O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan Talabgorlar turnirining 4-turida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik grossmeyster ushbu turda dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, AQSH vakili Fabiano Karuana bilan bahs olib bordi.
Oq donalarda o‘ynagan o‘zbekistonlik shaxmatchi debyutga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani ma’lum bo‘ldi. Buning evaziga Sindarov vaqt borasida juda katta ustunlikni qo‘lga kiritdi. Fabiano esa seytnotga tushib qoldi va kichik bo‘lsada xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi. Natijada Karuana 35-yurishdan keyin o‘z mag‘lubiyatini tan oldi. Bu paytda AQSHlik futbolchi hisobida bor-yo‘g‘i 48-soniya vaqt qolgan edi.

Sindarov kuchli raqib ustidan qozonilgan g‘alaba tufayli o‘z ochkolari sonini 3,5 taga yetkazdi va u umumiy jadvalda yaqqol peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. Fabiana esa 2,5 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. To‘rt nafar shaxmatchi hisobida 2,0 ochko mavjud.
Musobaqada ertaga dam olish kuni. Javohir 3-aprel kuni 5-tur doirasida Xikaru Nakamuraga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindarov jahon toji uchun o‘ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan birinchi o‘zbek shaxmatchisi hisoblanadi. U ilk turda rossiyalik Andrey Yesipenkoni mag‘lub etgan bo‘lsa, 2-turda germaniyalik Mattias Blubaum bilan durang qayd etgan edi. Kecha, 31 mart kuni esa hindistonlik Rameshbabu Pragnanadhadan ham ustun kelgandi.