Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Arsenal"ning yangi ustozi: faylasuf, aqlli va talabchan

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mikel Arteta “Arsenal” murabbiyiga aylanganidan xabaringiz bor. Uning bosh murabbiy sifatida tajribasi yo‘q. Ammo ancha optimist va o‘zini murabbiylikka tayyor deb hisoblaydi.

Hatto xayrlashuv intervyusida Mikel futbolga murabbiy sifatida qaraydigan odamning so‘zlarini aytdi:

“Ushbu klubda o‘ynash uchun siz o‘z pozisiyangizning eng yaxshisi bo‘lishingiz kerak. Agar buni uddalay olmasangiz, jamoaga loyiq emassiz. Bunday klubda o‘ynayapsizmi, 10 dan 8 natija qayd etmang. Siz har doim 10 ballga loyiq harakat qiling".

Birinchi matbuot anjumanida Mikel o‘yinchilaridan xuddi shunday narsani talab qildi:

“Men odamlar bir-birlarining ishlarini hurmat qilishlarini istayman. O‘z oldimga qo‘ygan vazifalarni bajarishim uchun hamma klub oldida javobgar bo‘lishi kerak. Men klubga o‘z ishtiyoqi va g‘ayratini singdiradigan insonlar bilan ishlashni xohlayman. Bunga tayyor bo‘lmagan har bir kishi jamoaga mos emas. Biz juda ko‘p narsani o‘zgartirishimiz kerak, chunki jamoa kerakli darajada harakat qilmayapti".

Arteta darhol rejalarini e’lon qildi. U butun umri davomida murabbiylik vazifasini bajarishga tayyorlanganini yashirmadi:

"Men har doim boshqa murabbiylarni kuzatishni, ularning qarorlarini tushunishni, o‘yin uslubini tahlil qilishni yaxshi ko‘rardim. Men buni uzoq vaqt davomida qilaman. Bu men uchun yangilik emas».

2016 yilda ispaniyalik futbolchi faoliyatini yakunlaganida, Premyer-liganing eng yaxshi klublari darhol u uchun kurashishni boshladilar. Masalan, Maurisio Pochettino unga juda ishondi – u Artetani murabbiylar shtabiga chaqirish uchun tinimsiz qo‘ng‘iroq qildi.

"Men uni juda yaxshi ko‘raman. Arteta shubhasiz ajoyib murabbiy bo‘ladi», dedi Pochettino.

Mikel murabbiylik qarashlari haqida ko‘p intervyu berdi. Biz eng yaxshi fikrlarini to‘pladik va qo‘shimcha tarzda Arteta bilan birga ishlaganlarning u haqdagi fikrlarini ham jamladik.

“Menda oddiy falsafa bor. Ehtiros va o‘yin-kulgini xohlayman. Men raqibga asoslangan futbolni qabul qilmayman. Biz o‘yinda doim hukmronlik qilishimiz, tashabbus ko‘rsatishimiz va bizni tomosha qilayotganlarga quvonch baxsh etishimiz kerak".

"Tizim haqida o‘zingiz tasavvurga ega bo‘lishingiz mumkin, ammo uni o‘zingizda bo‘lgan o‘yinchilarga moslashtirishingiz kerak: hujumingiz qanchalik tez, sizning o‘yinchilaringiz qanchalik mahoratli, siz qanday xavflarga duch kelishingiz mumkin va qaysi futbolchilar tavakkal qilishga tayyor".

"Siz har doim ham bir xil o‘ynay olmaysiz. Maqsadga erishish uchun turli xil yo‘llar bo‘lishi mumkin. Sizga qarshi o‘ynagan odamga qanday zarar yetkazishingiz mumkinligini ko‘ra bilishingiz kerak. Ularga yoqmaydigan narsa bormi? Xullas, biz ularni doim shunday qilishga majburlaymiz".

Gvardiolaning so‘zlariga ko‘ra, Mikel raqibning hayotini iloji boricha qiyinlashtiradigan qobiliyatga ega.

«Arteta atigi 37 yoshda, ammo u yulduz futbolchilar bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega. U menga juda ko‘p yordam berdi. Uning ishlashga favqulodda munosabati bor. Mikel shuningdek narsalarni tahlil qilish, voqealarni oldindan bilish va yechim topish uchun chinakam iste’dodga ega”, dedi Gvardiola.

