Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • 2:0
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • 1:2
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • 0:1
      • Lasio
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:1
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • 1:1
      • Espanyol
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Selta
  • AFC U-23
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • 1:0
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • 1:1
      • Iroq
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Napoli 19 39
4 Roma 20 39
5 Yuventus 19 36
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 19 22
14 Parma 19 21
15 Kalyari 19 19
16 Lechche 19 17
17 Jenoa 19 16
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Shipilov: Yangi mavsumda jamoamizda o‘zgarishlar bo‘ladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bekobodning “Metallurg” jamoasi ketma ket ikkinchi mavsumni kuchli beshlikda yakunladi. Bu natija klub tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Jamoa bosh murabbiyi Andrey Shipilov bilan quyidagi musohabamiz ortda qolgan chempionat sarhisobi, yangi mavsum rejalari haqida

- Andrey Sergeevich, yana bir mavsum tarix sahifalaridan joy oldi. Siz rahbarligingizdagi Bekobodning “Metallurg” jamoasi qatorasiga ikkinchi mavsum chempionatda beshinchi o‘rinni egalladi. Bunday natijaga erishishning siri nimada, jamoa qanday qilib ketma ket ikki mavsum bir tekis – mo‘’tadil o‘yin ko‘rsatishga erishdi?..

- Avvalo bir narsani aytib o‘tishim kerak, ijobiy natijaga erishish uchun muhit yaxshi bo‘lishi kerak. Ishni to‘g‘ri tashkil etish lozim. Bizda esa shu narsalar bor. Deyarli yangilangan jamoa bilan biz ishni klubda hamjihatlikni yo‘lga qo‘yishdan boshladik. Oldimizga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarishda bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qildik. Klubning infratuzulmasi shakllandi. Bosh o‘yingohimiz – “Metallurg” markaziy stadionini to‘liq ta’mirdan chiqardik. Stadionimiz zamonaviy ko‘rinish oldi. Mashg‘ulot o‘tkazadigan maskanimiz futbol maydonini tartibga keltirdik. Bir so‘z bilan aytganda futbolchilarga muxlislar kutgan o‘yinni namoyish etib berishlari uchun kerakli barcha shart sharoitlar muhayyo etildi. Keyin futbolchilardan natija talab etdik. Ular ham bizning ko‘rsatmalarni sidqidildan bajarishdi. Ketma ket ikki mavsum yuksak darajada to‘p surishimiz va klub tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishimiz, ushlab turishimizning “siri” mana shunda. Shu o‘rinda bir gapni aytib o‘tay, byudjet bo‘yicha biz Superligada top klublar qatoriga kirmaymiz. To‘g‘ri biz ishlayapmiz, yugurayapmiz, mehnat qilayapmiz, lekin mablag‘ni ko‘kka sovurmayapmiz. Bizda shartnomalar kamtarona tuzilgan. Biroq barchasi shaffof hamda “va’daga vafosi bilan”, ya’ni, majburiyatlarni ikkala tomon ham o‘z vaqtida bajarib kelayapti. Yana bir ma’lumot, muvaffaqiyatlarimizning asosiy omili muassisimiz – O‘zbekiston metallurgiya kombinati hamda rahbariyatning bizga katta e’tibor qaratayotganligi, barcha sharoitlarni yaratib berayotganligidadir. E’tibor bo‘lgan joyda natija albatta bo‘y ko‘rsatadi. Biz qayd etgan natijalarni kutilgan natijalar degan bo‘lardim.

- 2019 yilgi mavsum Sizga, klubingizga nimalarni berdi...

- 2019 yilgi mavsum ham juda qiziqarli kurashlar ostida o‘tdi. Jamoamizda xarakter shakllandi, deya olaman. Bu mavsum bizga kuchayish, toblanish imkoniyatini berdi. Superliga qatnashchilari soni ikkitaga oshirilgach qo‘shimcha o‘yinlar, yangi raqiblar, qo‘shimcha intrigalarni taqdim etdi...

- Mamlakatimizda futbolga ixtisoslashgan nashrlarning qayd etishicha “Metallurg” futbol klubi Superligadagi eng “qariya” jamoa bo‘libdi. Bu statistikaga munosabatingizni bilmoqchi edik...

