Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Toni Fergyuson Habibga qarshi jang qiladimi?

Baho:
+ | -1
SPORT / Sport turlari / https://stadion.uz/uz/news/sections/sport/sports/mma
Rukn: Intervyular
A A A

UFC olamida eng uzoq kutilgan janglardan biri sifatida e’tirof etilayotgan Habib Nurmagamedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi to‘qnashuv oldidan «elkukuy» taniqli jurnalist Ariyel Hilvaniyga intervyu berdi. Ushbu intervyuni e’tiboringizga taqdim etamiz.

— Toni nima uchun Habibning shartlariga rozi bo‘lmading?

— Bunga mening shaxsiy sabablarim bor edi. Tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanuvchi menejerim bilan bu borada gaplashib oldik. Hammasi yaxshi bo‘ldi. Biz barchasini chuqur anglab olmoqchi edik.

— Jangga qadar deyarli 5 oy vaqt bo‘lsada, ular jang afishasini e’lon qilishdan charchashmayapti. Buning sababi nima deb o‘ylaysan?

— Bu xuddi osmonga qo‘l uzatgandek gap. Ularda bu borada kim ish yurtishini bilmadim, lekin ularning qandaydir rejasi bor ekanligi aniq. Ular jangdan qochib bo‘lmasligini anglab turishibdi va iloji boricha vaziyatni cho‘zishga harakat qilishmoqda. Men xalq chempioniman va ular mening tirsak zarbamni qabul qilib olishadi.

— Habib sen bilan jangdan qochish maqsadida, boshqa raqib qidirmadimi?

— Menimcha yo‘q. Bu shashka emas, shaxmat. Oldinroq aytganimdek, men chempionlik yo‘lida barchani mag‘lubiyatga uchratishga tayyorman. Ular menga qarshi kimni qo‘yishsa ham o‘yin boshlangan va ortga yo‘l yo‘q. Habibda ham shunday xolat, desam adashmagan bo‘laman.

— Endilikda, jang borasida seni barchasi qoniqtirmoqdami?

— Albatta, ishning borishi menga manzur kelmoqda. Bu shunchaki boshlanishi xolos. Avvallari bir yilda 6 bor jang qilar edim. Bir muncha vaqt o‘tib bu ko‘rsatkich 3 taga tushib ketdi. Endilikda yiliga 1 bor oktagonga chiqmayapman. Bu xuddi baliqchining ovi singari muhim omil.

— Nima uchun Habib jangni aprel oyiga ko‘chirdi. Axir fevralda ham jang qilish imkoni mavjud ediku?

— Menimcha, bu savolni UFCga berish kerak. Habib o‘z ishlari bilan band. Bolalarini o‘pmoqda, dasnxat yozmoqda, dunyo kezmoqda va shunga o‘xshash ko‘ngil ochar yumushlar bilan band. Aslida men fevral oyida jang qilishim kerak edi. Biz «dahshatli» raqib ham tanlab olgan edik, biroq barchasi o‘zgarib ketdi  va menga Habibni topshirishdi. Bizda aprel oyigacha vaqt ko‘p. Asosiysi jarohatdan qochish va muxlislar kutgan narsani ularga taqdim etish. Bu kutishga arziydigan jang bo‘lishiga ishonchim komil.

— Jangga qadar hali 5 oy vaqt mavjud. O‘z tanangni qay yo‘sinda tayyorlab bormoqchisan? Axir bu juda uzoq muddat va jang sanasida optimal formada bo‘lish lozim. Buning uchun maxsus reja asosida mashg‘ulotlar o‘tkaziladimi?

— Men hech narsani o‘zgartirmayman. Sababi doimo a’lo darajadagi formani yo‘qotmayman. Agarda yaxshilab dam olsam, shunga yarasha mehnat qilaman. Anchadan beri shu yo‘sinda formamni ushlab kelmoqdaman va hech narsani o‘zgartirmoqchi emasman. Mening qanday formada bo‘lishimning umuman farqi yo‘q. Asosiysi ahmoq Habib jangga tayyor bo‘lsin. Muxlislar to‘llagan pullariga yarasha jang tomosha qilishlari uchun bu juda muhim. Ularga maslahatim jang chiptalarini tezda sotib olishsin. O‘sha kuni oktagonda qaynoq havo hukm suradi. Men Habibni taslim bo‘lishga majbur qilaman. Kerak bo‘lsa, 20 bor taslim qilishga kuchim yetadi. Shunday ekan, endi faqat jang sanasini kutish qoldi. Habibning Rossiyada ishqibozlari ko‘p, lekin men ularni tortib olaman.  

— Rus muxlislar seni Habibdan ko‘ra ko‘proq yoqtirib qolishadi deb o‘ylaysanmi?

— Hozir ham Rossiyada muxlislarim juda ko‘p. Jangdan so‘ng, ularning soni bir necha milliondan oshib ketishiga ishonchim komil.

— Habib o‘z faoliyati davomida atigi bittagina raundda mag‘lubiyatga uchragan. Undagi bo‘sh nuqtalarni qanday topdingiz?

— Biz ikkimiz ham Tibaoga qarshi jang qilganmiz. Muxlislar o‘sha janglarni ko‘rib chiqishsin. E’tibor berib qarang, men Habibdan ancha kuchliroq ekanligimni darrov sezishadi. Men ahmoqlarga o‘xshab jangda nima qilishimni aytmoqchi emasman. Shunday bo‘lsa-da, uni yengishning yagona uslubi bu oddiylik. Men Habibga tinimsiz bosim uyushtiraman. Habib men sening ortingdan ketyapman!

— Konor va Kovboy o‘rtasida jangda kimning g‘alaba qozonishini taxmin qilyapsan?

— Menimcha, Kovboy Konorni oyoq zarbasi bilan «o‘chirib» qo‘yadi. Konor zarbadan so‘ng bir qop ahlatdek yerga qulab tushadi. Hozirda o‘zgalarning janggiga bosh qotirishni istamayman.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 09:48, 06.12.2019. O'qildi: 9211 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.