Birinchi matbuot anjumanida Arteta "Arsenal" bosh murabbiyi sifatida Gvardioladan nimani bilib olganligini aytdi:

"Men undan o‘rgandim. Siz shafqatsiz bo‘lishingiz kerak, har kuni o‘z darajangizni ko‘tarib, klub g‘oyalariga amal qilishingiz lozim – bu futbolchilarda zarur mentalitetni shakllantirishning yagona yo‘li. Uni saqlash yanada qiyin: har kuni, har bir harakat, katta tizimning har bir qismi muhimdir”.

Pep shuningdek, Arteta har qanday raqibni juda yaxshi bilishini aytdi. Kataloniyalik jurnalist Martin Perarnauning fikricha, aynan Artetaning maslahatlari tufayli «shaharliklar» ko‘p gol kiritgan.

"Shanba kuni (2018/19 mavsumining boshlanishi haqida gap ketyapti), "Siti" "Arsenal"ga ikkinchi golni urdi va Pep Artetani quchoqladi. Buning sababi, Mikel Mendiga kerakli maslahatni bergan. Ben shunday qildi, bu darhol golga olib keldi".

Mikel sheriklariga u hali o‘yinchi bo‘lganida yaxshilanishiga yordam bergan. "Siti" futbolchilari, shuningdek, Artetaning individual rivojlanishga qo‘shgan hissasini ham ta’kidlashadi:

"Men himoyachiman, ammo Arteta yarim himoyachi bo‘lsa ham har doim menga foydali maslahatlar bergan, shuning uchun u ajoyib murabbiy bo‘la oladi", deydi Ektor Belyerin.

"Mendan har doim Pep Gvardiolaning mashg‘ulotlari to‘g‘risida so‘rashadi. Ammo men Mikel Artetadan ko‘p narsalarni o‘rgandim. Biz juda yaxshi munosabatdamiz. U har doim to‘g‘ri narsani aytadi. U mashg‘ulotlar paytida meni kuzatadi va keyin o‘z fikrlarini aytadi», dedi Leroy Sane.

“Men sizdan maqsad uchun 120 foiz kuch sarflashingizni talab qilaman. Agar aksi bo‘lsa, siz mening jamoamda o‘ynamaysiz. Agar bizda dam olish uchun vaqt bo‘lsa, men bu imkoniyatni beraman».

Va yana bir narsa – Mikelning futbolni qanday ko‘rishi haqida:

"Futbol odatlar va trayektoriyalar haqida. Agar sherigi qayerda bo‘lishini oldindan bilsa, o‘yinchi uchun osonroq bo‘ladi. Agar stakan har doim oshxonadagi shkafda turishini bilsam, tezda stakanga suv quyaman. Agar mening xotinim har kuni ko‘zoynakni o‘zgartirsa, unda siz ichishdan oldin aqldan ozishingiz mumkin. Futbolda ham xuddi shunday. Agar sizda aniq metodologiya mavjud bo‘lsa, unda siz asta-sekin yaxshilanasiz. Bu har doim ham qisqa paslar emas. Agar qanotdagi o‘yinchi qayerda ochilishni bilsa, unga har doim to‘pni birinchi uzatish mumkin. Pol Skoulz buni juda yaxshi amalga oshirardi”.

Oxir-oqibat, biz Arsen Vengerga so‘z beramiz. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mikel bir yarim yil oldin – u ketgan payti jamoaga kelishi kerak edi.

“U bu ishni bajarish uchun barcha fazilatlarga ega. U yetakchi edi, klub qadriyatlarini yaxshi bilardi, sardor edi. Uning o‘yinga ishtiyoqi bor. Har qanday klub uchun eng muhimi – undagi odamlar ushbu klubni belgilaydigan qadriyatlarga rioya qilishlari".

Matbuot anjumanida Mikel Arsen haqida shunday dedi:

«Men Barselonada o‘sib-ulg‘ayganman. Angliyaga kelganimda, «Arsenal» klubining qanchalik katta ekanligini angladim – bu klub «Barca»ga o‘xshash ambisiyalar va qadriyatlarga ega. Men tez-tez bu jamoada o‘ynashni xohlayotganimni aytdim. Bitta odam bor edi, uning ismi Arsen Venger edi, u menga ishondi. U ushbu jamoa uchun o‘ynash, sardor bo‘lish imkoniyatini berdi. Agar u bo‘lmaganda edi, men bu yerda o‘tirmagan bo‘lardim".

Umid qilamizki, «Arsenal» umidli va ishonchli qo‘llarda.

 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 11:19, 21.12.2019. O'qildi: 5772 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.