- Men futbolchilarning pasportiga qarab o‘ynatmayman. Ularning yoshi ikkilamchi masala. Agar futbolchining mahorati, sog‘lig‘i, jismoniy tayyorgarligi va holati kuchlilar safida to‘p surish talabiga javob bersa, nima uchun unga sun’iy tarzda to‘siq qo‘yishimiz kerak. O‘ynasin, muxlislarini xursand etsin. Buning nimasi yomon. Men jamoani ko‘r-ko‘rona “yoshartirish” tarafdori emasman. Bu mening shaxsiy qarashlarim. Mamlakatimizning tajribali jamoalaridan birida uzoq yillar davomida olib borgan mehnatlarim xulosasi. Har qanday qabul qilinadigan qaror klub manfaati, foydasiga xizmat qilishini istayman.

- “Metallurg” yangi mavsumga tayyorgarlikni, yig‘inni qachon boshlaydi?

- Biz 6 yanvardan yig‘ilmoqchimiz. Hozircha dastlabki yig‘in va mashg‘ulotlarni mamlakatimizda olib borishni rejalashtirganmiz. Keyingi rejalar haqida gapirishga vaqtli. Chempionatimizning boshlanish muddati aniq bo‘lsin, taqvimni qo‘lga olaylik, shunga qarab bo‘lg‘usi rejalar ham ishlab chiqiladi...

- “Metallurg”ning ba’zi o‘yinchilari xorijda to‘p surmoqchi degan gap so‘zlar bor. Xususan, jamoa sardori Akbar Ismatullayev jamoada qoladimi, yo‘qmi? Tarkibda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda, shu kabi savollar muxlislarni qiziqtirayapti…

- O‘zgarishlar albatta bo‘ladi. 6-8 nafar o‘yinchi bilan shartnomalarni uzaytirmoqchi emasmiz. Akbar Ismatullayevga kelsak, jamoamiz sardori Tailand chempioni bilan shartnoma bandlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. U nasib bo‘lsa biz bilan mashg‘ulotlarni boshlaydi.

- O‘FA hamda O‘zPFL Superliga jamoalari stadionlariga VAR tizimini joylashtirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu yangilikka munosabatingiz qanday...

- VAR albatta qiziqarli jarayon. Hozirdan bir narsa deya olmayman. Bu jarayon bilan to‘qnash kelmaguncha munosabat bildirish qiyin. Bilishimcha, bu tizimni ishga tushirish uchun juda tezkor, sifatli internet zarur. VAR uskunalari ham arzon emas. Mablag‘ kerak. Yana qo‘shimcha moliyaviy qiyinchiliklar... Ammo olg‘a intilmasdan rivojlanib bo‘lmaydi. VAR bilan shug‘ullanadigan kishilarimiz tizimni ipidan ignasigacha o‘rganib olishsin, albatta foydasi tegadi.

- Yana “Metallurg”ga qaytsak. Klubning bu yilgi vazifasi qanday bo‘ladi?

- Mavsum rejalari, vazifalari oson ish emas, bir og‘iz so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Ayni paytda ta’tildaman, O‘zbekistonda emasman. Kelib, rahbariyat bilan suhbatlashamiz. Imkoniyatlarni chamalaymiz. Maqsad va vazifalar shundan keyin oydinlashadi. Mavsumga yaqin bu haqda gaplashsak, o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylayman.

- Andrey Sergeevich, Yangi yil eshik qoqmoqda. Muxlislarimizga, butun O‘zbekistonimiz xalqiga tilaklaringiz...

- Avvalo yurtimizga tinchlik, xotirjamlik tilayman. Osmonimiz musaffo bo‘lsin. Xalqimizga qut-baraka, to‘kinlik, farovon turmush tilayman. Mamlakatimizning kelajagiga hamisha ishonch va umid bilan boqishlarini istayman. Yangi yil barchamizga shodlik, xursandchilik olib kelsin.

- Suhbat uchun vaqt ajratganingizga rahmat. Sizga ham barcha tilaklaringiz ijobat bo‘lishini tilaymiz.

- Rahmat. Yangi yilni yaxshi kayfiyatda, ko‘tarinki ruhiyatda kutib olish nasib etsin.

Manba: Металлург матбуот хизмати
Kiritildi: 14:25, 18.12.2019. O'qildi: 2176 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Наполи Rasmus Xeylund 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Интер Markus Tyuram 6
7 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
8 Комо Niko Pas 6
9 Рома Matias Soule 6
10 Парма Mateo Pellegrino 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.