Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qishda kutilayotgan Bomba transferlar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hademay barchamiz kutgan qishki transferlar oynasi ochiladi. Ko‘plab grand jamoalar oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun o‘z safini kuchli futbolchilar bilan to‘ldirish ishtiyoqida yonmoqda. Xo‘sh, qishda bizni qanday katta transferlar kutmoqda? Bugun ushmu mavzudagi mulohazlarimiz bilan tanishtirib o‘tamiz

Mario Mandjukich

Sarri kelguniga qadar jamoani sardor sifatida maydonga olib tushayotgan xorvatiyalik hujumchining ishlari umuman yurishmayapti. Deyarli yarim mavsumni zahira o‘rindig‘ida o‘tkazib yuborgan Mario “Manchester Yunayted”ga o‘tib bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ayni damda qahramonimiz chempionatning birorta o‘yinida ham maydonga tushmagan bo‘lsa, YECHL ro‘yxatiga kiritishgani ham yo‘q. Uni yozda sotib yuborishlari mumkin edi, lekin kelishuvdagi tushumovchiliklar sababli Mandjukich Turin shahrida qolib ketdi. Ayni damda qahramonimiz umumiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tamayapti va qishda jamoani tark etishi yuz foiz aniq bo‘lib ulgurgan. Mish-mishlarga qaraganda, uning “qizil iblislar” safiga borib qo‘shilishi ingilizlar uchun 15 milion yevroga tushadi.

 

Cheglar Suyundju

“Lester”ning markaziy himoyachisi qishki transfer oynasi ochilishi bilan Manchester shahrining ikki jamoasidan birida ko‘rinish berishi kutilmoqda. Kompaniyning ketishi va Laportning jarohati Pep Gvardiolani anchagina qiynab qo‘ymoqda. “The Guardin” nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, Pep Otamendi va Stounsga ishonish o‘rniga Cheglarni xarid qilishni avzal ko‘rmoqda. Maguayerning o‘rnini to‘liq berkitgan turkiyalik himoyachi Pep uchun muammoning mukammal yechimi bo‘lib hizmat qilishi kutilmoqda. APLda barchadan kamroq gol o‘tkazib yuborgan jamoa himoychisi Cheglar ushbu mavsumdagi barcha o‘yinlarda maydonda to‘liq harakat qilmoqda va himoyadagi muammolarni bir o‘zi bartaraf etishni uddalamoqda. Cheglarning transfer qiymati 20 million yevroni tashkil etayotgan bo‘lishiga qaramay, “tulkilar” himoyachini katta pullargagina qo‘yib yuborishi mumkin.

Adrian Rabio

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini PSJ bilan janjal sababli o‘tkazib yuborgan yarim himoyachi yozda Turin jamoasiga kelib qo‘shilgan edi. Afsuski, o‘zi istaganidek asosiy tarkib futbolchisi bo‘lish unga nasib etmadi. Butun mavsum davomida atigi 9 ta o‘yinda maydonga tushgan Rabio raqobatni boy bermoqda. Futbolchining navbatdagi manzili Londonning “Tottenhem” klubi bo‘lishi tahmin qilinmoqda. Gap shundaki, “Yuve” qishda Kristian Eriksonni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Turinliklar Rabioni “shporlar”ga taklif qilgancha transfer summasini sezilarli darajada kamaytirishni mo‘ljallamashmoqda. Bu tahmin o‘zini qanchalar oqlashi nomalum, biroq futbolchi va uning agenti boshqa klubga o‘tish borasida bosh qotirayotgani aniq.

Kistian Erikson

Yiliga 12 million yevro maosh evaziga ham “Tottenhem”da to‘p surishni istamgan Eriksonning kelajagi kattagina savol ostida turibdi. Uni bir emas, bir nechta top klublar o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Agarda, “Tottenhem” uni qishda sotib yubormasa, yozda daniyalik futbolchi erkin agent sifata jonajon klubini tark etadi. London klubi o‘z yarim himoyachisini 50 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Bunday summaga qaramay Eriksonning hizmatlariga ko‘plab jamoalar qiziqib qolgan. “Barselona”, “Inter”, “Manchester Yunayted”, “Bavariya” singari klublar futbolchi uchun 50 milliondan voz kechishga tayyor bo‘lsada, Erikson katta ehtimol bilan “Real Madrid”ning taklifini kutadigan ko‘rinadi. Ayni damda Eriksonning oldida juda qiyin tanlov turibdi. U nafaqat katta maosh, balki o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini ta’minlab beruvchi klubni tanlashi lozim.

Isko

Gap Madridning “Real” jamoasida borar ekan, Isko borasida ham to‘xtalib o‘tishimiz shart. Ayni damda jamoa o‘yinidan to‘liq tushib qolgan ispaniyalik futbolchining “oshiqlari” yetarlicha topiladi. Avvaliga, “Arsenal”futbolchi uchun da’vogar bo‘lib turgan edi, biroq Emirining ketishi barchasini o‘zgaritib yubordi. Endilikda, shaxsan Pep Gvardiola “shaharliklar” safida uni David Silvaning o‘rnini egallashini ko‘zlamoqda. Bundan tashqari, Isko Manchester shahrining qizil tomonidan ham qo‘nim topishi mumkin. Agarda “Real Madrid” Pogba transferi borasida ikkinchi taklifni yuborsa, Isko bonus sifatida “qizil iblislar”dan biriga aylanishi mumkin. Bunga ishonish qiyin bo‘lsada, bu futbol va unda barcha narsa amalga oshishi mumkin.

Erling Xoland

Skandinaviyalik hujumchining transfer qiymati 20 million yevroni tashkil etgani bois, uning bozori chaqqon bo‘lishi kutilmoqda. Hujumchi uchun kurashda “Borussiya Dortmund”. “Bavariya”, “Yuventus”, “Barselona” singari top klublar mavjud bo‘lsada, iqtidorli hujumchining agenti “Manchester Yunayted”ning imkoniyatlarini yuqoriroq baholamoqda. Rayola va “Manchester Yunayted”ning aloqalari yahshi bo‘lmasada, Erling va Sulsher o‘rtasida do‘stona aloqalar mavjud. Ular “Molde” klubida birga ishlashgan va buni APLda takrorlashga qarshi emas. Shunga qaramay, “Borussiya Dortmund” variyantini ham chetga surib tashlashga hali erta. “Sariq-qora”lar futbolchi uchun kafolatlangan o‘yin amaliyotini va kezi kelganda istalgan klubga qo‘yib yuborishni va’da qilishmoqda.

Zlatan Ibrahimovich

MLSning barcha zamonalardagi eng yaxshi futbolchisi maqomini qo‘lga kiritgan Zlatan Yevropani qayta zabt etish uchun ortga qaytmoqchi ekanligidan xabaringiz bor. Futbolchi o‘zining yangi jamoasi haqida shu qadar mehr bilan so‘zladiki, gap “Milan” haqida borayotganini barcha tushunib yetdi. Italiya nashrlarining xabar berishicha, futbolchining transferi haqida 15-dekabr sanasida ma’lum qiladi. Aynan ushbu kun “Milan” jamoasi o‘zining 120 yoshini nishonlashi kutilmoqda. Ikki tomon 18 oyga mo‘ljallangan shartnomaga allaqachon qo‘l qo‘yib bo‘lgan. Ushbu shartnomaga ko‘ra, Zlatan ushbu mavsum so‘ngida o‘z jamoasini o‘zgartirish huquqiga ega.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:33, 11.12.2019. O'qildi: 26192 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.