana bir qulay variyant. O‘zi o‘rgangan va chiniqqan APL klubi, yaxshi ijrochilardan tashkil topgan jamoa va transferlar uchun ajratiladigan pullar... Ushbu faktorlar orqali Pochettino kuchli «Arsenal»ni yaratishga qodir. To‘g‘ri, qahramonimiz «to‘pchilar» murabbiyi bo‘lishga shoshilmas, biroq kattta summa ko‘rsatilgan shartnoma uni o‘ylantirib qo‘yishi mumkin. Hozirda «Arsenal»ni boshqarib turgan Fredi Yungberg qanchalar ishtiyoqli murabbiy bo‘lmasin, APL bahslarida Pochettino ortirgan tajribaning o‘ndan biriga ham ega emas. Shunday ekan, mavsum so‘nggida uni  «Arsenal» postida ko‘rishimiz hech gap emas.

PSJ

Parij klubida bir nechta top murabbiylar faoliyat olib borgan bo‘lsada, iste’folar soni ortgandan-ortib bormoqda. Gap shundaki, rahbariyat murabbiylarning ishini xalqaro arenadagi g‘alabalar bilan o‘lchaydi. Afsuski, Neymar, Mbappe singari hujumchilari bor jamoa ham YECHLda g‘olib chiqishga da’vogarlar qatoridan joy olishni uddalay olmayapti. Emiri o‘zi ishlagan so‘nggi mavsumda necha bor mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Tomas Tuxel allaqachon uning natijasini takrorlab bo‘ldi. Ichki birinchilikdagi yetakchilik germaniyalik mutaxassisni o‘rnini saqlab qolmasligi aniq. Katta ehtimol bilan uning taqdiri bahordagi play-off o‘yinlari chog‘I hal bo‘ladi. Pochettinoning PSJda to‘p surganini inobatga olsak, klub muxlislari uni iliq qarshi olishi aniq. Bundan tashqari, uzoq yillik rejalar tuzish va transferlardan unumli foydalanish borasidagi yetakchi murabbiy Parij klubi uchun hozir har doimgidanda kerak. Pochettino fransuz tilida erkin so‘zlasha oladi va o‘z faoliyatidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritish ilinjida ham Fransiyaga yo‘l olishi hech gap emas.

«Bavariya»

Niko Kovachning iste’fosidan so‘ng, «Bavariya» rahbarlari qaror qabul qilishga shoshilishmayapti. Ularning rejalarida Erik Ten Hag va Tomas Tuxel variyantlari mavjud. Bu murabbiylardan birini qo‘lga kiritish uchun kamida yozgacha kutish kerak. Pochettino esa, hozir ishsiz. Argentinalik murabbiyning nomzodi juda yaxshi qabul qilinishiga ishonchimiz komil. Qahramonimiz Kovach tomonidan yo‘qotib qo‘yilgan yuqori pressing va to‘p nazoratini ortga qaytarishi mumkin. Bundan tashqari, kuchsizroq chempionat sababli YECHLda g‘olib chiqish uchun imkoniyat yanada ortadi. Shunday ekan, «Bavariya» o‘z shortlistiga Pochetinoning nomini yozib qo‘ysa, ajab emas.

«Real Madrid»

Bunga ishonish qiyin, ammo bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Zidanning ortga qaytishi,  «Real Madrid»ni cho‘kishdan asrab qolishi kutilgan edi. Zidan klubning cho‘kishini sekinlashtirishdan boshqa hech narsani uddalay olganicha yo‘q. To‘g‘ri, hozirda uni hech qanday sababsiz bo‘shatib yuborish Peresning ham qo‘lidan kelmaydi, biroq «qirollik klubi» «ishqida yonggan» murabbiy o‘z oyoqlari bilan yaqinlashib kelmoqda. Har qanday klub rahbarini o‘ylantirib qo‘yadigan vaziyatda Peresning qanday qaror qabul qilishini tahmin qilish juda mushkul. «La Liga» yoki YECHLdagi birgina omadsiz o‘yin Zidan uchun so‘nggisi bo‘lishi hech gap emas. Boz ustiga, klub yangi qon quyishga muhtoj bir paytda Pochettinoni qo‘ldan chiqarib yuborish alam qiladi. Shunday ekan, «Real Madrid»ni hisobdan chiqarishga xali erta!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:23, 04.12.2019. O'qildi: 8451 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик