Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mourinyo : «U simulyasiya qiroli»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yangi asrning eng mashhur murabbiylaridan biri sifatida e’tirof etiluvchi Joze Mourinyoning iqtiboslari barchaning e’tibor markazida turishi hech kimga sir emas. Bugun «benazir» tomonidan nishonga olingan mashxur futbolchilar va ularning manzillariga otilgan keskin iqtiboslar bilan tanishib o‘tamiz.

Lionel Messi

Katolon tilida simulyasiya so‘zi qanday yangraydi? «Barselona» madaniy shaxar va katta teatrlarga ega klub. Bolakay ancha-muncha narsalarni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘libdi. Ayniqsa, aktyorlik mahoratini!

Ronaldu



U meni o‘z aybini tan olmaslikda ayblamoqda?! U endigina «Manchester Yunayted»ning asosiy jamoasiga o‘tdi. Yigitchaga ulg‘ayishini va insonlarni hurmat qilishni tavsiya qilaman. Balki, barchasiga og‘ir o‘tgan bolalik yoki noto‘gri tarbiya ta’sir o‘tkazgandir?! Shunday bo‘lsada, menda u bilan ham Aleks Fergusson bilan ham muammo yo‘q.

«Tottenhem» 

Bizning Portugaliyada «Tottenhem» ko‘rsatgan o‘yinni darvoza oldiga avtobus qo‘yish deb atashadi. Men o‘yinni tomosha qilish uchun mehnat qilib topgan 50 funtiga chipta xarid qilgan muxlislar uchun «Tottenhem»dan xafaman. Himoyada o‘ynab ham qarshi hujumlarda 3 ta gol kiritish mumkin. Himoyalanishning o‘zi bilan o‘yinni o‘ldirib qo‘yish ham mumkin.

Gvardiola


Agar futboldan lazzat olsang, sochlaring to‘kilmaydi. Gvardiola o‘z ishidan zavqlanmaydi. Aynan shuning uchun uni sochlari tark etgan.

Arsen Venger



O‘rtamizda ulkan farq mavjud. U omadsizlik borasida chinakam mutaxassis. Men esa, uning tamomila aksiman. Mag‘lubiyatga uchrashdan qo‘rqishim rost. Gap shundaki, men juda kam mag‘lubiyatga uchrayman, shuning uchun ham yengilishdan qo‘rqaman. Agarda uning «Arsenal» ko‘rsatgan natijalarni men qayd etganimda, Londondan bosh olib chiqib ketar edim va ortga sira qaytmas edim.

«Barselona»


Men Kataloniya klubini yomon ko‘raman. Ular doimmo hakamlarga bosim o‘tkazishga urinishadi. Eng kulguli tomoni shundaki, ular buni har doim uddalashadi.

Balotelli



U g‘alati yigit. «Rubin»ga qarshi mehmondagi uchrashuvda qizil kartochka olgani shundoq esimda. U kiyinish xonasida video o‘yin bilan band bo‘lgan va o‘yin qanday natija bilan yakunlangani bilan ham qiziqmagan edi. Ochig‘i, o‘sha kuni unga oshxona pichog‘ini suqib olgim kelgan. Keyin o‘ylab qoldim. Axir bu Balotelli-ku! Biroz o‘yladim va uni o‘zim yoqtirmaydigan murabbiylardan biriga tavsiya qilishga qaror qildim.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:40, 05.12.2019. O'qildi: 14716 marta. Fikrlar: 21 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик