Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Idish-tovoq yuvuchidan yulduzgacha

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hozir Virjil Van Deyk yoshligida nimjongina bola bo‘lgan desa, hech kim ishonmasligi aniq. Darhaqiqat, e hech qachon futbol jamoalarida alohida itqidor sifatida qayd etilmagan va ko‘rimsizgina bola edi. Yosh Virjilda iqtidor ham pul ham yo‘q edi. Uning atrofidagi barcha pul topishning yo‘llarini qidirishni maslahat berar, o‘spirinning futbol olamidagi yutuqlarga ko‘zi yetmasligini har kuni takrorlashdan charchashmas edi. Shunga qaramay, uning bolalikdagi orzusi va mehnatkashligi barchasini yengib o‘tishiga ishonch bag‘ishlashda davom etdi...

Haqiqatdan ham Virjilga pul kerak edi. U to‘p surgan jamoalar unga maosh bermas, Virjil uyi yonidagi oshxonada mashg‘ulotlardan so‘ng, soatiga 3 yevro evaziga idish tovoqlarni yuvar edi. U o‘z ishini qunt bilan bajarar, oshxona egasi unga futbolni tashlashni maslahat berishda davom etaverar edi. Mashg‘ulotlardan shoshib chiqqan qahramonimiz o‘z velosipedida shaharning narigi burchagi sari intiladi. Ulgurish kerak. Qancha erta borsa, shuncha ko‘proq ishlab olish imkoni mavjud bo‘ladi. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Uning ota-onasi qayerga qaragan? Afsuski, Virjilning bolaligi quvnoq xotirlarga boy emas. E’tibor berib qarasangiz, Van Deyk «Liverpul» jamoasidagi libosida o‘z familiyasini emas, ismini yozib qo‘ygan.

Gap shundaki, futbolchi otasidan qattiq xafa bo‘lgan. Virjilning onasi kelib chiqishi Surinamlik bo‘lgan bo‘lsa, Virjilning dadasi Gollandiyaning Breda shaxarchasida. Oila turmush quradi va farzandlar soni 3 taga yetgach, ota-onasi ajrashishadi. Bu voqeyadan so‘ng, Virjil o‘zini futbol to‘garagiga yetaklab olib borgan otasidan voz kechadi. Avvaliga futbolchi juda qiynaladi, keyin barchasi o‘z iziga tushib ketadi.

Ma’lumotlarga qaraganda  Virjilning otasi futbolchining mashxurligi yoki boyligi bilan sira ishi yo‘q ekan. U doimmo intervyulardan qochib yurar, shunchaki og‘lining yutuqlari bilan faxrlanib yuruvchi inson sifatida doimmo chetda! Virjilning Gollandiyadagi ustozlarining aytishicha, futbolchi aynan otasining harakatlari evaziga yetuk futbolchi bo‘lib yetishgan. Avvaliga «Villem 2» tezligi pas va kichik jussali futbolchini jamoga qabul qilishdan bosh toratadi. Oradan bir yil o‘tib Virjilning bo‘yi 20 santimetrga o‘sadi va  klub murabbiylari unga yana bir imkon beradi. To‘g‘ri, klub uni o‘zida saqlab qoladi biroq, asosiy tarkibdagi joy borasida muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Ko‘p o‘tmay «Groningen» klubiga o‘tib ketgan qahramonimiz bir mavsumdayoq asosiy jamoaga qo‘shilib oladi. Endilikda u yahshigina maosh olar, lekin oddiygina bo‘ydor himoyachilardan farq qilmas edi.

Keyin uning xayotida og‘ir kunlar boshlandi. Futbolchi birin ketin jarohlik stoliga yotishni boshladi. Avvaliga ko‘ruchak, keyin infeksiya bilan uzoq vaqt kurashishga majbur bo‘ldi. Ish shu darajaga yetib bordiki, qahramonimiz vasiyatnoma yozishga qaror qiladi. Unga ko‘ra futbolchining hisob raqamidagi 50 ming yevroga yaqin pul uning turmush o‘rtog‘iga emas, onasiga borib tegishi mo‘ljallanadi. Barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tgan himoyachiga «Groningen» ishonishni istamaydi va uni 3 million yevro evaziga «Seltik» klubiga sotib yuboradi. Shu joyda futbolchining kariyerasida pasayish kuztilishi, Virjilning o‘zida katta orzular qolmasligi kerak edi, biroq hammasi o‘zgacha ko‘rinish oldi. Kuchli parhez orqali sog‘lig‘ini tiklab olgan Virjil maydonda mukammal o‘yin ko‘rsatishni boshladi. Uning jismoniy imkoniyatlari yaxshilangani sari maydondagi foydali harakatlarning soni ortib bordi. Ko‘p o‘tmay APLga kelgan qahramonimiz dunyoning eng qimmat himoyachisi maqomida «Liverpul» safiga borib qo‘shiladi.

Gollandiyaning akademiyalari iqtidorlarni kashf etish bo‘yicha har qancha kuchli bo‘lishmasin, ular Virjilni payqashmagani g‘alati xolat.  Bundan bir necha yillar ilgari, velosipedda idish tovoq yuvish uchun shoshib ketayotgan bolakayning hozir barcha taniydi. «Oltin to‘p» voqeyasidan so‘ng, unga bo‘lgan qizish keskin oshib ketdi. To‘g‘ri u g‘olib chiqmadi, lekin Ronaldu va Messi davrida himoyachi bo‘la turib oxirgacha kurash olib borishga muvaffaq bo‘ldi. Shuning o‘zi uni naqadar katta yutuqqa erishganining isboti.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:48, 06.12.2019. O'qildi: 6958 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик